Xitoy EIHlarining mintaqaviy yalpi mahsuloti hajmi, mlrd. yuan
79
MIHlar
2013-yil
2015-yil
2017-yil
Shenjen
1160,8
1750,3
2243,8
Syamen
279,7
346,6
378,4*
Chjuxay
149,0
202,5
256,5
78
中国海关
统计月刊
= Таможенная статистика Китая. Ежемесячный журнал. Пекин:
海关
总署
, 2016. № 12. – С.
135, 137.;
中国海关
统计月刊
= Таможенная статистика Китая. Ежемесячный журнал. Пекин:
海关
总署
, 2017. №
12. – С. 135, 137.
79
Annual Report on the Development of China‟s Special Economic Zones (2016): Blue Book of China‟s Special
Economic Zones / ed. by Yitao Tao, Yiming Yuan. Singapore: Social Sciences Academic Press and Springer Nature,
2016. – R. 70.;
中国
经济特区发展报告
– 2017 = Доклад о развитии специальных экономических зон Китая –
2016. Пекин:
社会科学文献出版社
, 2018. – R. 151.
275
Shantou
140,2
185,0
235,0
Xaynan
214,3
370,2
404,5
Jami
1944
2854,6
3139,8
Bu erda: * – 2016 yil uchun.
9.3-jadvalda ko„rinib turibdiki, Xitoy EIHlarida mintaqaviy yalpi mahsulot
ishlab chiqarish hajmining o„sish tendensiyasiga ega. Jumladan, yilda 2013-yilga
nisbatan o„sish hajmi 1,62 martaga teng bo„lgan. Bu esa Xitoy iqtisodiyoti o„sish
darajasidan yuqori ekanligini ko„rsatadi.
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo„lidagi to„siqlar kamayib, soliq
qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda
xorijdan kiritiladigan investitsiya oqimlariga talab tobora ortib bormoqda. Bu,
ayniqsa, so„ngi yillarda jahonda xalqaro kapital harakatida susayishi va buning
natijasida to„g„ridan-to„g„ri xorijiy investitsiya (TTXI)lar hajmining kamayib borishi
sharoitida milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish va undan
EIHlarda samarali foydalanish bo„yicha Xitoy tajribalarini o„rganish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ma‟lumotlarga ko„ra, Xitoy hukumati 1 dollar chet el inveestitsiyalarni jalb etish
uchun 5,5 dollar o„z mablag„larini safarbar etgan. Natijada, milliy va asosan, xorijiy
investorlar hududlarga investitsiyalar kirita boshlagan, bu esa, o„z navbatida,
mamlakat iqtisodiyotini rivoji uchun poydevor bo„lib xizmat qildi. Xitoyning xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishda o„ziga xos xususiyatlaridan biri davlatning tuganmas
quvvatlari majmuasi ega ekanligidir, shu bois ham bu holat chet ellik investorlarda
qiziqish o„yg„otmoqda. Xitoyda moliyaviy inqirozdan juda ta‟sirlanmagan katta va
tez o„sib borayotgan bozor mavjud. Qudratli salohiyatga ega, o„rganish va
rivojlanishga intilayotgan ko„plab xodimlar va potensial sheriklar bilan mamlakatda
arzon narxlardagi ishlab chiqarishlar uchun asos – shart-sharoit mavjud. Shunga
qaramasdan, ayrim omillar Xitoyning shaffofligi, huquqiy noaniqlik, intellektual
mulk huquqlarini himoya qilishning past darajasi, korrupsiya yoki mahalliy biznesni
qo„llab-quvvatlovchi himoya choralari kabilar investitsiyalarga to„sqinlik qilishi
mumkin. Shu maqsadda Xitoy hukumati har doim investitsiyalarga to„sqinlik qilishi
mumkin bo„lgan omillarni o„rganib, bartaraf etib boradi va buning natijasida
invistitsiya shaffofligi yanada oshishiga, pirovardida, tashqi iqtisodiy faoliyati yanada
rivojlanishiga erishiladi.
Xitoyda atrof-muhitni muhofazasi birinchi o„rinda turadi. Xitoy hukumati
xorijiy investitsiyalarni boshqarishda aviatsiya, ko„mir, mudofaa, elektr energiyasi va
davlat tarmog„i, neft, neft-kimyo, yuk tashish va telekommunikatsiya kabi tarmoqlar
bo„yicha mutlaq nazoratni o„zida saqlab kelmoqda. Bundan tashqari, avtomobil,
kimyo, qurilish, razvedka va dizayn, elektron axborot, uskunalar ishlab chiqarish,
temir va po„lat, rangli metall, ilm-fan va texnologiya kabi sohalarga nisbatan
“nisbatan nazorat” mavjud. Bunday strategik sohalarni Xitoy hukumati o„z qo„lida
ushlab bormoqda va bu omillar orqali xorijiy investorlarni qisman nazoratini olib
bormoqda.
Bugungi kunda Xitoy davlati “Bir makon, bir yo„l” global loyihasi orqali butun
276
dunyoga investitsiyalar olib chiqish bilan faol shug„ullanmoqda. Buning natijasida
2020-yilga kelib, Xitoyning xorijdagi aktivlari bugungi kundagi 6 trillion 400
milliard dollardan uch barobarga oshadi
80
. Xitoy mamlakati bunday faol investitsiya
siyosatini olib borsa, Amerika Qo„shma Shtatlarini ham orta qoldirib ketadi. Bunday
rivojlanishga qaramasdan Xitoyda ekologiya muammolari, raqobatchilarning
sonining ko„payishi kabi muammolar soni ham oshib bormoqda.
Yangi xorijiy investitsiyalarni ko„rib chiqishning yana bir ustuvor yo„nalishi –
“xalqaro ishlab chiqarishdagi hamkorlik” maqsadlarini to„la-to„kis ko„rib chiqishdir.
Bu erda “global sanoat zanjiri”ni o„zaro manfaatli yo„llarda mustahkamlash uchun
ishlab chiqarish quvvatlarini boshqa mamlakatlarga o„tkazishni rag„batlantirish
vazifasi turibdi
81
. Xitoy kompaniyalari chet elda investitsiya qilayotganda – hozirgi
kunda Lotin Amerikasida bo„lgani kabi, ular o„zlarining kompaniyalari uchun
oqilona va barqaror investitsiya kiritish bilan emas, balki, strategiyalarini Xitoyning
milliy investitsion ustuvorliklari bilan birlashtirishga mas‟uldirlar
82
.
Shuningdek, Xitoy davlati TTXIlarni qabul qilishda ham faol davlat hisoblanadi.
Buni quyidagi 9.4-jadval ma‟lumotlaridan ham ko„rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |