29
noaniqlik va risk bilan bog„liq bo„lgan biznes yuritishning turli jihatlarini,
tadbirkorlik faoliyatini, raqobatni namoyish etilishini belgilaydi.
2. Teng hamkorlik tamoyili.
Birinchi navbatda, biznesni yuritishda o„zaro
munosabatni belgilaydi.
3. Raqobat imtiyozlari tamoyili.
EIH chegarasida tadbirkorlik faoliyatini
faollashtirishning usuli bo„lib, bunda, hududdagi korxonalarga boshqa erdagi
korxonalarga nisbatan ma‟lum bir tashkiliy, moliyaviy, iqtisodiy imtiyozlar beriladi.
Ushbu tamoyil birinchi navbatda EIH mexanizmida ijodkorlik asosi mavjudligini,
nostandart shakl va ziddiyatlar yechimi usullarini, ya‟ni, tadbirkorlarning yangi
texnologiyalar, bozorlar, tovar sifati, narx siyosatining egiluvchanligi uchun faol
musobaqalashuvini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: