Эркин иқтисодий ҳудудлар


 Rivojlanayotgan mamlakatlarda (Janubiy Koreya, Tunis, Panama, Malta



Download 5,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/281
Sana09.06.2022
Hajmi5,21 Mb.
#647606
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   281
Bog'liq
ERKIN-IQTISODIY-HUDUDLAR

7.5. Rivojlanayotgan mamlakatlarda (Janubiy Koreya, Tunis, Panama, Malta 
kabi) erkin iqtisodiy hududlarning rivojlanish xususiyatlari 
Jahon xo„jaligida yangi industrial davlatlardan biri Janubiy Koreyaning EIHlarni 
tashkil etish tajribasi muhim ahamiyat kasb etadi. Janubiy Koreya qonunchiligida 
ushbu mamlakatda ta‟sis etiladigan korxonalarda xorijiy mamlakatlarning ishtirok 
etishi cheklangan. Bank sektori, radiio va televideniya, telekommunikatsiya 
sohalarda, aviatashuvlar, elektr energiyasini ishlab chiqarish va uzatish, yadro 
yoqilg„isini ishlab chiqarish, gazeta va jurnallarni nashr qilish, baliq ovlash, ulgurji 
go„sht savdosi, chorvachilik, ayrim donli ekinlarini etishtirish xorijiy investorlar 
uchun taqiqlangan. Janubiy Koreya kompaniyasining aksiyadori bo„lish istagini 
bildirgan barcha xorijlik investorlar Markaziy Bank yoki vakolatli tijorat banklarining 
ruxsatnomasini olishi zarur. 
Koreya Respublikasida EIHlarning paydo bo„lishi XX asr 70 yillarining 
boshlariga to„g„ri kelib, ular yangi industrial mamlakatni barpo etishda ijobiy rol 
o„ynagan edi. Koreys eksport bazasini rivojlantirish katta xorijiy kapital qo„yilmalar 
yordamida amalga oshirilgan bo„lib, EIHlar esa shunday kapitallarni jalb qilishda 
muhim rol o„ynadi. Ushbu hududlar, shuningdek, sanoatning ichki raqobatbardosh 
tarmoqlarini jalb qilish uchun katalizatorlik vazifasini ham bajardi. Xorijiy 


225 
investitsiyalar, nafaqat, to„g„ridan-to„g„ri yo„naltirish shaklida, balki, tashqi qarzlar, 
texnologiyalarni o„tkazish shaklida ham kirib kelgan bo„lib, Janubiy Koreyaning 
ichki bozorlarini iqtisodiy jihatdan o„sishiga olib kelagan edi. Hozirgi kunda quyidagi 
bir qator EIHlar faoliyat ko„rsatib kelmoqda: 
- Foreign Investment Zone (FIZ) – xorijiy investitsiyalar hududi; 
- Free Trade Zones (FTZs) – erkin savdo hududi; 
- Free Economic Zones (FEZs) – erkin iqtisodiy hududlar; 
- Jeju Investment Promotion Zone (IPZ) – erkin investitsiyalar hududi. 
Shuni ta‟kidlab o„tish kerakki, XX asr 50 yillarida Janubiy Koreyaning sanoati 
yetarli darajada rivojlanmagan, taraqqiyot uchun o„z kapitaliga ega bo„lmagan agrar 
xo„jalikka asoslangan mamlakat bo„lgan edi. Janubiy Koreya uzoq vaqt mobaynida 
o„z mamlakatiga xorijiy investitsiyalarni deyarli jalb qilmasdan kelgan. Mamlakat 
hududida xorijiy qo„shma korxonalar bo„lmagan.
Shuning uchun mamlakatga xorijiy kapitalni jalb qilish siyosati amalga oshirib, 
chet el kapitalini jalb qilishni rag„batlantirish tizimi ishlab chiqildi. Faqat 1960-yil 
“Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to„g„risida”gi Qonun qabul qilingach sharoit 
o„zgardi. Bu investorlarga qator imtiyozlar bergandi. Ammo, bu qonun o„z 
imtiyozlarini 10 yildan keyin bera boshladi. 1970-yilda Janubiy Koreyada birinchi 
erkin iqtisodiy zona tashkil etildi, bu xorijiy kapital oqimini jadallashtirib yubordi. 
Asosiy maqsad, mamlakat iqtisodiyotida faqat eksport uchun ishlaydigan korxonalar 
sonini ko„paytirish, mamlakatning agrar rivojlanishda, mehnat ko„p talab qiladigal 
sanoat tarmoqlarini rivojlantirishga erishish edi. Koreyadan o„rganadigan muhim 
jihatlardan biri, EIHlardagi korxonalar eksport-import faoliyat uchun litsenziya talab 
etilmasligidir. 
Xorijiy investitsiyalar o„zi bilan birga zamonaviy menejment va biznes ahloqini 
olib kirishdi desak, hech ham mubolag„a bo„lmaydi. Janubiy Koreyadagi xorijiy 
kapital jalb qilishni rag„batlantirish jarayoni 2 bosqichni bosib o„tdi. 
Birinchi bosqich 1962-1984 yillarni o„z ichiga olib, bu davrda barcha xorijiy 
sarmoyadorlar quyidagi imtiyozlardan keng foydalanishgan. Jumladan, soliq 
imtiyozlaridan (bunda daromad solig„i, korporativ va mulk solig„i 50 % 
kamaytirilgan), bojxona to„lovlaridan, import qilingan uskunalarga qo„shimcha 
qiymat soliqlaridan ozod qilingan edi. 
Ikkincha bosqich 1984-yildan to hozirgi kunga qadar davrlarni o„z ichiga olib, 
bu davrda yuqori texnologiyali tarmoqlarning rivojlanishini rag„batlantiruvchi soliqqa 
tortish tartibi joriy etildi. Bundan tashqari, soliq imtiyozlari qatoriga quyidagi 
tartiblar ham kiritildi: 
1. Daromad solig„i. Ushbu soliq mamlakatda bir yildan ortiq yashagan barcha 
aholining umumiy daromadlarini miqdoridan hisoblab chiqiladi. Bunga ko„ra, 
qo„shma korxonalarda yoki 100 % xorij kapital asosida qurilgan ishlab chiqarish 
korxonalarda mehnat qilayotgan chet ellik fuqarolar daromad solig„idan ozod 
qilinadi. 
2. Korporativ soliq. Soliqning bu turida 100 % xorij kapitali asosida tashkil 
etilgan korxonalar mulk solig„i va korporativ soliq to„lovlarini to„lashdan ozod 
qilinadi. 5 yillik muddat davomida qo„shma korxonalarni ushbu soliqlardan ozod 


226 
qilish xorijiy aksiyadorlar soniga (miqdoriga) qarab amalga oshiriladi. Keyingi 3 
yilda soliq 50 % miqdorida soliq to„lanadi. 
3. Dividendlar. Dastlabki 5 yil muddat davomida soliqlardan ozod qilinib, 
keyingi 3 yil mobaynida 50 % miqdorida soliq to„lanadi. 
Shuningdek, mamlakatda xorijiy investorlar to„liq huquqiy himoyalanib, 
dividendlarni xorijga to„siqlarsiz o„tkazishi kafolatlangan edi. Janubiy Koreya AQSh 
bilan imzolagan kafolatlar to„g„risidagi kelishuvga binoan, amerikalik investorlar 
korporatsiyalarga kiritgan o„z sarmoyalarini, agar bu sarmoyalar Janubiy Koreya 
hukumati tomonidan ma‟qullangan bo„lsa, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish 
bo„yicha sug„urtalash imkoniyatiga ega bo„ladi. 
Ta‟kidlash zarurki, XX asr 70 yillariga qadar Janubiy Koreyada 
infratuzilmaning rivojlanmaganligi, TMKlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini olib 
borish tajribasining yo„qligi, siyosiy va ijmtimoiy beqarorlik tufayli mamlakatga yirik 
ko„lamli xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati bo„lmagan. Shuning uchun, 
hukumat o„zining tegishli qonunchilik bazasini EIHlar mexanizmiga moslashtirishi 
kerak edi. 
Hukumatning eksportga yo„naltirilgan tarmoqlariga xorijiy kapitalni jalb qilish 
orqali mamlakatning iqtisodiy rivojlantirish bo„yicha strategiyasi bir qator 
o„zgartirishlar kiritdi. Shu sababli Janubiy Koreyadagi EIHlar bo„lib, 1970-yil 1-
yanvardagi EIHlarni tashkil etish bo„yicha hujjat asosida tashkil etilgan va faoliyat 
yuritayotgan hududlar imtiyozli boj to„lovlari joriy etilgan EIHlar hisoblanadi. Ushbu 
hududalarni yaratish mamlakatning agrar mintaqalarida mehnattalab tarmoqlarni va 
milliy eksportni rivojlantirishga yo„naltirilgan edi. 
BMTning TMKlar bo„yicha materiallariga muvofiq, EIHdagi korxona ijaraga 
olingan erda (erni sotishga ruxsat berilgan bo„lsa-da) o„z fabrikasiga ega bo„lishi yoki 
namunaviy (standart) ishlab chiqarish birligini ijaraga olishi mumkin. Bunda ikkala 
holatda ham investor ko„rsatilgan mezonlarga to„g„ri keluvchi to„liq hujjatlar 
to„plamini taqdim etishi shart. Ba‟zi hollarda ayrim chetlanishlarga yo„l qo„yilishi 
ham mumkin (7.1-jadval).

Download 5,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   281




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish