Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Nazorat uchun savollar: 
1.
Offshor hududlar qachondan va nima sabab bilan boshlab tashkil etila 
boshlandi? 
2.
Offshor hududlar EIHlarning boshqa turlaridan nimasi bilan farqlanadi? 
3.
Offshor hududlarning lug„aviy ma‟nosi nimani anglatadi? 
4.
Offshor hududlarda qanday imtiyoz va qulayliklar beriladi? 
5.
Offshor hududlarning qanday turlari mavjud? 
6.
Offshor hududlarda offshor kompaniyalar faoliyati xuusuiyatlari nimalardan 
iborat? 
11.2. Offshor hududlarning tashkil etilishining 
jahon tajribasi 
Jahon xo„jaligida juda keng tarqalgan erkin savdo, eksport-ishlab chiqarish va 
ilmiy-sanoat hududlari, bugungi kunga kelib, offshor markazlarini tashkil etish va 
rivojlantirish nazariyasi va amaliyoti bilan to„ldirlmoqda. Xalqaro offshor biznesi 
mamlakatlar aro tashqo iqtisodiy aloqalarni bo„yicha tadbirkorlik investitsiyalari va 
ssudalarni harakatlantirishda o„sib boruvchi, ya‟ni progressiv rolni bajarmoqda. 
Offshor hududlari va soliq gavanlari, birgalikda servis hududlarini tashkil etadi. 
Offshor hududlari va soliq gavanlari tadbirkorlarni qulay valyuta-moliya, fiskal 
sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi 
bilan o„ziga jalb qiladi. 
Offshor markazlari deyilganda, umumiy ko„rinishda, faoliyatlari bo„yicha 
soliqqa tortishning imtiyozli tizimi amal qiladigan chet el, xorijiy kompaniyalarning 
o„z hududdida faoliyatini tashkil etuvchi mamlakatlar yoki hududlar tushuniladi. 
Offshor markazlarida ro„yxatdan o„tgan kompaniyalar davlat yurisdiktsiyasi ostida 
bo„ladi va mahalliy qonunchilikga qat‟iy amal qilishlari majburdir. Offshor hududlar 
faoliyat ko„rsatuvchilarga soliq imtiyozlari va faoliyat erkinligi beriladi, valyuta 
nazorati olib tashlanadi, har turdagi valyutada operatsiyalar amalga oshirilishi 
mumkin, moliyaviy operatsiyalar anonimligi ta‟minlanadi. Offshorning klassik 
varianti offshor hududlarida faqatgina norezidentlar xo„jalik va moliyaviy faoliyat 
olib borishlarini nazarda tutgan.
Offshor hududlarida soliq imtiyozlari turli xil variantlarda bo„lishi mumkin. 
Irlandiya va Liberiya offshor hududlarida soliq umuman olinmaydi. Shveysariyada 
soliqlar juda ham past stavkalarda olinadi. Lixtenshteyn va Antil orollari offshor 
hududlarida soliq sifatida yagona to„lov amalga oshiriladi, bu kabi hududlarda yana 
yillik ro„yxatga olish badallari, bank va sug„urta xizmatlaridan foydalanganlik uchun 
to„lov, trast faoliyati uchun litsenziya to„lovlari ham olinadi. Shimoliy Samoada esa 
buxgalteriya hisobi tartibi kompaniya egalarining hohishi bo„yicha tanlanadi.
Zamonaviy offshor biznesining asoslari britaniyalik yuristlar, bankirlar, 
sug„urtachilar va yuristlari tomonidan ishlab chiqarilgan va amalga oshirilgan. 
Shuning uchun birinchi “soliq gavanlari” Britaniyada tashkil etilgan. Buyuk Britaniya 


320 
va boshqa bir qator mamlakatlar hukumatlari qonunchilikka ma‟suliyatni cheklashni 
kiritishdi, bu vaziyatda maksimal yo„qotish aksioner kapitaliga teng bo„ladi. Bu 
ishchan investitsiyalashni qo„llab-quvvatlash uchun amalga oshirilgandi, bankrotlik 
yuz bergan hollarda kreditorlar kompaniya egasining mulkiga egalik qilish huquqiga 
ega bo„ldilar. Bu kabi ma‟suliyat cheklashning yo„lga qo„yilishi mamlakatda ishchi 
faoliyatni jonlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar va 
kompaniyalarga turli xil soliqlar qo„yilardi, bu esa soliq tizimini rejalashtirishni 
amalga oshirish imkoniyatini berdi, amaliyotda esa bu soliq stavkalarini 
pasaytirishning qonuniy yo„llarini izlab topish deb tushuniladi.
Eng birinchi tashkil etilgan offshor hududlariga Men, Gernsi, Djersi, Gibraltar 
orollari hamda Irlandiya va Panamalar misol bo„la oladi. Xuddi mana shu mamlakat 
va hududlar uzoq vaqt davomida, nafaqat, Yevropa biznesi imkoniyatlarini, balki, o„z 
hududlarida offshor operatsiyalarining salmoqli ulushini amalga oshirishgan.
Hozirda esa offshor kompaniyalar faoliyat ko„rsatayotgan davlatlar qatoriga 
Lixtenshteyn, Panama, Normandiya orollari, Men orollari (Britaniya), Antil orollari, 
Gonkong, Madeyra, Liberiya, Irlandiya, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Oxirgi o„n 
yillikda bular tarkibiga Malta, Mavrikiya, Garbiy Samoa, Isroil, Malayziya (Labuan 
oroli) va boshqa davlatlar qo„shildi. 
Offshor hududlardagi sanoat, savdo, bank, sug„urta va boshqa kompaniyalar, yo 
umuman, soliqqa tortilmaydi (Irlandiya, Liberiya), yoki kichik miqdordagi soliqlar 
to„laydi (Lixtenshteyn, Antil orollari, Panama, Men oroli va b.). Masalan, 
Shveytsariyada nisbatan kam soliq miqdori belgilan-gan. Bu soliq ma‟lum holatlarda 
umuman 
to„lanmasligi 
mumkin. 
Shuningdek, 
offshor 
hududlar 
valyuta 
cheklashlarining yo„qligi, daromadni olib chiqish erkinligi, xorijiy investorlar uchun 
bojlarning yo„qligi bilan ajralib turadi. Offshor hududlarni tashkil qiluvchi davlatlar 
qo„shimcha xorijiy kapital jalb qilish, offshor hududda ro„yxatga olingan korxonadan 
foyda olish, mahalliy mutaxassislar uchun qo„shimcha ish joylari tashkil qilinishi 
orqali foyda ko„radilar. 
Odatda, offshor biznes bank, sug„urta ishi, dengiz kemachiligi, ko„chmas mulk 
bilan operatsiyalar, trast faoliyati, eksport-import operatsiyalari, konsaltingda 
jamlanadi. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganga offshor biznesda band bo„lgan kapital 500 
mlrd. doll.ga etadi. Unda kariyb 2 mln. kishi qatnashadi va har yili bir necha ming 
yangi kompaniyalar ro„yxatga olinadi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish