Эркин иқтисодий ҳудудлар


Tavsiya etilayotgan adabiyotlar



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tavsiya etilayotgan adabiyotlar: 
1.
Воловик Н.П. Международная практика создания специальных 
экономических зон. – М.: ИПЕИ, 2016. – 99 с. 
2.
Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 
2005. – 230 с. 
3.
Логинов Б.Б. Международный банковский бизнес. Мировая экономика и 
международный бизнес. – М.: 2005. – 504 с. 
4.
Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: 
становление и развитие. Монография. – Хабаровск: изд-во Тихоокеан. гос. ун-
та, 2017. – 170 с. 
5.
Приходко С.В., Воловик Н.П. Особие экономические зоны. – М.: ИЕПП, 
2007. – 268 с. 
6.
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni 
jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” 
nashriyoti, 2013. – 176 b. 
7.
Рыбаков С.А. Особые экономические зоны в России. Налоговые льготы 
и преимущества. / С.А.Рыбаков, Н.А.Орлова. – М.: Вершина, 2006 – 248 с. 
8.
Фуршчик М.А., Шутова А.В. Особие экономические зоны: опыт и 
перспективы. – М.: Медиа Инфо Групп, 2014. – 216 с. 
9.
Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 
2006. – 167 с. 


335 
12-bob.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHKIL ETILGAN 
ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR VA ULARNING 
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
12.1. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning zarurligi va 
o„ziga xos xususiyatlari 
O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish g„oyasi o„tgan asr 80 yillari oxirida ko„rib 
chiqilgandi. O„sha paytda ko„pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika 
iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb hisoblashgandi. 
Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo„yicha xorij tajribasi shuni ko„rsatdiki, bu 
kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng ko„lamda 
iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish, eksport salohiyati va 
iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o„rinlarini barpo etish kabi 
masalalarni hal etishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. 
Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish O„zbekiston 
Respublikasining
 
1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I 
bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. Qonun uch qismdan 
iborat bo„lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda EIHning huquqiy 
tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib o„tilgan. 
Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlarga 
muvofiq faoliyat ko„rsatadilar. 
O„zbekiston Respublikasining
 
1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar 
to„g„risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli, 
yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish 
ko„zda tutilgan. Shunigdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa 
turlari ham tashkil etilishiga erishildi. 
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O„zbekistondа EIHni tashkil etishda quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi:
1. EIHni tashkil etish to„g„risida mahalliy hokimiyatning qarori.
2.EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi 
ko„rsatiluvchi Nizom loyihasi.
 
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko„rsatilgan xaritasi.
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi.
5. EIHni tashkil etish to„g„risidagi qarorning loyihasi. 
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib 
borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun 
xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib 
chiqadigan huquqiy qoidalar va me‟yorlar yaratildi. 
Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008 yilda 
tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli er 
uchastkasida joylashgan. 
“Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir 


336 
qancha sabablari bor. Jumladan, O„zbekistonni o„zining salohiyatli hamkori, deb 
tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror 
rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari, 
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq 
mamlakatlaridir.
Qo„shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining 
mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi transport xarajatlarini 
kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq 
bo„lishiga imkon beradi.
Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo„li aynan 
O„zbekiston orqali o„tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni 
bog„lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH Janubi-
Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko„rfaziga chiquvchi temir yo„l 
o„tadi.
Navoiy hududi orqali temir yo„lning barcha asosiy trassalari o„tgan. U 
Janubda Eron va Turkiya portlariga, G„arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq 
dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog„lovchi eng qisqa temir yo„l 
marshruti ham aynan Navoiy orqali o„tadi. 
2008-yilning noyabr oyida “O„zbekiston Havo yo„llari” Milliy aviakompaniyasi 
Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko„ra, Navoiy 
xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan 
hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transcontinental intermodal logistika 
markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy 
jihozlar, asbob-uskunalar bilanta‟minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha 
turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi 
hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi
107
. “Navoiy” 
EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va 
Xitoyning 40 dan ortiq yirik shaharlari joylashgan
108
.Havo-transportidan foydalanib, 
yuklarni tashishda O„zbekiston orqali o„tadigan havo yo„laklaridan foydalanish – 
xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy – Sharqiy 
Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa 
1000 km.ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan 
15 tonna yoqilg„i iqtisod qilinadi.
2010-yilning avgust oyidan boshlab o„z faoliyatini boshlagan “Navoiy” xalqaro 
aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH loyihasining 
muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
“Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiѐ va Yevropa qit‟alarini 
bog„lab turuvchi havo, temir yo„l va avtomobil yo„llarining mavjudligi, xalqaro 
transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo 
mamlakatlarining Afg„oniston, Eron, Yaqin va O„rta Sharq, Osiyo Tinch okeani 
mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo„yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga 
107
www.regnum.ru sayti ma‟lumotlari. 
108
www.nfiez.com sayti ma‟lumotlari. 


337 
egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkin”
109

Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va 
2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish 
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. 
Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo„lsalar-da, biroq, 
mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni 
ta‟minlash imkonini yaratdi. buning natijasida, so„nggi 2,5 yil ichida mamlakatimizda 
yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining tashkil etilishiga 
erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan sanoatlashtirishda 
diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga olib ixtisoslashtirilgan 
holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini ta‟minlashda muhim 
ahamiyat kast etadi. 
Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning 
hisobga 
olinganligi, 
ularni 
yanada 
takomillashtirishga 
jiddiy 
e‟tibor 
qaratilayotganligi, shuningdek, ko„plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu 
hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma‟muriy kengashlarning mustaqilligi va 
mas‟uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari asosida investitsiya 
loyihalarining amalga oshirilishi bo„yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar 
taraqqiyotini ta‟minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish