Эркин иқтисодий ҳудудлар


Investitsiyalashdan oldingi bosqich



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

1. Investitsiyalashdan oldingi bosqich.
Odatda, bir yilgacha davom etib, o„z 
navbatida, ikki davrdan iborat bo„ladi: 
-
birinchi davrda
dastlabki ilmiy izlanish, marketing, iqtisodiy-jug„rofiy, 
iqtisodiy-moliyaviy va boshqa shunga o„xshash ishlar amalga oshiriladi. Bu davrning 
maqsadi – ushbu hududda EIHni tashkil etishning konseptual imkoniyatini aniqlash, 
hududning joylashuvi, turi va o„lchamini aniqlashdan iborat. Ushbu davrning alohida 
e‟tiborga loyiq tomoni shundan iboratki, hududning ixtisoslashuvi va unda 
ko„rsatilajak xizmatlarning to„liq tahlili o„tkaziladi. Aynan mana shu davrda 
to„plangan ma‟lumot asosida u yoki bu EIHni tashkil etish yoki emaslik haqidagi 
umumiy qaror qabul qilinadi.
-
ikkinchi davr
birinchi davrdagi ma‟lumotlarni va qarorlarni yanada chuqurroq 
iqtisodiy va moliyaviy hisoblar asosida aniqlashtiruvini ko„zda tutadi. Bunda alohida 
e‟tibor kapital qo„yilmalarning samaradorligini aniq hisoblashga qaratilmog„i lozim. 
Investitsiyalarning umumiy hajmini va shu jumladan, qanchasi infratuzilmaga va 
qanchasi ishlab chiqarish qurilishiga sarflanishini aniqlash lozim. Shu vaqtning 
o„zida ushbu mablag„larning manbalari ham aniqlanishi kerak: markazlashgan davlat 
kapital qo„yilmalari, hududlarning o„z 
mablag„lari, EIHda joylashadigan 
korxonalarning mablag„lari, banklarning qarz vositalari, mahalliy qimmatbaho 
qog„ozlarni sotishdan keladigan mablag„lar. Ushbu davr mobaynida hech 
bo„lmaganda umumiy holda hududning rivojlanishi uchun sarflanadigan valyuta 
hajmini ham aniqlash lozim. Bu davr uchun hududiy geografik-iqtisodiy tahlil, 
xo„jalik ishlarini ratsional tashiil etish shart-sharoitlarini aniqlash muhim ahamiyatga 
ega. 
2. Investitsion bosqich.
Odatda, bu ham bir yil muddatgacha davom etadi, 
avvalgi bosqich bilan bir vaqtda amalga oshirilishi ham mumkin va o„z navbatida, 
ikki davrdan iborat bo„ladi:
-
birinchi davrni
shartli ravishda “muzokaralar” davri deb atash mumkin. Bu 
davrda mahalliy hoqimiyat va markaziy hoqimiyatlar bilan hududning rejimi, 


32 
joylashuv eri, ixtisoslashuvi, hukumatning loyihani amalga oshirishda ishtiroki 
darajasi haqida kelishuvga erishish kerak. Shu bilan bir vaqtda hududda 
infratuzilmani yaratishning texnikaviy loyihasi ham ishlab chiqiladi.
-
investitsion bosqichning 
ikkinchi davri
aniq infratuzilma obyektlari: issiqlik-
energetika ta‟minoti, aeroport, kommunikatsiya tarmoqlari, turli xildagi binolar 
(omborlar, ofislar, ishlab chiqarish binolari) qurilishini nazarda tutadi. Bu obyektlar 
va binolar butunlay yangidan qurilishi ham mumkin yoki mavjudlari ta‟mirlanishi 
ham mumkin. Ushbu qurilish ishlari bilan bir vaqtning o„zida potensial investorlarni 
jalb etish bo„yicha reklama va marketing ishlari faol olib borilishi kerak. Ular 
shunday o„tkazilishi kerakki, operatsion bosqichning boshlanishiga kelib, hududda 
o„zining ishlab chiqarish-xo„jalik faoliyatini boshlashga tayyor bo„lgan bir qancha 
investorlar shay tursin.

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish