Эркин иқтисодий ҳудудлар


Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona rasmiylashtiruvi



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/439
Sana03.02.2022
Hajmi7,25 Mb.
#427725
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   439
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

6.3.
Erkin iqtisodiy hududlarda bojxona rasmiylashtiruvi 
asosidagi bojxona to„lovlari 
Bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona 
nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o„tkazilishi kerak. 
Bojxona nazorati O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro 
shartnomalariga rioya etilishini ta‟minlash uchun bojxona organlari tomonidan 
amalga oshiriladigan, shu jumladan, xavfni boshqarish tizimi qo„llanilgan holda 
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir. 
Bojxona chegarasidan olib o„tiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan 
bojxona nazoratini ta‟minlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari 
tomonidan o„tkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi 


180 
hisoblanadi. 
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona 
organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan 
taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas. 
Bojxona kodeksining 13-moddasiga muvofiq, bojxona chegarasi orqali olib 
o„tiladigan har qanday ko„char mol-mulk, shu jumladan, O„zbekiston Respublikasi 
milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog„ozlar, elektr, issiqlik 
energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport 
vositasi tovar hisoblanadi. 
O„zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yohud bojxona hududida 
erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega 
bo„lgan tovar O„zbekiston tovaridir. 
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko„rsatilmagan tovar, shuningdek, ushbu 
Kodeksga muvofiq chet el tovari maqomini olgan tovar chet el tovaridir. 
Tovarlarni va yo„lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport 
vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport 
vositasini, temir yo„l transport vositasini (temir yo„lning harakatdagi tarkibini, temir 
yo„l harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek, ularning o„z 
konstruktsiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda 
tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi 
yoqilg„i-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa xil texnik suyuqliklarni, agar 
ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan bo„lsa, o„z ichiga oladi. 
EIHlarda tovarlarning rasmiylashtiruvida “shartli chiqarib yuborilgan tovarlar” 
tushunchasi ham qo„llaniladi. 
Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga 
bog„liq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi. 
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi: 
a) bojxona to„lovlarini to„lash bo„yicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan 
foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar; 
b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib 
kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar; 
v) bojxona to„lovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida to„langan 
tovarlar; 
g) bojxona to„lovlari davriy bojxona to„lovlari shaklida to„langan tovarlar; 
d) zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega 
boshqa hujjatlar mustasno) va ma‟lumotlar taqdim etilmagan tovarlar; 
e) bojxona to„lovlarini kechiktirib yoki bo„lib-bo„lib to„lashga ruxsat 
berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq 
rasmiylashtirilgan tovarlar. 
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida ko„rsatib o„tilgan shartli chiqarib 
yuborilgan tovarlardan faqat bojxona to„lovlarini to„lash bo„yicha imtiyozlar berish 
shartlariga muvofiq bo„lgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Mazkur tovarlardan 
ular nima maqsadda shartli chiqarilgan bo„lsa, faqat o„sha maqsadda foydalanilishi 
lozim. Bojxona to„lovlari bo„yicha berilgan imtiyozlar to„langan taqdirda shartli 


181 
chiqarib yuborilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yo„l qo„yiladi. 
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “d” bandida ko„rsatib o„tilgan shartli chiqarib 
yuborilgan tovarlarni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan, ularni sotish yoki 
o„zga usulda boshqa shaxsga o„tkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni 
olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi 
munosabati bilan belgilangan hollarda esa, har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) 
taqiqlanadi. 
Tovarlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo„lsa, 
shartli chiqarib yuborishning shartlari bo„yicha majburiyatlar bajarilgunigaqadar 
shartli chiqarilgan hisoblanadi. 
Bojxona organlari faoliyatini tashkil etishda bojxona to„lovlari muhim o„rin 
tutadi. Shunga ko„ra, ularning turlarini bilish muhim ahamiyatga ega (6.4-rasm). 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   439




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish