Ijara shartnomasi
– fuqarolik-huquqiy shartnoma. Unga ko„ra, ijaraga beruvchi
ijaraga oluvchiga haq evaziga mol-mulkni vaqtincha egalik qilish va foydalanish yoki
foydalanish uchun topshirish majburiyatini oladi.
Ijara haqi
– ijara sharoitida taqdim etilgan mulk uchun to„lovning turi. Asosiy
fondlarning alohida obyektlari ijaraga olinganda ular ijara shartnomasining butun
amal qilish davomida teng hissalarda mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Ijtimoiy investitsiyalar
– inson salohiyatini, malakasi va ishlab chiqarish
tajribasini oshirishga, shuningdek, nomoddiy ne‟matlarning boshqa shakllarini
rivojlantirishga qo„shiladigan investitsiyalar.
Import
(ingl. import – keltirish, olib kelish) – mamlakatning ichki bozorida
sotish uchun, shuningdek, ularni uchinchi mamlakatga o„tkazib yuborish uchun chet
el tovarlari, xizmatlar, texnologiyalar, kapitallar, qimmatli qog„ozlar va boshqalarni
keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |