Investitsiya muhiti
deganda, mamlakat iqtisodiyoti yoki uning ma‟lum bir
mintaqaga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini
ta‟minlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, ekologik, shart-
sharoitlar majmuasi tushuniladi.
Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiyalash bilan bog„liq
munosabatlarni amalga oshirish mumkin bo„lgan imkoniyatlar va qulayliklar
majmuasini o„zida aks ettirgan voqelikdir.
Investitsion muhit holati yaratilgan huquqiy baza va uning asoslari, qonun
hujjatlarining sifatli tuzilishi va ularga rioya qilinishi talab etiladi.
Shu bilan birga investitsion faoliyatni amalga oshirish shart-sharoitlarini
ifodalovchi investitsiya muhiti quyidagilardan iboratdir:
- investitsion faollik;
- investitsion jozibadorlik (investitsion salohiyat va investitsion risk darajasi).
Investitsion muhitning tarkibiy tuzilishi quyidagi 4.1-rasmda o„z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |