6
bog„liq huquqiy, tashkiliy, moliyaviy-iqtisodiy munosabatlar yig„indisi tashkil qiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanining obyekti milliy va jahon iqtisodiyotida tashkil
etilgan va faoliyat ko„rsatayotgan EIHlar hisoblanadi.
Fanni o„rganish uning obyekti va predmeti asosida o„rganiladi. Shunga ko„ra,
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani bo„yicha yaxshi bilimga ega bo„lish uchun uning
obyekti va predmetini chuqur o„rganish maqsadga muvofiqdir.
Erkin iqtisodiy hududlar” fani o„qitishdan
maqsad
EIHlarni tashkil etish va ular
faoliyatini
samarali
yo„lga
qo„yishning
milliy
va
jahon
iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi hamda milliy iqtisodiyotning xalqaro iqtisodiy integratsiyalashuvini
faollashtirishdagi ahamiyatini oshirishdan iborat.
Kengroq ma‟noda esa, “Erkin iqtisodiy hududlar” fanining maqsadi talabalarda
EIHlarning mazmuni, maqsadi, ahamiyati, rivojlanish tarixi, bugungi holati va
kelgusidagi rivojlanish istiqbollari to„g„risidagi
bilimlarni shakllantirish, EIHlarning
jahon xo„jaligi aloqalaridagi o„rnini baholashda tahliliy yondashuv ko„nikmalarini
rivojlantirish, shuningdek, EIHlarni tashkil etish orqali O„zbekistonning xorijiy
mamlakatlar bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishni baholash
bilimlarini rivojlantirishdan iborat bo„ladi.
Fanning maqsadiga erishishni ta‟minlash uchun quyidagi vazifalar bajariladi:
-
fanning mohiyati, mazmuni va ahamiyatini o„rganish;
-
EIHlarning iqtisodiyotni rivojlanitirishdagi o„rni ahamiyatini o„rganish;
-
EIHlarning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab tasniflash va turlarini
o„rganish;
-
EIHlarning rivojlanish tarixini o„rganish;
-
EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishdagi sabab,
omil va muammolarni
o„rganish;
-
jahon iqtisodiyotining rivojlanishiga EIHlar ta‟sirini o„rganish;
-
EIHlarning tashkil etilishi va rivojlanishining jahon tajribalarini o„rganish,
ularni qiyosiy tahlil qilish asosida milliy iqtisodiyotda qo„llash mumkin bo„lgan
tajriba va yutuqlarini aniqlashni o„rganish;
-
O„zbekistonda EIHlar tashkil etilishi va rivojlanishi amaliyotini tahlil qilish,
mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo„yicha tavsiyalar bildirishni
o„rganish;
-
fanda o„rganiladigan muammolar yuzasidan bahs-munozaralarni olib borish,
shuningdek, ziddiyatli vaziyatlardan chiqish yechimini topish malakalarini
shakllantirish va rivojlantirish;
-
talabalar o„z fikrlarini yozma shaklda aniq va mazmunli bayon qilishga
o„rganishlari uchun ularda esse yozish malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
-
iqtisodiy samaradorlikni hisoblash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
-
jamoaviy ishlash malakalarini shakllantirish va rivojlantirish;
-
malakaviy amaliyotlarga chiqish orqali EIHlar faoliyati bilan bog„liq masalalar
yechimi, EIHlarni rivojlantirish va ularga investitsiyalarni jalb etishni yanada
faollashtirish bilan bog„liq amaliy ko„nikma va tajribalarni shakllantirish.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani 5231100 – “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro
iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari bo„yicha) bakalavriat ta‟lim
7
yo„nalishi talabalariga ikkinchi kursda o„qitiladi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o„rganishda uning boshqa fanlarga bog„liqlik
jihatlariga ham e‟tiborni qaratish zarur. Zero, har bir fan
boshqa fanlar bilan uzviy
bog„liqlikda shakllanadi va rivojlanadi. Shu sababdan mazkur fanni o„rganishda
boshqa fanlarni ham yaxshi o„zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ta‟lim
yo„nalishining o„quv rejasiga ko„ra, “Erkin iqtisodiy hududlar” fani quyidagi
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog„liqlikda o„qitiladi: “Xorijiy mamlakatlar
iqtisodiyoti”, “Xorijiy investitsiyalar”, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va
tizimlari”, “Iqisodchilar uchun matematika”, “Iqtisodiy nazariya”, “Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik” va boshqalar. Talabalar “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini
o„zlashtirish barobarida ushbu fanlarni ham puxta o„zlashtirishlari kerak bo„ladi.
Chunki, ular ushbu “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini muvaffaqiyatli o„zlashtirish
uchun ko„maklashadigan bilimlarni shakllantirish imkonini beradi.
“Erkin iqtisodiy hududlar” fani juda qiziqarli fan bo„lib, bugungi kunda
ko„pchilikni qiziqtirayotgan EIHlar bilan bog„liq bo„lgan ko„plab savollarga yechim
topishga imkon beradi. Talaba ushbu fanni puxta o„zlashtirishi uchun o„z
ustida
ko„proq ishlashi kerak bo„lib, u, nafaqat, o„zbek tili, balki, rus tili va chet tillari,
ayniqsa, ingliz tilidagi manbalardan ham keng miqyosda foydalana bilishi lozim.
Shuni alohida ta‟kidlash joizki, ushbu fanni puxta o„zlashtirish talabalarga 5231100 –
“Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” (mintaqalar va faoloyat turlari
bo„yicha) bakalavriat ta‟lim yo„nalishi bo„yicha juda zarur bilimlarga ega bo„lish va
kelajakda o„z kasbining yetuk va malakali mutaxassisi bo„lib etishish, shuningdek,
egallagan bilimi, ko„nima, malaka va tajribalari bilan O„zbekiston iqtisodiyotining
rivojlanishi va xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokini oshirish va xalqaro
hamjamiyatdagi nufuzini mustahkamlashga o„zining munosib hissasini qo„shish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: