Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz



Download 28,25 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi28,25 Kb.
#889434
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustqal iw2


Mavzu: O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari va uning ahamyati.


Reja:

  1. Asar yozuvchisi Sh.M.Mirziyoyev haqida.

  2. “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birglikda barpo etamiz” asari ahamyati.

  3. Asardagi jamiyatimizni isloh etish va demokratlashtirishni ta’minlashdagi vazifalar

.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda


Jizzax viloyatini Zomin tumanida tug’ilgan. Otasi — Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sill kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan.
Onasi (ismi nomaʼlum) — sil kasalliklari dispanseri shifokori boʻlgan. 1960-yillarda vafot etgan.
Oʻgay onasi 2016-yilda vafot etgan. Ukasi va ikki nafar opasi ham bor.
Turmush oʻrtogʻi — Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshken irgatsiya va meloratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.
Qizi Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna O’zbekiston maktabgacha ta’lim vazirligi boshqarma boshligʻi. Turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari O’zbekiston Milliy Olimpiya qomitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpya Kengashi vitse-prezidenti.
Qizi Mirziyoyeva Saida Shavkatovna. Oʻzbekiston Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining oʻrinbosari (2018-2020). 2020-yildan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi raisining oʻrinbosari. Turmush oʻrtogʻi — Tursunov Oybek Botirovich, yirik tadbirkor va sarmoyador. Oʻgʻli — Alisher.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988 – yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan. 1990 - yilda Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi. 1992- yil Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi. 2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi. 1995-2003-yillarda O’zbekiston Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi. 2003-yilda O’zbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandi va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi. 2016-yil 2-sentiyabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.
Sh.M.Mirziyoyev mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning yuksak ishonchini qozonib, uning yaqin safdoshi va maslakdoshi sifatida samarali faoliyat olib bormoqda. Sh.M.Mirziyoyev Hukumat boshlig‘i sifatida keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilash, yirik va noyob loyihalarni hayotga joriy etish, xususiy mulkni ustuvor darajada rivojlantirish, iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini keskin oshirish hamda ularning huquqiy himoyasini yanada mustahkamlashda o‘zining yuksak salohiyati va mohir tashkilotchilik qobiliyatini namoyon etdi. Mamlakat iqtisodiyotini industrial rivojlantirish, respublikaning eksport salohiyatini oshirish, agrar sohani tubdan isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini taraqqiy toptirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, respublikada oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini kafolatlangan va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash ishlariga ustuvor darajada e’tibor qaratdi. Yurtimizning barcha hududlarida ulkan bunyodkorlik va obodonchilik ishlarini olib borish, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, respublikaning shahar va tumanlari, ayniqsa, uzoq qishloq tumanlarini kompleks rivojlantirish orqali aholining turmush va mehnat sharoitini tubdan yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli va samarali tadbirlarni amalga oshirdi.
Sh.M.Mirziyoyevning faoliyatida sotsial-iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda ta’lim, fan, sog‘liqni saqlash tizimlarini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, yoshlarning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, onalik va bolalikni kuchli muhofaza qilish ustuvor vazifa sifatida muhim o‘rin egalladi. O‘zini o‘zi boshqarishning noyob instituti bo‘lgan mahallaning nufuzi va obro‘sini yanada oshirish, shuningdek, boshqa jamoat tashkilotlarini demokratik islohotlarga keng jalb etish orqali jamiyatda ularning mavqeini mustahkamlash, milliy ma’naviy qadriyatlarni e’zozlash va izchil rivojlantirish ishlariga yuqori darajada e’tibor qaratdi. Qayd etilganlar bilan bir qatorda, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar va xalqaro tuzilmalar, shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan har tomonlama o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish orqali mamlakatimizning milliy manfaatlariga va iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan kelishuvlarga erishishda bevosita rahbarlik qildi. 2016-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisida parlament palatalarining qo‘shma qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazifa va vakolatlarini bajarish vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklandi. 19-oktabr kuni Toshkentda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII syezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya siyosiy kengashi a’zosi Shavkat Miromonovich Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. 2016-yil 4-dekabr kuni bo’lib o’tgan Prezident saylovi yakunlari bo’yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 2016-yil 14-dekabrda rasman o’z vazifasini bajarishga kirishdi.
Sh.M.Mirziyoyev oilali, ikki qiz, bir o‘g‘li, besh nafar nabirasi bor.
Sh.M.Mirziyoyev davlat va boshqaruv organlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini yuksaltirish ishiga ulkan hissa qo‘shgani uchun «Mehnat shuhrati» va «Fidokorona xizmatlari uchun» ordenlari bilan taqdirlangan.

Bu asardan yurtimizni erkin va farovon demokratik davlat qurish uchun bir qancha vazilar aytib o’tilgan. Jumladan muhtaram ­Birinchi Prezidentimiz Islom ­Abdugʻaniyevich Karimov boshlab ­bergan keng koʻlamli siyosiy, ­iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar yoʻlini ogʻishmasdan, qat’iy va ­izchil davom ettirish. Bu yoʻl — erkin, demokratik, ­insonparvar davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, ­Vatanimiz iqtisodiy qudratini ­yuksaltirish va yanada ravnaq toptirishning mustahkam zaminidir deya aytib o’tilgan. Shavkat Mirziyoyev mamlakat prizidenti ­sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi talablarini qat’iy va soʻzsiz bajarish, qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan ichki va tashqi siyosatni ­amalga oshirishni oʻzimning eng asosiy burchi va vazifasi, deb hisoblaydi. Ana shu fundamental tamoyillarni roʻyobga chiqarishga doir amaliy sa’y-harakatlar toʻgʻrisida prizidentimiz ­Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi ma’ruzasida oʻz fikrlarini bayon qilgan.


Shu munosabat bilan Qonunchilik palatasi Spikeri va deputatlar, Senat Raisi va senatorlardan ­Prezidentning Davlat maslahatchilari хizmatlari hamda Hukumat ­bilan birgalikda mamlakatimizda kelajakda amalga oshiriladigan ­islohot va oʻzgarishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish va mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab ­chiqishni soʻragan.
Mamlakatimizda hukm surayotgan millatlar va ­fuqarolar totuvligi, oʻzaro hurmat va mehr-oqibat muhitini koʻz ­qorachigʻidek saqlash hamda ­mustahkamlashni oʻzining ustuvor vazifasi, deb hisoblagan.
Ma’lumki, yurtimizda vijdon va e’tiqod erkinligi, turli millat ­vakillarining huquqlari keng kafolatlanib, diniy bagʻrikenglik muhiti mustahkamlanyotganligi takidlab otilgan.
Hozirgi vaqtda diyorimizda 130 dan ziyod millat va elat vakillari oʻzaro hamjihat yashamoqda, 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar erkin faoliyat –yuritmoqda.
Jamiyatimizda hukm surayotgan oʻzaro doʻstlik va hamjihatlikni ­yanada rivojlantirish, qaysi millat, din va e’tiqodga mansubligidan qat’i nazar, barcha fuqarolar uchun teng huquqlarni ta’minlash e’tibor markazida bo’lishi aytilgan. Ularning oʻrtasiga nifoq soladigan ekstremistik va radikal gʻoyalarni tarqatishga Oʻzbekistonda mutlaqo yoʻl qoʻyilmaydi. Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm ­хavfi bizdan doimiy ogoh va hushyor boʻlishni talab etmoqda.
Shu borada Oʻzbekiston chegara­larining хavfsizligi va daхlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha ­diqqatimiz markazida boʻladi.
Oʻzbekiston va uning bagʻrikeng хalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur boʻlsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, хalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har ­qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun prezidentimiz, хalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchiki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va ­shubha boʻlmasligi lozim. Bunga ­bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarliligi, aytib o’tilgan. Undan keyin. Xalqimiz azaldan ­yuksak qadrlab keladigan, hamma ­narsadan ustun qoʻyadigan adolat ­tuygʻusini hayotimizda yanada keng qaror toptirishni biz birinchi darajali vazifamiz, deb hisoblashimiz.
Bu masala, eng avvalo, davlat ­hokimiyati va boshqaruvi organlari, butun sud tizim, prokuratura, ichki ishlar, nazorat organlari rahbarlari va хodimlarining, shuningdek, Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilining bevosita ­vazifasidir.
Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi ­kurashish, ularga yoʻl qoʻymaslik, ­jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ­ekani toʻgʻrisidagi qonun talablarini amalda ta’minlash boʻyicha qat’iy choralar koʻrishimiz zarurligi.
Mamlakatimizda demokratik ­islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirishda, ilgarigidek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari — mahallalar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, erkin va ­хolis ommaviy aхborot vositalari faol oʻrin egallaydi, deb ishonamiz.

Download 28,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish