Iqtisodiy kontsentratsiya
– xo„jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar
guruhining ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning
holatiga ta‟sir ko„rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish.
Iqtisodiy faol aholi
– milliy xo„jalikda band bo„lgan barcha kishilar bilan bir
qatorda ish qidirayotgan mehnatga layoqatli aholi. Ular iqtisodiy jihatdan faol va
tegishli faoliyatda qatnashishi mumkin, biroq, daromad oladigan manbalari kam yoki
mablag„lari yo„qligi tufayli bu faoliyatni amalga oshira olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |