Nazorat uchun savollar:
1.
Offshor hududlarda qanday xizmatlar ko„rsatiladi?
2.
Offshor hududlarning dastlabki tashil etilganlari sifatida qaysi hududlarni
bilasiz?
3.
Nima sababdan ko„plab offshor moliyaviy tashkilotlari Buyuk Britaniyaning
dengiz orti hududlarida joylashgan?
4.
Offshor hududlarining qaysi turi eng yaxshi rivojlanish imkoniyatlari va
istiqboliga ega?
5.
Offshor hududlarining istiqboli haqida qanday fikrdasiz?
6.
Offshor hududlari jahon iqtisodiyoti rivoji va inqiroziga qanday ta‟sir
ko„rsatishi mumkin?
11.4. Rivojlangan mamlakatlar xo„jaligida offshor hududlarning tutgan o„rni.
Mamlakatlar iqtisodiyotiga offshor hududlarning ijobiy va salbiy ta‟siri, soliq
raqobati
O„tgan asrning 80 yillaridan beri jahon xo„jaligida an‟anaviy offshor hududlar
kapital harakati va boshqa aktivlar harakatida muhim rol o„ynab kelmoqda.
An‟anaviy offshor hududlar deganda investor-korporatsiyalarga va xususiy
shaxslarga nafaqat maxsus past soliqli yoki soliqsiz rejimni taqdim etuvchi, balki
tadbirkorlik va kapitalni boshqarish uchun boshqa bir qator qulay sharoitlarni ham
yaratuvchi hududlar tushuniladi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi kunda 300 dan ortiq
offshor hududlar mavjud. Ayrim ma‟lumotlarga ko„ra 90 yillarda offshor hududlar
umumiy jahon boyligining 20 %i ustidan nazorat qilib, ularda tashqi bank
aktivlarining 22 % jamlangan edi
101
. 2006-yilda esa offshor hududlarda jahon
pullarining 60 % jamlangan bo„lib, ushbu hududlar orqali moliyaviy
101
Cassard M. The Role of Offshore Centers in International Financial Intermediation. IMF Working Paper. 1994.
№107.
327
transaksiyalarning yarmiga yaqini amalga oshirilgan
102
.
G„arbiy Yevropada offshor markazlari keng tarqalgan. Ular xorij tadbirkorlarini
o„zining qulay valyuta-moliyaviy qonunchiligi, soliqqa tortishning imtiyozli
xarakteri, bank va tijorat sirlarining yuqori darajadaligi bilan o„ziga jalb qiladi.
Xalqaro offshor biznesini yurituvchi yetakchilarga Men, Buyuk Britaniyadagi
Gernsi va Djersi, Vengriya, Irlandiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta,
Monako, Shveytsariya va boshqalar kiradi. Offshor biznesi bank va sug„urta
faoliyatini, ko„chmas mulk operatsiyalarini, eksport-import operatsiyalarining
ko„pgina turlarini, konsaltingni o„zida mujassamlashtiradi. G„arbiy Yevropa offshor
biznesi sohasidagi kapital 130 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Unda 400 mingdan ortiq
jismoniy va yuridik shaxslar faoliyat yuritadi, har yili bir necha minglab yangi
kompaniyalar ro„yxatdan o„tadi, ular offshor operatsiyalari ko„lamlarini kengaytiradi.
Boston Consulting Group (BCG) kompaniyasi ma‟lumotlariga ko„ra, 2006-yilda
offshor hududlarda jamlangan boshqaruv ostidagi aktivlar (AiM) 6,7 trln. dollarni
yoki ularning umumiy qiymatini 6,9 %ni tashkil qilgan. Fors ko„rfazi
mamlakatlarining offshor hududlari o„z aktivlarining taxminan 40 %ini, Lotin
Amerikasi davlatlari, Yaqin O„rta Sharq va Afrika mamlakatlari esa 30 %ini saqlaydi.
Ayni bir vaqtda Yevropa mamlakatlarida bu ko„rsatkich 9 %ni, Shimoliy Amerika va
Yaponiyada esa atigi 2-3 %ni tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, davlat
institutlari va fuqarolik jamiyati rivojlangan, barqaror iqtisodiy va siyosiy vaziyat
hukmron bo„lgan mamlakatlarda maxsus offshor hududlar rejimidan foydalanishga
bo„lgan qiziqish kamroq ekanligini ko„ramiz.
BCG hisob-kitoblari, asosan, Ixtisoslashgan xalqaro reyting tashkiloti
ma‟lumotlariga mos keladi. Ularga ko„ra, offshor moliya markazlaridagi kapital
miqdori 5-7 trln. dollarga teng bo„lib, bu 80 yillardagi ko„rsatkichdan 5 barobar
ko„pdir. Ayrim boshqa ma‟lumotlarga ko„ra, masalan, Tax Justice Network
mutaxassislarining fikricha, 2003-yildayoq offshor hududlar 11-12 trln. dollarga teng
bo„lgan aktivlarni nazorat qilgan.
Dunyodagi eng mashhur 34 ta offshor hududlarda 32 trln. AQSh dollariga teng
aktivlar joylashtirilgan. Bu esa ularning qanchalik katta moliyaviy-iqtisodiy
salohiyatga ega ekanligini ko„rsatadi.
Offshor hududlarning jahon moliya oqimlaridagi rolini haqida ularda joylashgan
banklarning xalqaro mavqei bo„yicha ham aniqlash mumkin.
TTXIlarning harakatlanishida offshor hududlarning roli YuNKTADning jahon
investitsiyalari to„g„risidagi ma‟ruzasida aks ettirib boriladi. Bu erda barcha offshor
hududlar ko„rsatilmaydi. Bundan tashqari, TTXIlar ushbu yurisdiktsiyalarda amalga
oshiriladigan moliyaviy oqimlarning bir qismini, ba‟zan, juda kam qismini tashkil
qiladi, xolos. Shunga qaramay, bu ma‟lumotlar ham TTXIlarning harakatlanishida
ayrim offshor hududlarning tutgan o„rni katta ekanligini ko„rsatadi.
Jahon amaliyotida xorijiy mamlakatlarga kapital olib chiqish uchun, odatda,
offshor hududlarga joylashtirilgan turli moliyaviy aktivlardan keng foydalaniladi,
maxsus investitsion kompaniyalar va jamg„armalar tashkil etiladi. Ular, hatta, TTXI
oqimida yetakchi o„rinlarni ham egallash imkoniga egadirlar.
102
McCann H. Offshore finance. Cambridge, 2006.
328
Offshor hududlar, o„z navbatida, bir vaqtning o„zida ijobiy va salbiy tomonlarga
ham ega hisoblanadi. Offshor hududlarning jahon iqtisodiyotidagi ijobiy tomonlariga
quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Uning ijobiy tumonlari quyidagilardan iborat:
- birinchidan, transchegaraviy moliyaviy oqimlarning faollashishi va xalqaro
ko„lamda
moliyaviy
aktivlar
aylanmasini
tezlashishi,
moliya
bozorlarini
rivojlanishiga ko„maklashish, investitsiyalarni diversifikatsiya qilishga va kredit
resurslarga erishishni kengaytirishga shart-sharoitlar yaratish;
- ikkinchidan, umumiy soliq yukini kamaytirishga harakat qilib, shu asosda
global iqtisodiyotda iqtisodiy faollikni rag„batlantirish;
- uchinchidan, ekspropriatsiya xatarini kamaytirib, mulkchilik huquqlarini
himoya qilish uchun shart-sharoitlar yaratish. Bu o„z navbatida, avvalambor, donor-
mamlakatlarda iqtisodiy o„sishning oshishiga olib kelishi mumkin;
- to„rtinchidan, offshor hududlar joylashgan mamlakatlarning rivojlanishiga
ko„maklashish natijasida jahon xo„jaligini uyg„un rivojlanishiga yordam berish;
- beshinchidan, egiluvchan rivojlanish strategiyalaridan keng foydalanish
hisobiga kompaniyalarning milliy va global darajada raqobatbardoshligini oshirish va
boshqalar.
Offshor hududlarning salbiy tomonlariga esa odatda quyidagilarni kiritish
mumkin:
- birinchidan, offshor (donor) mamlakatlarning daromadlarini kamaytiruvchi
g„irrom soliq raqobatining mavjudligi;
- ikkinchidan, offshor hududlarda kapitalning, eng avvalambor, chayqovchilik
kapitalining katta hajmda to„planib qolishligi. Buning oqibatida jahon iqtisodiyoti va
moliyasida beqarorlik unsurlarni paydo bo„lishi;
- uchinchidan, kapitalning chiqib ketishiga ko„maklashishi;
- to„rtinchidan, yashirin iqtisodiyotni qo„llab-quvvatlashi;
- beshinchidan, donor-mamlakatlarda bandlikning pasayishi;
- oltinchidan, alohida kompaniyalarga oqlanmagan raqobat ustunliklarini berish;
- yettinchidan, donor-mamlakatlarda soliqlardan qochishni salbiy baholash bilan
bog„liq bo„lgan noqulay ijtimoiy vaziyatlarni paydo bo„lishi va h.k.lar.
Shunday qilib, offshor hududlarning ma‟lum bir o„ziga xos xususiyatlaridan
kelib chiqib, ularning faoliyatini xususiy investorlarning, milliy hukumatlarning (eng
avvalo soliq organlarining), xalqaro tashkilotlarning qarama-qarshi manfaatlarini ham
ustunlik, ham kamchilik sifatida baholash mumkin.
Offshor hududlarning tarafdorlarining fikricha, offshor yurisdiktsiyalari,
ayniqsa, yirik moliyaviy markazlar xalqaro moliyada va savdoda muhim rol
o„ynaydi. Ma‟lum bir vaziyatlarda ular korporatsiyalarga va jismoniy shaxslarga
tavakkalchilikni samarali boshqarish va moliyaviy rejalashtirish sohasida ulkan
ustunliklar beradi.
Offshor hududlarga qarshi bo„lgan tarafdorlar esa, asosan, rasmiy shaxslarni o„z
ichiga oladi. Hukumat rahbarlarining fikricha, offshor hududlar g„irrom soliq
raqobatini vujudga keltiradi, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlardan ko„plab
resurslarni chiqib ketishiga olib keladi. AQSh voqealaridan so„ng (2001 yil) offshor
hududlarga terrorizmni moliyalashtirish bo„yicha ochiq ayblovlar qo„yildi, ularning
329
iqtisodiy va moliyaviy faoliyatini tartibga solishning aniq huquqiy me‟yorlari yo„qligi
yuzasidan e‟tirozlar bildirildi. Chunki, aynan offshor hududlarda tartibga solishning
zaifligi soliq to„lashdan qochishni va jinoiy yo„l bilan topilgan pullarni yashirishni
osonlashtiradi.
2007-yilda BMT va Jahon banki “O„g„irlangan aktivlarni qaytarish bo„yicha
tashabbus: vazifalar, imkoniyatlar va harakatlar dasturi” deb nomlangan hujjatni
tayyorladi. Ushbu hujjatda turli noqonuniy faoliyat turlari (poraxo„rlik, narkotik
mahsulotlarni sotish, soxta tovarlarni va pul qog„ozlarini tayyorlash, yashirin qurol-
yarog„ savdosi va soliq to„lashdan qochish va boshqalar) natijasida topilgan
mablag„larning xalqaro oqimlari yiliga 1-1,6 trln. dollar deb baholagan edi.
Yurisdiktsiyalar raqobatida, ayniqsa, soliq sohasida offshor hududlarning roli
katta bo„lib, ularning tarafdorlari va tanqidchilari o„rtasida qizg„in baxslarning bo„lib
turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mutaxassislarning fikricha, globallashuv o„yin
qoidalarini o„zgartirdi. Bu rivojlangan va rivojlanayotgan boy mamlakatlarga ko„p
ustunliklarni berishi bilan bir qatorda kapitalni soliqlardan yashirish uchun ham ko„p
imkoniyatlarni beradi. Hozirgi kunda ko„pgina rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlar budjeti uchun offshor biznesi bilan bog„liq bo„lgan yo„qotishlar juda
katta bo„lib, ular yildan-yilga o„sib bormoqda. 2005-yil ma‟lumotlariga ko„ra, offshor
sxemalari yordamida to„lanmagan soliqlar yig„imi yiliga 255 mlrd. dollarni tashkil
etgan
103
. Michigan universitetining professori R.Avi-Yoxanning fikricha, birgina
AQShning o„zida soliqlar yig„imi yiliga 50 mlrd. dollarni tashkil etar ekan.
Germaniya Moliya vaziri P.Shtaynbryukning ta‟kidlashicha, soliq to„lashdan qochish
Davlat budjetga taxminan 30 mlrd. evroga tushadi. Umuman, EI davlatlarining soliq
to„lashdan qochishi natijasida har yili taxminan 100 mlrd. evro yo„qotilar ekan
104
.
Offshor yurisdiktsiyalari bilan bog„liq soliq yo„qotishlari to„g„risida Tax Justice
Network mutaxassislarining boshqa ma‟lumotlari ham mavjud. 2006-yilda uchta
offshor hududlarning (Djersi, Gernsi va Men oroli) norezidentlariga tegishli
moliyaviy soha aktivlari 935,2 mlrd. dollarni tashkil etdi. Bu offshor hududlar 7 %
daromad va 30 % soliq stavkasi mavjud bo„lganda 65,5 mlrd. dollar foyda va tegishli
mamlakatlar budjetiga 19,6 mlrd. dollar miqdorida soliq tushumlarini berishi mumkin
edi.
Offshor yurisdiktsiyalar tadbirkorlar va fuqarolarning o„z mamlakatlarining
soliq siyosatiga qarshi chiqishlarini rag„batlantirib turadi. Masalan, Fransiyada
umumiy soliq yuki YaIMning 45,5 %ga teng bo„lgan bir sharoitda YaIMning 17 %
miqdoridagi daromadlari berkitiladi. Fransiya, Italiya, Daniya va Germaniyaning o„n
minglab tadbirkor-fuqarolari yuqori soliqlar siyosatiga qarshi chiqishadi. 150
mingdan ortiq frantsuzlar esa daromad solig„i pastroq bo„lgan Angliyada yashaydi
(so„nggi 15 yil ichida minglab yangi texnologiyalarga ega bo„lgan frantsuz
kompaniyalari Angliyaga ko„chib o„tishgan). 2006-yilda chet ellik fuqarolar
Shveytsariyada 607 mlrd. dollarga teng bo„lgan moliyaviy aktivlarni joylashtirishgan.
Jahon iqtisodiyotida offshor hududlar shubxasiz soliq raqobatida katta
ustunliklarga ega. PriceWaterhouse-Coopers analitik kompaniya va Jahon banki
103
www.taxjustice.net
104
Independent. 11.03.2008.
330
reytingiga ko„ra, umumiy soliq iqlimi bo„yicha dunyo mamlakatlarining birinchi
yigirmataligida yetakchi o„rinlardan birini offshor yurisdiktsiyalari va ular joylashgan
mamlakatlar egallaydi (11.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |