64
Samarqand
Qishloq xo„jaligi, xalq iste‟mol
tovarlar ishlab chiqarish,
to„qimachilik, mashinasozlik, qurilish
materiallari, kimyo, elektrotexnika,
turizm
To„qimachilik, oziq-ovqat,
kimyo, bog„dorchilik
Sirdaryo
Qishloq xo„jaligi, oziq-ovqat,
to„qimachilik, yengil sanoat, turizm
To„qimachilik, mebelsozlik,
farmasevtika, energetika
Surxondaryo
Qishloq xo„jaligi, neft va gaz, qurilish
materiallari, yengil sanoat, oziq-ovqat,
mashinasozlik, turizm
To„qimachilik, oziq-ovqat,
tog„-kon sanoati
Toshkent
shahri
To„qimachilik, yengil sanoat, kimyo,
farmasevtika, qurilish materiallari,
turizm, oziq-ovqat, mashinasozlik
Elektrotexnika,
mashinasozlik,
to„qimachilik, qurilish
materiallari, kimyo,
farmasevtika
Toshkent
viloyati
Yengil sanoat, rangli metallar, qurilish
materiallari, kimyo, yoqilg„i-
energetika
Oziq-ovqat, kimyo, rangli
metallurgiya, tog„-kon,
energetika, farmasevtika
Qashqadaryo
Qishloq xo„jaligi, to„qimachilik, neft-
gaz, qurilish materiallari,
mashinasozlik, yengil sanoat, oziq-
ovqat
To„qimachilik, oziq-ovqat,
tog„-kon sanoati,
parrandachilik
O„zbekistonda EIHlarni rivojlantirishda chet el investitsiyalarni ushbu jarayonga
faol jalb qilishga ustuvor ahamiyat berilmog„i lozim.
EIHlarning mamlakatning
iqtisodiy o„sishiga erishishidagi ishtirokini oshirishda,
ish bilan bandlik, mahalliy
xomashyolarga tayangan holda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va xorijga eksport
qilish, mamlakatning valyuta va to„lov
balansini mustahkamlash, tashqi savdo,
innovatsion texnologiyalar bo„yicha aloqalarini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar,
jumladan, to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiyalarni
EIHlarga jalb etish hajmini
yanada ko„paytirish, ular yo„nalishini va tuzilmasini to„g„ri tanlash ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Investitsiyalash uchun
taklif etilayotgan loyihalar, shunday
ishlab chiqarish turlari va korxonalari tezda o„zini qoplab,
yuqori darajada iqtisodiy
va texnologik samara keltirishiga erishish lozim. Bunday holatda investitsiyaning
tezda qaytarilishi va qanchalik samaradorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
investistion jarayonni jonlantirish uchun turtki berish, keyinchalik esa investitsiyalash
uchun afzal tarmoqlar va xo„jalik yuritish subyektlarini tanlashga imkoniyat yaratish
mumkin.
O„zbekistonda bozor iqtisodiyotining shakllanishi hududlarda qulay investitsiya
muhitini, bir qator makroiqtisodiy omillarini keskin darajada kuchaytirilishini taqozo
etadi. Bu sohada ro„y berayotgan jarayonlar voqealarning shiddatli almashinuvi bilan
izohlanadi. Hududlarning iqtisodiy o„sishini va qulay investistion muhitni yaratish va
qo„llab-quvvatlash, jadallashtirishda hal qiluvchi rolni ishlab chiqarish investitsiyalari
o„ynashi kerak.
65
EIHlar hududlarning mavjud imkoniyatlaridan samarali
foydalangan holda uni
yanada rivojlantirishga xizmat qilmog„i lozim. Faqat investitsiyalar bazasidagina
asosiy kapitalni yangilash hamda shu asosda ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish
va sifatini yaxshilash evaziga mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish mumkin.
Bunda EIHlar muhim omil bo„lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: