Эркин иқтисодий ҳудудлар


Bojxona organlarining asosiy funktsiyalari



Download 4,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/281
Sana01.07.2022
Hajmi4,45 Mb.
#724808
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   281
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Bojxona organlarining asosiy funktsiyalari 
Fiskal 
Taqsimlash 
Rag‟batlantirish 


173 
Bojxona organlari: 
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; 
- bojxona to„lovlari to„g„ri hisoblanishi, to„liq va o„z vaqtida to„lanishi ustidan 
nazoratni amalga oshirishi; 
- bojxona nazoratini tashkil etishi; 
- tovarlarni va transport vositalarini olib o„tish, shuningdek, O„zbekiston 
Respublikasining bojxona chegarasidan o„tish chog„ida jismoniy va yuridik 
shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to„g„risida o„z vaqtida xabardor qilishi; 
- o„z xizmat vazifalarini bajarishi chog„ida o„ziga ma‟lum bo„lib qolgan davlat 
sirlarini yoki qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma‟lumotlarni 
oshkor etmasligi; 
- huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan 
sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko„rishi; 
- bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir 
etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi; 
- davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog„lig„ini 
saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga 
ko„maklashishi; 
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi 
talablariga rioya etilishini ta‟minlashi shart.
6.2-rasm.
Bojxona organlari faoliyatini boshqarishning optimal darajasini aniqlash 
masalalari 
Bojxona organlari tomonidan EIHlarda tovar va xomashyolar importi-eksporti 
bo„yicha bojxona rasmiylashtiruvi mazkur qonun asosida amalga oshiriladi hamda 
davlat bojxona siyosatining samarili ijrosini ta‟minlashga qaratiladi. EIHlarda 
investitsiyalash, ishlab chiqarish, tashqi iqtisodiy aloqalar, soliq va bojxona boji 
to„lovlari masalasida o„ziga xos yondashuv mavjudligi sababli ularda bojxona 
rasmiylashtiruvi belgilangan tartibda, lekin, bojxona siyosati mazmuni va samarali 
Bojxona or
ganlari f
aoli
yatini 
boshqarish
ning op
timal
darajasi ani
qlash 
masalalar

Milliy ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy manfaatlarini himoya 
qilish 
Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish 
Davlat byudjetini manfaatlarini himoya qilish 
Mamlakatni xorijiy bozorlardagi iktisodiy manfaatlarini himoya 
qilish 
Mamlakat 
iqtisodiyotining 
jahon 
iqtisodiy 
xo‟jaligiga 
integrallashuvini jadallashtirish 


174 
ijrosiga salbiy ta‟sir ko„rsatmagan holda amalga oshiraladi. 
Bojxona ishi va rasmiylashtiruvchida Bojxona kodeksining 4-moddasida 
keltirilganidek, agarda shunday holat yuzaga kelsa, ya‟ni bojxona to„g„risidagi qonun 
hujjatlaridagi barcha bartaraf etib bo„lmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar 
tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi. 
EIHlarda bojxona rasmiylashtiruvi bojxona maqsadlariga muvofiqlikda amalga 
oshiriladi. Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o„tish, tovarlarni 
tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini ta‟minlash; 
- bojxona to„lovlari o„z vaqtida va to„g„ri to„lanishini ta‟minlash; 
- iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga 
rioya etilishini ta‟minlash; 
- bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlarini buzish hollariga chek qo„yish va 
ularning oldini olish. 
Bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati bilan bog„liq munosabatlarda quyidagi 
tushunchalar qo„llaniladi: 
- bojxona brokeri – bojxona rasmiylashtiruvi bo„yicha operatsiyalarni 
deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirig„iga binoan va uning nomidan 
shartnoma asosida amalga oshiradigan O„zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi; 
- bojxona ishi – iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish 
maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona to„g„risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishini ta‟minlaydigan usullar va vositalar majmui; 
- bojxona hamrohligida kuzatib borish – avtotransport vositalarining bojxona 
organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi; 
- bojxona operatsiyasi – tovarlarning va transport vositalarining bojxona 
rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining 
mansabdor shaxsi va vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat; 
- bojxona rejimi – bojxona chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va 
transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar 
majmui; 
- bojxona tartib-taomili – bojxona maqsadlari uchun amalga oshiriladigan 
bojxona operatsiyalarining majmui; 
- deklarant – tovarlarni va transport vositalarini o„z nomidan deklaratsiyalovchi 
shaxs yohud uning nomidan tovarlar va transport vositalari deklaratsiyalanayotgan 
shaxs; 
- deklaratsiyalash – bojxona chegarasi orqali olib o„tilayotgan va bojxona 
nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalari to„g„risidagi zarur 
ma‟lumotlarni bojxona organlariga ma‟lum qilish; 
- iqtisodiy siyosat choralari – tovarlarni va transport vositalarini 
bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar 
bo„lib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotining 
jahon xo„jaligi bilan o„zaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini 
o„z ichiga oladi; 


175 
- tashuvchi – bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga 
oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun mas‟ul shaxs; 
- tovar turkumi – bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati bo„yicha 
kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan jo„natilayotgan yohud bojxona chegarasi 
orqali o„tayotgan bitta jismoniy shaxsning qo„l yukida va bagajida olib o„tilayotgan 
tovar yoki uning bir qismi; 
- tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o„tish –
tovarlarni va transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yohud 
ushbu hududdan olib chiqish; 
- tovarlarning erkin muomalasi – bojxona hududida tovarlarning belgilangan 
taqiqlar va cheklovlarsiz aylanishi; 
- tovarni chiqarib yuborish – bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini 
yakunlovchi va ma‟lum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqanholda 
tovarlardan foydalanishga va ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini 
ifodalovchi harakati; 
- yuk operatsiyalari – bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport 
vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan o„rovlarini 
to„g„rilash, ularni o„rash, qayta o„rash va tashish uchun qabul qilish; 

O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining yagona 
avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) – bojxona 
chegarasi orqali olib o„tiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona 
nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma‟lumotlarning 
kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi 
O„zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo„mitasining avtomatlashtirilgan tizimi. 

Download 4,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish