4. Raqs.
5.Bugun katta bayram, bugun katta to’y
Bugun Erkin Vohidov tug’ilgan kuni
Faxrim, g’ururim deb , aziz bolam deb
Xalqimiz yurakdan olqishlar uni.
6.To’yda takrorlanar uning qo’shig’i
Yana yuksaladi otashin so’zi
Shodlik yorga sig’mas go’yo bu to’yda
Qatnashayotganday shoirning o’zi
7.Videorolik. Erkin Vohidov
8.Qalbi pok mardona elning Siz aziz farzandisiz
Ganj-u mulkka bergansiz el Gavhari dilbandisiz.
Har kalima ma’rifatning Ufqida oydek to’lib
El aro topdingiz sharaf Erkin Vohidov bo’lib
Hayotingiz odamiylik Xayri soflikdan nishon
Chaqnadi she’rlaringizda Mustaqillik va zamon
9. Erkin Vohidov 1936 yili farg’ona viloyati Oltiariq tumanida tug’ildi. 1960 yili ToshDUning filologiya fakultetini bitirdi.”Yosh gvardiya” va G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotlarida mas’ul lavozimlarda ishladi. “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir bo’ldi. 1983 yilda “Sharqiy qirg’oq” to’plami uchun Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Shoir “Hurmat belgisi” ordeni bilan mukofotlangan. O’zbekiston xalq shoiri. O’zbekiston Qahramoni nomini olgan.
10. Erkin Vohidov 3-4 yoshligida singlisi va ukasi kasallikdan vafot etdi. O’zining yozishicha, ota-onasidan to’qqiz yoshida yetim qolib, tog’asi qo’lida tarbiya oldi. Tog’asi adliya xodimi bo’lsa ham, sh’eriyatga, adabiyotga qiziqqan odam edi. Ko’p fozil kishilar bilan do’st bo’lib, uchrashuvlar qilib turishar edi. Bolaligida texnikaga, fizikaga, matematika, astronomiyaga, keyinchalik tarix, geografiyaga ham qiziqqan shoirning she’riyatga oshno bo’lishiga G’ayratiy to’garagi, Ustoz Mirtemir seminari, universitetdagi ijodiy muhit ta’sir qilgan.
11. Erkin Vohidov bolaligida tez ulg’aydi. Juda mehribon, zukko odamlar davrasida o’sdi. U qalamga juda erta oshno bo’ldi, undan madad oldi.
Hali G’afur G’ulom, Oybek, Mirtemir, Shayxzoda, Sobir Abdulla, Uyg’un, Zulfiya, Saida Zununova singari o’zbek orkestorining ulug’ cholg’ulari yangrab turganda, ularning ichida yosh Erkin Vohidovning nayi ham sas tarata boshladi. Bu nay tovushini hamma eshitdi. Uning “Kamtarlik”, ”Tong lavhasi”, ”Inson yashamoqdan tolmasin uchun”, ” Po’lat”, ”O’n sakkizga kirmagan kim bor”, “Xayrli kech” degan she’rlarini yodlab yuradigan bo’ldilar. Birinchi she’riy kitobi “Tong nafasi” 1961 yilda, talabalik davrida yaratildi. Shundan so’ng 1963 yilda “Aql bilan yurak”, 1964 yilda “Mening yulduzim“ kabi to’plamlari chop etildi.
12. Erkin Vohidov she’riyatida zamonaviy ruh bo’rtib turadi. Uning “Yoshlik devoni” (1969) muxammas, g’azal, qasidalardan tahkil topgan. Shoir ko’proq aruz vaznida ijod qiladi. Uning “Lola sayli”, “Yoshligim kel”, “Shirin”, “Do’st bilan obod uying” singari she’rlari g’azal janrining mukammal namunalaridir.
Do ’st bilan obod uying,
Gar bo ’lsa u vayrona ham,
Do ’st qadam qo ’ymas esa,
Vayronadur koshona ham...
Do ’st qidir, do ’st top jahonda.
Do ’st yuz, ming bo ’lsa oz,
Ko ’p erur bisyor dushman
Bo ’lsa u bir dona ham.
Barcha shodlik senga bo’lsin, bor sitam, zorlik menga
Barcha dildorlik sehga-yu barcha xushtorlik menga.
Sen mening jonimni oldin, men sening darding olay,
Barcha sog’lik senga bo’lsin, barcha bemorlik menga.
Senga bo’lsin barcha husn-u , menga bo’lsin barcha ishq,
Kori xunxorlik senga-yu, mehri poydorlik menga.
Bu jahonning rohatin ol, bor azobin menga ber,
Senga bo’lsin barcha orom, barcha bedorlik menga
Senga bo’lsin nurli kunduz, menga qolsin qora tun
Barcha gulshan senga bo’lsin, bor tikanzorlik menga
Mayli, ostonangda yotsam, mayli, quvsang tosh otib,
Bor dilozorlik senga-yu, bor dilafgorlik menga.
Senga she’rni bitsin Erkin, yirtib otmoq o’z ishing,
Kasbi inkorlik senga-yu, aybga iqrorlik menga.
13. Erkin Vohidovning 70-80- yillardagi she’riyatida ijtimoiy kuylar yanada kuchaydi. Bu shoirning “Nido” (1965), “Hozirgi yoshlar” (1974), “Tirik sayyoralar” (1978), “Sharqiy qirg’oq” (1981), “Bedorlik” (1985), “Muhabbatnoma”, “ Sadoqatnoma” (1986) kabi to’plamlariga kirgan rang-barang she’rlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ular ichida “ O’zbegim” (1968) alohida o’rin egallaydi. Bu o’zbekning qadr-qimmatini baland ko’taruvchi, ulug’lovchi qasidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |