5.1-jadval.
Logistik konsepsiyalar va tizimlar tafsiloti
Ko
n
sep
si
y
a
no
m
i
№
Logistik tizim
Qisqacha
nomi
Inglizcha tafsiloti
O„zbekcha tafsiloti
E
h
ti
y
o
jl
ar
,
res
u
rs
lar
n
i
rej
al
as
h
ti
ri
sh
1
MRP-1
(MRP-1)
Materials
Requirements
Planning
Materiallar
ehtiyojini
rejalashtirish
2
DRP
Distribution
Mahsulotlar
taqsimotini
136
DRP
Requirements
Planning
rejalashtirish
3
Djast in
taym (LT)
Just in time
“Aniq muddat” - detallar
talabini
aniq
hisobga
olishning tashkiliy usuli
4
Kanban
(Kanban)
Kanban
Oqimli
ishlab
chiqarish
jarayonida
mahsulot
miqdorini operativ tartibga
solish
5
OPT
(OPT)
Optimized
production
technologies
Optimizatsiyalashgan ishlab
chiqarish texnologiyalari
6
MRP-2
(MRP-2)
Manufacturing
Requirements
Planning
Ishlab chiqarish resurslarini
rejalashtirish
“K
am
d
o
ira
d
a”
7
LP (LP)
Leal Production
“Kam
doirada”
ishlab
chiqarish
konsepsiyali
aralash tizimlar guruhi
T
al
ab
g
a
mo
sl
as
h
u
v
ch
an
8
DDT
(DDT)
Demand Driven
Techniques
Talabga
moslashish
konsepsiyasi:
1.Buyurtmaning eng yuqori
nuqtasini aniqlash.
2.Shoshilinch moslashuv.
3.Uzluksiz to„ldirish.
4.Zaxiralarni
avtomatik
to„ldirish.
Logistikaning tizim sifatidagi dastlabki shakllanish davri “tortuvchi tizim”
mezoniga asoslanilgan. “Tortuvchi tizim” texnologik operatsiyalarning qat‟iy
grafigiga amal qilmaydigan, ayni chog„da detal va yarimfabrikatlarga bo„lgan talab
taqsimot kanallari buyurtmasining zaruratiga qarab, tashkil etiladigan ta‟minlash
tizimi hisoblanadi. Bu turdagi eng ommalashgan tizimlar jumlasiga “Aniq muddat I”
va “Aniq muddat II”, “Nol zahirali ishlab chiqarish”, “Kanban tizimi” kabilar kiradi.
“Aniq muddat tizimi”. Ushbu tizimning konseptual asoslari dastlab XX asr 50
yillarida “Tayota motors” (Yaponiya) kompaniyasidagi avtomobil sanoatida ishlab
chiqilgan. U amerikaliklar tomonidan o„zlashtirila boshlangach, LT (Lz1- t Lte) deb
nomlangan. XX asr 60 yillariga kelib, bu kompaniya mazkur logistik tizimni yangi
avtomobil tayyorlashda tadbiq etish hisobiga asosiy logistik tsikl vaqtini bir oygacha
qisqartirishga erishgan. Bu paytda avtomobil tayyorlash tsikli amerikaliklarda 6-9
oyni tashkil etgan.
Tizimning ko„pchilik kompaniyalarga tadbiq etilishi tugallanmagan ishlab
chiqarish, tayyor mahsulot zahiralari kamayishiga, olib kelgan.
Xarajatlarning tejalishiga, texnologik liniyadagi buzilishlar barham topishiga
137
bozor talabidagi tebranishlarga moslashishiga olib kelgan.
Moddiy xomashyolarni vaqtida va zarur miqdorda yetkazib berish tufayli
mahsulot sifati yaxshilangan. Ombor binolarining bo„shagan qismlaridan boshqa
ehtiyojlarni qondirishda foydalanilgan. Ushbu tizim ta‟minlash, ishlab chiqarish va
sotish jarayonlaridagi zahiralar minimallashuvini muvofiqlashtirgan.
“Aniq muddat II” konsepsiyasida esa, turli variantli kombinatsiyalarning
zamonaviy integratsiyalashgan tizimi barpo etilgan va quyidagilar hisobga olingan:
- logistik kanallardagi minimal zahiralar;
- talab etadigan hajmdagi zairalar darajasiga tezkor moslashuv;
- mahsulot sifati tsiklini boshqarish;
- umumiy statistik nazorat;
- zahiralarning kritik nuqtasidagina buyurtma berish va boshqalar. Bunda
zahiralarni minimallashtirish uchun logistik operatsiyalar integratsiyalashgan,
sifatning yuqori darajasiga, o„zaro ishonchga va samarali servisga erishilgan.
Logistik operatsiyalarning tobora takomillashuvi “Nol zahirali ishlab chiqarish
tizimi” darajasini ta‟minlagan. Bundan omborlardan voz kechish ko„zda tutilgan.
Moddiy-texnika ta‟minoti va ishlab chiqarish texnologiyasi qo„shimcha ishlab
chiqarish va zahiralarga barham bergan.
Ushbu tizimning an‟anaviy yondashuvlardan farq qiluvchi ko„rsatkichlari
jumlasiga quyidagilar kiritilgan:
- moddiy resurslar, tugallanmagan ishlab chiqarish va tayyor mahsulot
zahiralarining nol zahiralari;
- zahiralarni sug„urtalashning bekor qilinishi;
- ishlab chiqarish tsiklining qisqarishi;
- ta‟minot va tayyor mahsulot hajmining katta emasligi;
- ishonchli ta‟minotchilar va tashuvchilar bilan munosabat o„rnatish; Nol
defektli sifatni boshqarish falsafasi;
- tayyorlash, ishlab chiqarish va mahsulot sotishning barcha bosqichlarini
sinxronlashtiruvchi samarali axborot bilan qo„llab-quvvatlash.
Tortuvchi tizimning eng takomillashgan shakli “Kanban” tizimi hisoblanadi.
Ushbu tizim tebranuvchi takror ishlab chiqarish talablariga tez moslashuvchan va
sug„urtalanadigan zahiralarsiz tashkil etilgan tizimdir. Uning natijasi ishlab
chiqarishni qayta tashkil etishga moslashuvchanlik, raqobatbardoshlik ortishi, tannarx
pasayishi ta‟minlanadi.
Ayniqsa, bevosita texnologik jarayonlar davridagi sifatni nazorat qilish
xususiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, sifatni nazorat qilishning Amerikada
tadbiq etilgan tizimi amerikalik mutaxassis “Dening” sharafiga “Dining tsikli” nomi
bilan shuhrat topgan. Tizim bora-bora asbob-uskunalar unumdorligini oshirgan holda
ularning yuqori sifatda ishlashini tashkil etuvchi va ishlab chiqarish quvvatlari
samarali ishlashini uyg„unlashtiruvchi tizimga aylandi.
Yaponiya mashinasozlik korxonalaridagi raqobatbardoshlikni ta‟minlagan ushbu
tizimning asosiy ko„rsatkichlari quyidagilar:
- logistik tsiklning qisqarishi;
- aylanma mablag„lar aylanuvchanligining jadallashuvi; Ishlab chiqarish
138
zahiralariga ehtiyojning kamayishi; Tovar zahiralarining kamayishi;
- sug„urtali zahiralardan voz kechish; Mahsulotlar sifatining yaxshilanishi.
Ushbu tizim samaradorligining asosiy shartlari:
- ishlab chiqarishni ratsional tashkil etish;
- ta‟minotchilarning boshlang„ich moddiy resurslari sifati nazorati;
- ishonchli ta‟minotchilar bilan hamkorlik;
- jamoa a‟zolarining mehnatga munosabatidagi yuksak axloqiylik.
Mazkur tizim yuqorida ta‟kidlanganidek, tortuvchi tizimlar evolyutsiyasining
yuqori bosqichi hisoblanadi. Agar “itaruvchi tizimlar” tafsilotiga to„xtalsak, ularning
faoliyati “ehtiyojlar/resurslarni rejalashtirish” konsepsiyasiga asoslanadi. Bu
konsepsiya asosidagi tizimlar ham XX asrning 50 yillarida shakllana boshlagan.
Xususan, MRP-1, MRP-2, DRP-1, DRP-2 kabilar shular jumlasidandir (yuqoridagi
5.1-jadval). Ushbu ishlab chiqarish logistik tizimda nafaqat moddiy resurslar va
yarim fabrikatlar, balki tayyor mahsulotlar ham distribyutorlar tarmog„igacha surib
boriladi. Bunda ishlab chiqarishdagi uzilishlar, majburiy sug„urtaviy zahiralarga
talabning o„zgarishi hisobga olinadi. Biroq aylanma mablag„lar aylanishining
sekinlashuvi tannarx ortishiga olib keladi. Bu tizim “tortuvchi tizim”dagiga nisbatan
ta‟minotchilar ishonchsizligi va talabning tebranuvchanligi sharoitida barqarorlikka
intiladi. Qolaversa, bu tizimning zaif jihati shundaki, unda talabni kuzatishga doir
e‟tibor har doim etishavermaydi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “itaruvchi tizim”
quyidagicha ta‟riflanadi:
“itaruvchi tizim” – detallar, komponentlar va
yarimfabrikatlarning oldingi texnologik operatsiyadan keyingisiga o„tishi qat‟iy
belgilangan va rejalashtirilgan grafik asosida amalga oshiriladigan tizim. Uning
dastlabki shakllaridan bo„lgan MRP-1 va MRP-2 asosan, moddiy resurslar oqimi
ta‟minotini rejalashtirishga xizmat qiladi. MRP-1 ga XX asrda kompyuter ixtirosidan
so„ng 50-60 yillarda asos solingan. O„tgan asrning 80 yillariga kelib esa, yillik savdo
hajmi 15 mln. AQSh dollardan yuqori bo„lgan Amerika korxonalarining asosiy kismi,
Buyuk Britaniyadagi har uchta korxonadan bittasi ushbu tizimdan foydalangan.
Moddiy resurslarga zarurat iste‟molchilarning aniq buyurtmalari va qat‟iy ishlab
chiqarish grafiklari asosida ta‟minlash, ishlab chiqarish va sotish jarayonlari
rejalashtirilgan. Bulardan so„ng logistik protseduralar va qoidalar tayyorlangan.
Pirovard mahsulotning miqdori va tayyorlash muddati MRP faoliyati uchun asos
bo„lgan, MRP faoliyatidagi ko„rsatkichlar esa, o„rta va uzoq muddatli istiqbolga
mo„ljallangan bo„lib, qisqa muddatdagi o„zgarishlarga moslashishi qiyin kechgan.
Bu esa, ortiqcha ishlab chiqarish va sug„urtalangan zahiralar yaratishni talab
etgan. Logistik tsikl qisqarishi uchun iste‟molchi talabi o„zgarishiga qaror qabul
qilish muhlati bir paytda hisobga olinishi kerak bo„lgan. Umuman, aylanma
mablag„lar aylanuvchanligi pasaygan.
MRP ning zaifliklariga MRP-2 da barham berilgan. Chunonchi:
-
zahiralar
boshqaruvining
logistik
xarajatlarini
rejalashtirishda
moslashuvchanlik va talab o„zgarishiga zudlik bilan munosabatda bo„lish
ta‟minlangan;
- tizim tarkibida talabni boshqarish va istiqbolni belgilash blokining faoliyati
yo„lga qo„yilgan;
139
- tizimdagi logistik oqimni nazorat qilish uchun qiymati 10 mingdan 100 ming
AQSh dollarigacha bo„lgan 100 dan ortiq amaliy dasturlar tadbiq etilgan.
MRP-1 va MRP-2 tizimlari moddiy-texnika ta‟minotida va ishlab chiqarishni
tashkil etishda ustuvorlik bilan tadbiq etilgan bo„lsa, distribyutsiya tizimida DRP-1 va
DRP-2 tizimlari qo„llanilgan, DRP II tizimida logistik va marketing funksiyalari
birgalikda rejalashtirilgan va moslashtirilgan:
- bozor konyunkturasi istiqbollari ishlab chiqilgan;
- zavod-ishlab chiqaruvchilarning mintaqaviy va markaziy omborlardagi
zahiralari darajasi, ta‟minot miqdori va manzili rejalashtirilgan;
- tayyor mahsulotlar zahiralarini boshqarish va saqlashdagi logistik xarajatlar
optimallashtirilgan;
- tayyor mahsulotlarni yetkazib berish muxlati qisqargan. DRP-1 tizimida
quyidagi zaifliklarga ham yo„l qo„yilgan:
- tovar o„tkazish tarmog„idagi har bir tayyor mahsulot kanalining to„liqligi va
jo„natish istiqbolidagi aniq hisob zarurligi;
- zahiralar rejalashtirilganda buyurtmalar tashish va ishlab chiqarish
ko„rsatkichlarining o„zaro ishonchliligi talab etilishi;
- ishlab chiqarish grafigi va taqsimot rejasidagi o„zgarishlar bilan bog„liq
bo„lgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish tebranishlarining mavjudligi;
- distribyutiv tarmoqda tayyor mahsulotlar uchun sug„urtalangan zahiralar
zarurligi.
DRPning
bunday
zaifliklarini bartaraf
etishda
mahsulot
taqsimotini
boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan DRP-2 dan foydalaniladi. Mahsulot
taqsimotini boshqarishning ikkinchi avlodi bo„lgan ushbu tizimda:
- tayyor mahsulot istiqboli;
- talabning o„rtacha va uzoq muddatli istiqboli;
- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning o„rta va uzoq muddatli rejalari
ishlab chiqilishi;
- tizim tarkibidagi ombor xo„jaligi, xodimlarning tashkiliy asoslari, servisni
boshqarish kabilar ishlab chiqarish dasturi bilan muvofiqligi;
- real vaqt rejimida ishlashi kabilarning ahamiyati.
MRP-1, MRP-2, DRP-1 va DRP-2 kabi logistik tizimlar ehtiyoj/resurslarni
rejalashtirish konsepsiyasininng birinchi yo„nalishdagi tizimlari hisoblanadi. Ushbu
konsepsiyaning rivoji “Talabga moslashish” konsepsiyasida namoyon bo„lgan. Bunda
talabdagi o„zgarishni tez fursatda qondirish hisobga olingan. Buning uchun talab
o„sishi kutilayotgan bozorlarni zahiralar bilan tez to„ldirish amalga oshiriladi.
Integrallashgan tizimning logistik bo„g„inlari bo„lgan ishlab chiqaruvchilar, ulgurji
vositachilar va chakana savdogarlarning o„zaro munosabatlari tartibga solinadi.
Natijada quyidagi ustuvorliklarga erishiladi:
- buyurtma jarayonlari ma‟lumoti asosidagi tayyor mahsulotni yetkazib berish
grafigidagi taqsimotning zahiralarini yaxshiroq boshqarilishiga yordam beradi;
- chakana savdoning sotuv hajmi va savdo zahiralarini bilish ishlab
chiqaruvchilarga ta‟minotni aniq rejalashtirishni ta‟minlaydi;
- iste‟molchilar talabidagi tebranishlarga ta‟minotchilar tezroq moslashadilar;
140
- tavakkalchilik kamayadi va logistik jarayonlar samaradorligi oshadi.
Mazkur konsepsiyaning amaliyotdagi tadbig„i turli variantlar va usullar
ko„rinishiga ega bo„ladi:
- buyurtmaning eng yuqori nuqtasini aniqlash (usuli) varianti;
- shoshilinch moslashuv (usuli) varianti;
- uzluksiz to„ldirish varianti.
Ushbu variantlarning ustuvorlik xususiyatlarini tahlil etaylik.
“Buyurtmalarning eng yuqori nuqtasini aniqlash” variantida ombordagi
zahiraning ma‟lum nuqtasidan boshlab, ta‟minotchilarga qo„shimcha buyurtma
beriladi.
Bunday yondashuv logistik tsiklning to„xtovsiz ishlashiga asos bo„ladi, ya‟ni
mazkur nuqtada mahsulotni ta‟minotchidan tashib etkazish hisobga olinadi. Ushbu
variantning qo„llanilishi uchun zaruriy sharoit XX asr oxiriga kelib, axborot-
kompyuterlar tizimi va telekommunikatsiyalar rivojidan so„ng yuzaga keldi.
“Shoshilinch moslashuv” varianti. Bu variant taqsimlash tarmog„idagi tovarlar
oqimini yaxshilash maqsadini ifodalaydi, ta‟minotchi bilan savdo korxonasi
o„rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishga qaratilgan. Buning uchun mahsulot
yetkazib berishni tartibga solish va rejalashtirishga asosiy e‟tibor qaratiladi. Tartibga
solishda savdo korxonalaridagi zahiralarni optimallashtirish ko„zda tutiladi. Tayyor
mahsulot miqdori talab darajasida saqlanadi. Xaridorlar talabi darhol yoki tezda
qondirilishi uchun shart- sharoit yaratiladi. Ushbu variantning ustuvorliklari
shundaki, undan:
- logistik tizimning talab o„zgarishiga moslashuv muhlati tejaladi;
- muhim sotuv nuqtalaridagi zahiralar hajmi markazlanadi va to„ldirib turiladi;
- ishlab chiqarish, mahsulotlarini yetkazish, buyurtmalarni to„ldirish muhlatlari
va muddatlaridagi noaniqliklarga chek qo„yiladi;
- integratsiyallashgan logistik tizim bo„g„inlaridagi hamkorlar faoliyatida o„zaro
moslik o„rnatiladi;
- zahiralarning aylanuvchanligi sezilarli darajada ortadi va boshqalar.
Albatta, ushbu variantlar ustuvorliklariga erishishda quyidagilarga e‟tibor
quchaytiriladi: tadbirkorlarning kichik partiyadagi tovar ishlab chiqarishga moslasha
olishi; tadbirkor bilan savdo korxonalaridagi axborot almashuvining yuqori
darajadaligi; zahiralar holatidagi nazoratning aniqligini ta‟minlash uchun shtrixlangan
kodlashtirishga o„tishga.
“Talabga moslashish” konsepsiyasining uchinchi varianti “Uzluksiz to„ldirish”
deb
nomlanadi.
Ushbu
variant
“tez fursatda moslashish” variantining
takomillashtirilishi asosida kelib chiqqan. Bunda ta‟minotchilar ulgurji va chakana
savdo tashkilotlarining logistik rejalarida va kelishuvlarida sug„urtalangan
zahiralarsiz buyurtma berish yo„lga qo„yiladi.
Mazkur variant faoliyatida esa quyidagilarga e‟tibor qaratiladi: tayyor mahsulot
oqimini ta‟minlash yuzasidan hamkorlarning o„zaro majburiyati qabul qilinadi;
chakana savdo do„konlari ulgurji korxonalar yoki tadbirkorlarning bevosita o„zlari
tomonidan uzluksiz ta‟minlanadi; turli taqsimot kanallaridan chakana savdo
tarmog„iga jo„natilayotgan tovarlar oqimi to„g„risidagi ma‟lumotlarni qayta ishlash
141
amalga oshiriladi. Natijada tadbirkorlar tomonidan tovarlar oqimidagi assortiment va
zaruriy ehtiyoj miqdori aniqlashtirib turiladi. Ushbu variantdagi tovarlar oqimi
to„g„risidagi ishonchli axborot, yuklarni ishonchli yetkazishdagi mas‟uliyatlilik
kabilar samaradorlik ortishiga jiddiy ta‟sir qiladi.
Yuqoridagi variantlar tahlili shuni ko„rsatadiki, samaradorlikning ortishi va
talabga moslashuvidagi asosiy unsur vaqtni tejash hisoblanadi. Aynan, har bir
tovarning chakana savdo tarmog„idagi barcha amaliy harakati va belgilari
kombinatsiyasini anglab olish samarali faoliyatga xizmat qiladi. Yuqoridagi ikki
variantning ijobiy jihatlarini takomillashtirish orqali “Zaxiralarni avtomatik
to„ldirish” konsepsiyasi varianti ishlab chiqilgan.
Takomillashgan variantda chakana savdo tarmog„idagilar xarajatlarini tejashga
tadbirkorlarning zahiralarni boshqarishdagi ta‟siri ortishi tufayli erishiladi. Chunki
bunda logistik zanjirdagi qatnashchilarning uzoq muddatli hamkorlik aloqalari yo„lga
qo„yiladi. Ushbu variant – konsepsiya itaruvchi tizim guruhidagi eng so„nggi va
ommalashgan variant-konsepsiya hisoblanadi.
Tadbirkorlik nuqtai nazaridan logistik tizimlarning “itaruvchi” yoki “tortuvchi”
deb guruhlanishi bilan bir qatorda ularning aralash xususiyatli tizimlariga ham e‟tibor
qaratilishi zarur, deb hisoblaymiz. Ta‟bir joiz bo„lsa, ularni “aralash tizimlar” deb
ham nomlash mumkin. Ana shunday aralash tizimlardan biri “Mayda hajmdagi ishlab
chiqarish” konsepsiyasiga asoslangan tizim hisoblanadi.
Ushbu tizim faoliyati uchun keng tarqalgan ishlab chiqarish jarayonlari asos
qilib olingan. Unda ishlab chiqarishni tashkil etishda kam resurs, kam zahira va kam
vaqt sarflanishiga erishish mezoniga amal qilinadi. Buning uchun yuqorida talqinlari
keltirilgan “Aniq muddat”, “Kanban” va “MRP” tizimlari ijodiy rivojlantirilgan.
Chunki, “Kanban” va “MRP”da moddiy resurslar zahirasi omborlarga qo„yilmasdan
minimal sug„urta zahiralari ishlatiladi. Bunda mahsulot sifatining yuqoriligi
ta‟minlanadi, kichik partiyali ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlash va ishga
tushirish uchun qisqa vaqt talab etiladi, malakali xodimlar jalb etiladi, zahiralarning
eng past ko„rsatkichlariga erishiladi.
Qayd qilish joizki, ushbu tizimda moddiy resurslarni omborlarda saqlash, ularni
omborga va ombordan tashish, ishlab chiqarish tsiklida kutish, resurslar oqimini
qo„shimcha nazorat qilish kabi “foydasiz” operatsiyalardan voz kechiladi. Demak,
sifat, kam sarflik, bozorga tez moslashuvchanlik, uskunalarni qayta jihozlashdagi
osonlik kabilar “Mayda hajmdagi ishlab chiqarish” tizimi afzalliklari tarkibidan o„rin
olgan.
Xulosa qilib aytganda, har bir logistik tizimning o„ziga xos ustuvorliklaridan,
turli tadbirkorlik tuzilmalari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda foydalaniladi.
Logistika fani so„nggi yarim asrda shakllanib ulgurgan bo„lsa-da, tadbirkorlik
amaliyotining muhim va samarali vositalaridan hisoblanadi. Ulardan milliy
tadbirkorligimizda foydalanish uchun bevosita tadbirkorlik xususiyatlarini chuqur
o„rganish, umumlashtirish va subyektning logistik oqimlaridagi ustuvorliklarini
aniqlash lozim. Buning uchun esa, tizimiy yondashuvning nazariy va uslubiy
jabhalarini chuqurroq va batafsil o„rganish zarur.
142
Do'stlaringiz bilan baham: |