Эркин иқтисодий ҳудудлар



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, erkin savdo hududi, erkin bojxona hududi, omborxona 
hududlari, erkin portlar va bojsiz savdo do„konlari, boj, tovar, savdo, eksrort, import. 


87 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1.
Savdo hududlari EIHlar avlodining dastlabkisi sifatida yuzaga kelib, bugungi 
kunda ham yangi turlarining paydo bo„lishi va faol rivojlanishi bilan alohida ajralib 
turadi. Savdo hududlari boshqa turdagi EIHlardan farqli ravishda eng uzoq tarixga va 
ko„p bosqichli rivojlanishga ega EIH hisoblanadi. 
2.
Savdo hududlarining rivojlanishi boshqa turdagi EIHlarning rivojlanishini 
ham rag„batlantiradi, shuningdek, ularning rivojlanish daraajasini ham ko„rsatib 
turadi. Boshqa turdagi EIHlarga nisbatan savdo hududlarining barcha turlarini har bir 
mamlakatda tashkil etish mumkin, qulay va samaralidir. 
3.
Savdo hududlari turlari o„ziga xos funksiyalarni bajarib, milliy va jahon 
iqtisodiyoti rivoji va o„zaro integratsiyasini ta‟minlashning muhim va xalqaro vositasi 
hisoblanadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1.
Savdo hududlarini tashkil etishdan maqsad nima? 
2.
Savdo hududlarining qanday turlari mavjud? 
3.
Savdo hududlarining eng faol rivojlanishda bo„lgan turlarini aytib bering va 
uning sabablarini izohlang. 
4.
O„zbekistonda savdo hududlarining qanday turlari tashkil etilgan va ular 
faoliyatiga qanday baho berasiz? 
5.
Savdo hududlarining qaysi turi eng qadimiy va eng zamonaviy EIH 
hisoblanadi? 
6.
Savdo hududlarining tashkil etilishi va rivojlanishiga qanday muammolar 
salbiy ta‟sir ko„rsatadi? 
3.3.
Savdo-ishlab chiqarish hududlari va ularning xususiyatlari
Savdo
-
ishlab chiqarish hududlari
ikkinchi avlod hududlariga kiradi. Ular 
savdo hududlarining evolyutsiyasi natijasida paydo bo„ldilar: ular uchun ajratilgan 
hududga faqatgina tovarlar emas, balki, kapital ham kiritilib, ular faqatgina savdo 
bilan emas, balki, ishlab chiqarish bilan ham shug„ullana boshlaganlaridan buyon 
yuzaga keldilar. 
Ular, o„z navbatida, qaysi bozor turi ko„proq namoyon bo„lishidan kelib chiqqan 
holda quyidagilarga bo„linadilar: 
-
import o„rnini bosish hududlari (mahsulot mamlakat ichki bozorida iste‟mol 
qilishga muljallangan); 
-
eksport hududlari (mahsulot tashqi bozorga yunaltirilgan); 
-
eksport-import o„rnini bosish hududlari (aralash ta‟minot). 
Savdo-ishlab chiqarish hududlari maxsus bojxona tartibiga ega bo„lgan 
hududlarda tuziladi va ular katta soliq va moliyaviy imtiyozlardan foydalanadilar. 
Odatda, tayyor kiritilayotgan tovarlar, xomashyo va materiallar ustidan nazorat 
minimal hajmda bo„ladi va ular ustidan nazorat bilan cheklaniladi. Bunday olib 
kirish, kiritish bojlari va soliqlardan ozod qilinadi (bojxona shaxodatnomasi uchun 


88 
to„lovdan tashqari). Savdo-ishlab chiqarish hududlarida yaratilgan tovarlarni uchinchi 
mamlakatlarga chiqarish bu mamlakatlar uchun oddiy import bo„lib, improt qiluvchi 
mamlakatda amal qiluvchi qoida va tartiblar asosida amalga oshiriladi. Bojxona 
tartibi va kiritish bojxona to„lovlari mahalliy qonunchilik asosida amalga oshiriladi. 
Tovar va xizmatlarni EIH joylashgan mamlakatga yetkazib berish ushbu 
mamlakatning bojxona qonunchiligiga mos ravishda amalga oshiriladi, ya‟ni savdo-
ishlab chiqarish hududidan kiritilayotgan tovar bojxona tozalash amaliyotini 
belgilangan bojxona to„lovlari to„lash bilan amalga oshiriladi. Agar yetkazib 
berilayotgan mahsulot qiymatining bir qismi mahalliy xomashyo va materiallarga 
to„g„ri kelsa bojxona to„lovini mikdori hisoblanganda u mahalliy komponentlar 
miqdoriga kamaytiriladi. 
Birinchi erkin sanaoat eksport yo„nalishidagi hudud 1959-yilda Irlandiyadagi 
Shennon aeroportida tuzilgan edi. Transatlantik yo„nalishlar ochilib samolyotlarning 
Shennonda qo„nib o„tishiga ehtiyoj qolmagandan so„ng aeroportning yopilishi va 
ishchilarning ishsiz qolishi xavfi tug„ildi. Shuning uchun Irlandiya hukumati sanoat, 
savdo va turizmga chet el investorlarini jalb etish uchun bojxona to„lovlarisiz tartibni 
kiritdi. Irlandiya kompaniyalaridan biriga 1959-yilda Shennon aeroporti atrofida 300 
ta qo„shimcha ish joyini tashkil etish uchun 15 gektarli maydonda mahsus hudud 
tashkil etish vazifasi yuklatildi. Ammo, hududning muvaffaqiyatli faoliyati qo„yilgan 
maqsadlardan ziyoda natijalar berdi. Hozir hududda 90 dan ortiq firma faoliyat 
yuritib ularning korxonalarida 24 000 dan ortiq kishi ish bilan band. 
Eksport-ishlab chiqarish hududlari ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda 
jadal suratlar bilan tashkil etilmoqda. Ular orasida eng samarali faoliyat 
ko„rsatayotgan EIHlar Janubiy-Sharqiy Osiyoning yangi industrial mamlakatlarida va 
Lotin Amerikasi mamlakatlarida joylashgan.
Eksport-ishlab chiqarish hududlaridagi asosiy ishlab chiqarish yo„nalishlari 
quyidagilardir: televizorlar, musiqa markazlari, video va audio magnitafonlar, dividi 
pleyrlar, elektor asbob uskunalari (muzlatkichlar, changyutkichlar, havo sovutgichlar, 
kir yuvish mashinalari va boshqalar), kompyuterlar, avtomobil qisimlari, tayyor 
kiyim kechak, oyoq kiyimlari va hakazo. Bunday ixtisoslashishning asosida 
investorlarning foyda ko„rishdagi natijaga tezroq erishish maqsadi yotadi. Lekin, 
shuni esdan chiqarmaslik kerakki, chet el kapitalining bu hududlardagi faoliyati 
rivojlanayotgan mamlakatlarda yangi turda ishlab chiqarish yo„nalishlarini 
rivojlantirish va mustahkamlash, sanoatning ayrim sohalarini modernizatsiyalash, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini ko„paytirishd, ichki bozorni to„ldirishda 
muhim ahamiyatga ega.
Import o„rnini bosuvchi hududlar ba‟zi-bir rivojlanayotgan mamlakatlarda 
boshqa turdagi hududlar bilan birinchi navbatda kompleksi erkin iqtisodiy hududlar 
bilan birga tashkil etilmokda (masalan Braziliyadagi Manaus hududi).
Aralash (eksport-import) hududlari nisbatan keng tarqalgan. Odatda, ular 
eksport-ishlab 
chiqarish 
xudulari 
evalyutsiyasining 
natijasi 
bo„lib 
ular 
rivojlanishining ma‟lum bir bosqichida xaudud rezidentlariga o„z mahsulotini 
mamlakat ichki bozorida ham realizatsiya etishga ham ruxsat berilganda paydo 
bo„ladi. Hozirgi vaqtda bunday hudular rivojlanayotgan mamlakatlarda keng 


89 
uchraydi: Misr, Senigal, Meksika, Xindiston, Koreya Respublikasi va hakozo.
Bunday hududlarning yorqin misoli 1971-yilda Janubiy Koreyada tashkil etilgan 
“Masan” eksport-sanaot hududidir. U 94 gektarni egallagan. Hududda 34 ming 
kishini ish bilan ta‟minlagan 77 kompaniya ishlamoqda. Tahminan chiqarilayotgan 
mahsulotning 60 %i elektron va elektrotexnik sanoat ulushiga, 15 %i mashinasozlik 
sanoati ulushiga to„g„ri keladi. Ichki bozorda umum ishlab chiqarishning uchdan bir 
qismi iste‟mol qilinadi.
Savdo-ishlab chiqarish hududlarining alohida shakli bu sanoat parklaridir. 
Sanoat parklari ikki turga bo„linadi: bojxona eksteritorial statusiga ega bo„lgan va 
bunday statusga ega bo„lmagan.
Eng ko„p uchraydigan savdo parklarining maydoni 300-400 gektarni tashkil 
etadi. Ko„pgina “nuqtaviy” hududlardan farqli o„laroq er uchastkasini birlamchi 
obodonlashtirish, infratuzilma obyektlarini qurish va eksplotatsiya qilish yani ishlab 
chiqarish bino va inshoatlari, ijtimoiy madaniy maishiy obektlarni qamragan holda 
sanoat parklarida qabul qiluvchi tomon tarafidan amalga oshiriladi. O„z navbatida, 
ushbu obe‟klardan foydalanuvchi sanoat firmalari o„zlarining faoliyatini ijarachilar 
sifatida amalga oshiradi.
Unchalik katta bo„lmagan (maydoni 50 gektargacha) sanoat parklarining eng 
ko„p tarqalgan hudud bu Karib hafzasi va Markaziy Amerikadir. Yirik sanoat parklari 
esa Meksika, Sharqiy Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida keng 
uchraydi. Masalan, Taylanddagi sanoat parklarining kattaligi 2 000 gektargacha etadi. 
Agropolis – qishloq xo„jaligi va qishloq xo„jaligi mahsulotlarini qayta ishlash 
bilan shug„ullanadigan va investorlarni o„ziga jalb qiluvchi, turli imtiyozlarga ega 
sanoat maydonchasi. Ular qishloq xo„jaligi va agrosanoat rivojlanishi uchun 
raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan EIH lar hisoblanadi. Agropolis 
agroparklar 
deb ham nomlanadi. 
Dunyo aholisining ellik foizidan ko„prog„i shaharlarda yashaydi. Aholining 
o„sishi, urbanizatsiya va oziq-ovqatga bo„lgan global talabning kuchayishi kabi turli 
omillar tobora o„sib bormoqda. Shuning uchun qishloq xo„jaligi aholisi oziq-ovqat 
bilan bog„liq cheklovlarga javoban, agrosanoat parklari tashkil etish oziq-ovqat 
xavfsizligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. 
Agroparklar shuningdek, innovatsion texnologiyalar va boshqaruv tizimlariga 
kirish va zamoaviy harakatlarni rag„batlantirish, yanada ko„proq raqobatbardosh 
bo„lish, EIH larning qobiliyatini oshirishga yordam beradi. Sanoat parklarini qishloq 
xo„jaligi qiymatini oshirish va raqobatbardoshlik vositasi sifatida qo„llash, ham 
sanoatlashgan, ham rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo„llanilib kelmoqda. 
Biz Hindiston va Xitoy mamlakatlarini ushbu jarayonga eng ko„p ishongan va 
o„zida tadbiq etayotgan mamlakatlar qatorida ko„rishimiz mumkin. Hindistonda 
agrosanoat parklarini rivojlantirish 1980-yillarning oxiriga kelib, bir qator moliyaviy 
obyektlar va institutsional rivojlanish hisobiga shakllana boshlagan, shuningdek, bu 
yo„nalish iqtisodiyotiga ham ko„plab ijobiy natijalarni olib keldi. Ushbu 
mamlakatlarda agrosanoat parklari iqtisodiy taraqqiyotni rag„batlantirish, mahsulot 
sifati va xilma-xilligini oshirish va umumiy infrastruktura bilan investorlar uchun 
xavfni kamaytirish maqsadida ishlab chiqilgan. Agrosanoat parklari agrofirma va 


90 
agrosanoatning birlashtirilgan va ixtisoslashgan infratuzilma hisoblanadi. 
Qishloq xo„jaligi va agrosanoat parklari markaziy boshqaruvi tizimiga ega 
bo„lgan industrial maydon: odatda, 10 dan 160 gektargacha bo„lgan shahar yerlarni 
egallaydi. Agrosanoat parklari quyidagicha hududiy jihatdan taqsimlanadi: 
-
agro-ekologiya (ilmiy-texnikaviy park) yoki ilm-fan va texnika (texnopol) ga 
alohida e‟tibor berishi mumkin. Masalan: Agosfera agro-ekologik parki, Meksika 
joylashgan. Uning faoliyati ishlab chiqarish, qayta ishlash, yig„ish, qadoqlash va 
tarqatish jarayonlarida agro-ekologik prinsiplarni hisobga olgan holda, oziq-ovqat 
mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo„ljallangan sanoat parkidir
44
. Parkdagi hosil 
bo„lgan chiqindilar biogazni biomassa yoki biologik yoqilg„i sifatida ishlatish uchun 
qayta ishlatiladi; 
-
agrofirma va agrosanoat sohalaridagi ehtiyojlarni qondirish uchun tuzilgan 
hududlar, shu jumladan, o„ziga xos bo„lgan hudud (masalan, organik mahsulotlar) 
uchun mo„ljallangan umumiy, ixtisoslashtirilgan obyektlar; 
-
umumiy obyektlar: dam olish joylari, sport maydonchalari, oziq-ovqat kortlari 
va turar joylar (ishchilar, stajyorlar, tashrif buyuruvchilar va h.k.); 
-
yig„ma 
infrastruktura 
obyektlar: 
odatda, 
yo„llar, 
elektr 
ta‟minoti, 
telekommunikatsiya, suv va kanalizatsiya kabi yaxshi bazaviy infratuzilmani qo„llab-
quvvatlash va qo„llab-quvvatlashni o„z ichiga oladi. 
Xalqaro tajriba shuni ko„rsatadiki, agroparklar oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‟minlaydigan muhim sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga iqtisodiy turtki berishi 
mumkin. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda agrosanoat parklarining 
o„ziga xos hususiyatlari: 
- qishloq xo„jaligi mahsulotlarini saqlash, sotish, tarqatish tizimini 
modernizatsiya qilish; 
- turli xil savdo shakllarining yagona platformasiga - ulgurji va chakana, 
jismoniy va yuridik shaxslarga e‟tibor berish; 
- qishloq xo„jaligi mahsulotlari marketingi va barqaror sotish mexanizmlarini 
ishlab chiqish; 
- barcha bozor ishtirokchilari uchun adolatli narxni belgilash; 
- oziq-ovqatning jismoniy va iqtisodiy imkoniyatlarini yaratish; 
- hududlarni qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchi mahsulotlar bilan 
ta‟minlash; 
- ijtimoiy-iqtisodiy va tarmoqli davlat dasturlarini qo„llab-quvvatlash. 
O„zbekiston Markaziy Osiyodagi eng yirik meva-sabzavot ishlab chiqaruvchisi 
bo„lib, katta salohiyatga ega. Uning tadbiqi, nafaqat, ichki talabni qondirishga, balki, 
eksport hajmini sezilarli darajada kengaytirishga imkon beradi. Shu maqsadda 
respublikamizda O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi 
“Buxoro-Agro” erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi 
PQ-3843-sonli Qarori bilan tashkil etilgan “Buxoro-agro” EIZning asosiy vazifalari 
va faoliyati yo„nalishlari quyidagilardan iboratdir: 
- zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini, jumladan, gidroponika texnologiyalarini 
44
http://www.fao.org/3/a-i6862e.pdf 


91 
qo„llagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun to„g„ridan-to„g„ri xorijiy 
va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi 
issiqxonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar 
ishlab chiqarishni tashkil; 
- hududning ishlab chiqarish va resurs salohiyatidan samarali foydalanish 
asosida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta 
ishlashni chuqurlashtirish va ularning eksport hajmini oshirish; 
- qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urug„dan to mahsulotni 
bozorga yetkazib berishgacha bo„lgan to„liq jarayonini tashkil etishni rag„batlantirish; 
- ko„chatzorlar, shuningdek, birlamchi urug„chilikni tashkil etish uchun 
sharoitlar yaratish orqali issiqxona xo„jaliklarini talabi katta, yuqori hosildorlikka ega 
bo„lgan qishloq xo„jaligi ekinlari urug„ va ko„chatlari bilan ta‟minlashning samarali 
mexanizmlarini joriy etish; 
- logistika xizmatlari ko„rsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, 
qishloq xo„jaligi ishlab chiqarish subyektlariga ular tomonidan etishtirilgan 
mahsulotlar eksportini tashkil etishda ko„maklashish; 
- issiqxona xo„jaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi 
texnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyalardan foydalanishni keng joriy etish; 
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish, sertifikatlashtirish va 
markirovka qilish bo„yicha xalqaro standartlarga muvofiq ilmiy-ishlab chiqarish 
markazlari tashkil etish va ularning xulosalari xalqaro darajada e‟tirof etilishini 
ta‟minlash chora-tadbirlarini ko„rish; 
- issiqxona xo„jaliklari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda, 
jumladan, ular tomonidan “Buxoro-agro” EIZ hududida faoliyat yuritayotgan 
korxonalarda ishlab chiqarish amaliyotini o„tashda ishtirok etish. 
Zamonaviy issiqxona xo„jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish O„zbekistonda 
yil davomida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini etishtirish va eksport qilish 
imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Bugungi kunda O„zbekistonning qishloq 
xo„jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish salohiyatini yuqori texnologiyali 
qishloq xo„jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha va eksportga yo„naltirilgan 
davlatlar bilan solishtirganda, birmuncha past ekanligini kuzatish mumkin (3.8-rasm). 
Bugungi kunda qishloq xo„jaligi mahsulotlarining iste‟molchilarga etib 
borishidagi ko„plab yo„qotilishga yo„l qo„yilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Oziq-ovqat va qishloq xo„jaligi tashkiloti (FAO) ma‟lumotlariga ko„ra, ushbu 
yo„qotishlar o„rim-yig„im, saqlash, qadoqlash, tashish, infratuzilmalar yoki bozor 
mexanizmlari, shuningdek, institutsional va huquqiy asoslar bilan bog„liq. Afsuski, 
bu holat ko„pgina rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilmoqda va oziq-ovqat 
xavfsizligiga salbiy ta‟sir ko„rsatmoqda. 


92 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish