11.3. Jahonda offshor hududlarning rivojlanishi
va undagi imtiyozlar
Informatsion
xizmatlarni
ko„rsatishga
ixtisoslashgan
hududlar
ham
muvaffaqiyatli faoliyat ko„rsatmoqda. Bunday hududlar Yamayka, Birlashgan Arab
amirliklari va ba‟zi bir boshqa mamlakatlarda paydo bo„lgan. Masalan Dubay
shahrida “internet-siti” EIHdi tuzilgan bo„lib, u chet el kompaniyalariga imtiyozli
shartlarda barcha faoliyat turlari haqida ma‟lumot olishga imkon beradi, transaktsion
xarajatlarni, barcha sohadagi to„siqlarni kamaytiradi. “Internet-siti”da ko„pgina yirik
transmilliy
korparatsiyalarning,
shu
jumladan,
Germaniyaning
“Simns”
korporatsiyasining filiallari joylashgan. Borgan sari avvval Londondan ma‟lumot
tarqatgan ommaviy axborot vositalari yangi “Mediya-siti” Dubay markaziga ko„chib
o„tmoqda.
Informatsion xizmatlar sohasidagi yana bir EIH Yamaykadagi “Montego-bey”
bo„lib, uning hududida markaziy Amerikadagi eng raqobatbardosh xalqaro tovush va
elektron aloqa kanallariga ega bo„lgan teleport faoliyat yuritmoqda. Hudud matn
tahrirlagich turidagi dasturlarni va turli telemarketing xizmatlarni eksport qiladi.
Xizmat ko„rsatuvchi EIHlarning alohida shakli sifatida offshor markazlarida,
odatda, bank va sug„urta xizmatlari joylashib ular orqali eksport-import
operatsiyalari, ko„chmas mulk oldi-sottisi, dengiz kemalarini oldi sottisi, trast va
322
konsalting faoliyati amalga oshiriladi. Offshor markazlari chet el kompaniyalari va
banklarini taqdim etilayotgan keng imtiyozlar hisobiga jalb etadi. Ular jumlasiga
qulay valyuta-moliya qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli xarakteri va
rag„batlantiruvchi tashki savdo qonunchiligi kiradi.
Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari
katta bo„lib, bir qancha mahalliy va birinchi navbatda, foyda soligidan umuman yoki
katta miqdorda ozod silinadi. Bunda ko„rsatilgan imtiyozlar ushbu kompaniyalarning
faqatgina ro„yxatdan o„tkazgan davlatning tashqarisidagi tijorat faoliyatiga
taalluqlidir. Shuning uchun ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar ushbu davlatning
rezident kompaniyalarining hech biri bilan hech qanday tijorat moliyaviy faoliyat
amalga oshirishi mumkin emas. Offshor hududlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar
fakatgina bir martalik to„lovni amalga oshirishadi: ro„yxatdan o„tish to„lovi, yillik
to„lov va qayta ro„yxatdan o„tish to„lovi. Ushbu to„lovlarning stavkalari qat‟iy
belgilangan bo„lib, jami summasi kompaniya uchun bir necha yuzdan bir necha ming
dollargacha boradi.
Soliq imtiyozlaridan tashqari, offshor hududidagi kompaniyalarga shuningdek,
valyuta, investitsiya, bojxona imtiyozlari va yillik hisobot hamda audit tekshiruvlari
bo„yicha imtiyozlar, boshqaruv usullari bo„yicha va maxfiylik tartibi bo„yicha
imtiyozlar beriladi. Shuningdek, byurokratiya va ishning sudralishining oldini olish
maqsadida beriladigan imtiyozlar ham mavjud.
Bu hammasi birgalikda offshor markazlarini qulay joyga aylantiradi, chunki,
kompaniyalar solig„i minimallashadi va kapital saqlanish xavfsizligi ta‟minlanadi.
Shuning uchun ham jahonda bir yarim million offshor kompaniyalar mavjud bo„lib
ularning asosiy qismi Karib havzasi, Osiyo tinch okeani hududi va G„arbiy Yevropa
offshor markazlarida joylashgan. Offshor markazlarining tarixi 50 yildan ortiq. Eng
uzoq tarixga ega offshor hududlarga Men orollari, Gernsi, Jersi, Gibraltar,
shuningdek, Irlandiya va Panama kiradi. Xuddi mana shu mamlakatlar va hududlar
uzok muddat davomida Yevropa biznesi manfaatlariga xizmat kilibgina kolmasdan
offshor xizmatlarining asosiy kismini o„zida mujassamlashtirgan edi.
O„tgan asrning o„rtalarida jahonda bir nechtagina offshor markazlari mavjud edi.
Ammo, 1970-yillarning boshiga kelib bu sohada o„ziga xos portlash yuz berdi. Yangi
asr boshiga kelib butun dunyo bo„yicha 60 ta offshor markazlari faoliyat yuritdi.
Ularning 70% rivojlanayotgan mamlakatlarda qolgani esa sanoati rivojlangan
mamlakatlarda tuzilgan.
Odatda, offshor markazlari geografik nuktai nazardan kulay joylashgan orol va
arxipelaglarda, rivojlangan transport va telekomunikatsiya tizimlari bulgan, yirik
xalkaro moliya va savdo markazlari yakinida tashkil etiladi.
Offshor hududlarini shartli ravishda universal va ixtisoslashgan hududlarga
bo„lish mumkin. Hozirgi vaktda kupchilik offshor hududlari universal hudud bo„lib
ularda faoliyat turidan katiy nazar hamma kompaniyalarga imtiyozli sharoitlar takdim
etiladi. Yetakchi universal offshor markazlarga Britaniyaning Virgin orollari, Bermud
orollari, Kayman orollari, Kuk orollari misol bo„la oladi.
Tor ixtisoslashgan offshor markazlariga Shvetsariya (investitsiya va bank
faoliyati), Avstriya (bank xizmatlari jismoniy shaxslar uchun), Monako (jismoniy
323
shaxslar uchun soliq rejalashtiruvi), Gollandiya (investitsion faoliyat).
Taqdim etilayotgan imtiyozlar turi va hajmiga nisbatan offshor markazlari
imtiyozli va kamaytirilgan soliq solish bilan farqlanadi. Birinchi turdagi offshor
hududlarga ushbu hududda ro„yxatdan o„tgan kompaniyalarni soliqdan butunlay ozod
kiluvchi hududlar kiradi. Bu turdagioffshor hududlarni matbuotda, ko„pincha, “soliq
jannati”, “soliq oazisi” deb yuritiladi. Bu turdagi hududlarga kuyidagi offshor
hududlari kiradi. Antil, Bagam, Bermut, Britaniya Berginiya orollari, Gibraltar,
Nauru, Terks va Kaykos va boshkalar.
Chegaralangan soliq shartlari bilan xarakterlanuvchi hududlarda foyda solig„i
stavkasi nisbatan kichik bo„lib, bu hududlarning kompaniyalar uchun ma‟qul tomoni
shundaki, soliq shartnomalarining qulay tizimi va rasmiy vakolatxonalarining ishlashi
uchun qulay sharoitlar mavjud. Bunday hududlar misoliga Irlandiya, Shvetsariya,
Lyuksenburg, Avstriya, Mavriki, Seyshel orollari, Vanuatu, Madeyra, G„arbiy
Samoa, Sent-Vinsent, Kipr va boshkalar kiradi.
Offshor hududlarining doimiy mijozlari qatoriga investitsiya sohasida, ko„chmas
mulk bilan ishlovchi, dengiz kemalarga egalik qiluvchi, intellektual mulkga egalik
qiluvchi kompaniyalar kiradi. Xolding kompaniyalari boshqa savdo va ishlab
chiqarish kompaniyalarni ularning aksiyalariga egalik qilish hisobiga boshkarish
uchun tuziladi. Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda joylashtirishning qulay
tomoni shundan iboratki, xoldingni tuzuvchilar uzlarining aktivlarini offshor
markaziga ko„chirish hisobiga uz mamlakatlarida yuqori soliqqa tortilishdan
qochadilar. eng kuo„p bunday xoldinglar Lixtenshteynda (ikki yuz mingga yaqin),
Shvetsariyada (taxminan un mingga yaqin) va Lyuksenburgda (taxminan ikki
mingta).
Ko„pgina
hollarda,
soliq
imtiyozli
hududlarda
savdo-vositachilik
operatsiyalarini amalga oshiruvchi korxonalar joylashadi. Offshor hududida
joylashish ularga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
- bir qism xarajatlarni past soliqli hududlarga o„tkazash;
- transfert (firma ichidagi) operatsiyalar hisobiga savdo foydasining bir qismini
past soliqli hududlarda akumilyatsiyalash;
- soliq shartnomaliridan foydalangan holda savdo daromadini qayta taqsimlash
va sotish;
- ulgurji xaridlarni bevosita chet el ishlab chiqaruvchilaridan xarid qilish;
- tovarni xaridorga yakinlashtirish va sotkv operatsiyalarini xalqaro mikyosda
amalga oshirish.
Soliq imtiyozlari hududida offshor kompaniyalari faoliyati uz ichiga fakatgina
savdo operatsiyalarini emas, tijorat operatsiyalarini xam oladi.
Savdo-vositachi va boshsa turdagi faoliyatdagi kompaniyalarga moliyaviy
xizmat kursatish odatda soliq imtiyozlari hududida joylashgan chet ellik moliyaviy
kompaniyalar tomonidan bajariladi. Ular maxsus soliq imtiyozlari beruvchi offshor
hududlarida tashkil etiladi. Ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari Buyuk
Britaniyaning dengiz orti hududlarida joylashgan, ularning jami 14 ta bo„lib, umumiy
aholisi 6,2 mln. Kishini tashkil etadi. Ular Bermud orollari, Britaniya Vergin orollari,
Hind okeanidagi Britaniya orollari, Gibraltar, Montserrat, muqaddas Elena, Janubiy
324
Jordja orolari va boshqalar.
Offshor hududidagi kelajagi porloq faoliyat turlaridan biri sug„urta faoliyatidir.
Bunday kompaniyalarni offshor hududlarda ochish uchun ro„yxatdan o„tkazuvchi
organnning litsenziyasi zarur bo„lib, u biznes rejani, ta‟sischilar va direktorlar
ro„yxati taqdim etilgandan keyin beriladi. Sug„urta kompaniyalarning offshor
hududida faoliyat yuritayotgan shuba korxonalari soliqlarni kamaytirishga va qayta
sug„urtalash bozoriga chikishga imkoniyat beradi. Sug„urta kompaniyalari eng ko„p
joylashgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Bermud, Kayma orollari, Lixtinshteyn
va Kipr davlatlari kiradi.
Keyingi o„n yilliklarda xalqaro offshor biznesining muhim turi bu bank faoliyati
bo„lib qoldi. Banklar registratsiyadan o„tgan mamlakat rezidetnlariga xizmat
ko„rsatish huquqidan mahrum etilgan bo„lsa-da, quyidagi imtiyozlarga ega bo„ladilar:
-
soliqlardan ozod bo„lish imkoniyatiga ega bo„ladilar;
-
talab qilingan ustav kapitalining mikdori g„arb mamlakatlari va boshqa
ko„pgina mamlakatlardagiga ko„ra kamroq;
-
majburiy zahiralar haqidagi qonunlar, kreditlash qoidalari offshor hududidagi
investitsiyalash qoidalari rivojlangan mamlakatlardagidan qulayroqdir;
-
mamlakatdagi registratsiyadan tashqaridagi valyuta operatsiyalari ustidan
nazorat deyarli amalga oshirilmaydi;
-
bankni tashkil etish muddati juda qisqa.
Offshor banklari birinchi navbatda soliq stavkalari yuqori bo„lgan va qattiq
valyuta qonunchiligi amal qiladigan davlatlardagi mijozlar uchun hisob ochish va
yuritish uchun hamda evro valyutalar bozorida moliyaviy opretsiyalar yuritish uchun
tashkil etiladi. Masalan, offshor banklarining katta qismi Lyuksenburgda ro„yxatdan
o„tkazilgan bo„lib, u yerda bank zahiralariga bo„lgan talab yo„q, Shvetsarya va
Lixtenshteynda (valyuta nazorati mavjud emas), Singapur, Gonkong, Kayman va
Bagam orollarida (imtiyozli soliq tizimi) jahonda jami bo„lib olti ming atrofida
offshor banklari xalqaro kapital harakati oqimining deyarli yarimiga xizmat
ko„rsatadi.
Offshor biznesining ko„lami keyingi yillarda jadal sur‟atlar bilan kengaymoqda.
Amaldagi baholashlarga ko„ra asrimiz boshida butun jahon valyuta operatsiyalarining
yarimi offshor markazlari orqali amalga oshirilgan. Xalqaro valyuta fondi ekspertlari
tomonidan amalga oshirilgan mahsus tadqiqotlar natijasiga ko„ra offshor hududlarida
to„plangan chet el depozitlari o„lchamlari bo„yicha mazkur mamlakat makroiqtisodiy
ko„rsatkichlaridan ancha ustun bo„lib, milliy iqtisodiyotning bank xizmatiga bo„lgan
ehtiyojidan ancha ortiqdir. 7 ta yetakchi (Bagam orollari, Gonkong, Baxrayn,
Panama, Singapur, Kayman orollari, Gollandiyaning Antil orollari) offshor
markazliridagi jami bank depozitlari 1975-yilda rivojlangan mamlakatlar
depozitlarining 21,7 %iga, 1985-yil – 28,1 %, 1995-yil – 28,3 %iga ega bo„lgan
bo„lsa, bugungi kunga kelib bu ko„rsatkich 35 % etib qoldi.
Offshor biznesining ko„lami haqida ushbu markazlarda ro„yxatdan o„tgan
offshor kopaniyalarning soni yaqqol ma‟lumot beradi (11.1-jadval).
325
Do'stlaringiz bilan baham: |