G
GATT
Savdo va tariflar bo„yicha Bosh kelishuv) – tashqi savdo operatsiyalarini
o„tkazishda belgilangan tamoyillarga amal qilishga rozi bo„lgan mamlakatlarni
birlashtiruvchi savdo va tarif masalalari bo„yicha xalqaro akt.
Garov huquqi
(fuqarolik huquqida) – bir shaxsning majburiyatlarni ta‟minlash
uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov)ni tartibga soluvchi va
mustahkamlovchi huquqiy me‟yorlar majmui.
Global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz
– jahonning deyarli barcha mamlakatlarida
moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi mutanosiblik va nisbatlarning keskin
izdan chiqishi natijasidagi beqarorlik va chuqur tanglik holatlarining vujudga kelishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |