345
ichki va tashqi bozorlar uchun tayyor mahsulotlar tayyorlovchi loyihalarni xorijiy
investitsiyalar ishtirokida moliyalashtirishga ustuvorlik berish zarur.
3. Xorijiy hamkorlar bilan ish yuritishda ularning zamonaviy bilim va
tajribalaridan oqilona foydalanish, mahalliy kadrlar orasida potensial kadrlar sonini
oshirib borish maqsadga muvofiqdir.
4.
Mintaqalardagi
infratuzilmalarni
rivojlantirish
orqali
xorijiy
investitsiyalardan samarali foydalarish tadbirlarini ishlab chiqish lozim.
5. Har bir mintaqada ma‟lumotlarning axborot-tahlil bazalarini joriy etish va
hududlarning investitsiya imkoniyatlari to„g„risida investorlarni axborot bilan
ta‟minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish, har bir mintaqa uchun
ko„rgazma va biznes-seminarlar o„tkazishni ta‟minlash lozim.
6. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida barpo etilgan korxonalar faoliyatini
kengaytirish yoki takomillashtirish maqsadida joriy etiladigan yangi texnologiyalarni
xalqaro lizing hisobiga ta‟minlash va shu orqali mintaqalarda xalqaro lizing
munosabatlarini yo„lga qo„yish va bu munosabatlarni davlat tomonidan
rag„batlantirish tizimini joriy etish lozim.
7. Mintaqalarga xorijiy investitsiya ishtirokida resurslarni tejovchi kam
chiqimli yoki chiqimsiz yanada progressiv texnologiyalarni joriy qilish asosida
eksportga yo„naltirilgan loyihalarni davlat tomonidan keng qo„llab-quvvatlash
maqsadga muvofiqdir.
8. Kelgusida ham tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, eksportni har
tomonlama qo„llab-quvvatlash yo„lida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:
- eksport yuklarini qo„shni davlatlardan temir yo„l orqali imtiyozli narxlarda
o„tkazish bo„yicha muzokaralarni izchil davom ettirish;
- kelgusi yillarda ham bojxona tartiblarini keskin soddalashtirish, bojxona
nazorati punktlari hamda yuklarni rasmiylashtirish postlarini tubdan isloh qilishni
davom etirish;
- Jahon bankining “Logistika samaradorligi indeksi”da mamlakatimiz o„rnini
yuqori pozitsiyaga ko„tarish choralarini ko„rish;
- milliy iqtisodiyotning investitsion jozibadorligini yanada oshirib borish orqali
ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni faollashtirish asosida ishlab chiqarishning
eksportga yo„naltirilganlik salohiyatini rivojlantirish borish;
- soliq yukini kamaytirish hisobiga barchaga bir xil adolatli soliq rejimini joriy
etish, samarasiz soliq imtiyozlarini bosqichma-bosqich bekor qilish;
- turizm eksportidan keladigan daromadni oshirish imkoniyatlaridan samarali
foydalanish, jumladan, 2026-yilga borib yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy
sayyohlar sonini 9 million nafarga, jumladan, uzoq xorijdan keluvchilar sonini 2 mln.
nafarga turizm eksportidan keladigan yillik daromadni esa 2,2 mlrd. AQSh
dollarigacha etkazish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: