335
12-bob.
O„ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHKIL ETILGAN
ERKIN IQTISODIY HUDUDLAR VA ULARNING
RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI
12.1. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etishning zarurligi va
o„ziga xos xususiyatlari
O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish g„oyasi o„tgan asr 80 yillari oxirida ko„rib
chiqilgandi. O„sha paytda ko„pgina mutaxassislar bu hududlarni respublika
iqtisodiyotini qayta isloh qilishning yangi mexanizmi va istiqboli deb hisoblashgandi.
Haqiqatdan ham, EIHlarni tashkil etish bo„yicha xorij tajribasi shuni ko„rsatdiki, bu
kabi hududlarni tashkil etish orqali milliy va chet el investitsiyalarini keng ko„lamda
iqtisodiyotga jalb etish, ilmiy-texnik taraqqiyotga erishish,
eksport salohiyati va
iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish va yangi ish o„rinlarini barpo etish kabi
masalalarni hal etishga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Hozirgi kunga kelib respublikamiz hududdida EIHlarni tashkil etish O„zbekiston
Respublikasining
1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi 220-I
bilan bilan tasdiqlangan Qonuniga asoslanib amalga oshiriladi. Qonun uch qismdan
iborat bo„lib, birinchi qismda umumiy qoidalar, ikkinchi qismda EIHning huquqiy
tartiboti, uchinchi qismda esa EIHni boshqarish yoritib o„tilgan.
Tashkil etilgan EIHlar mazkur qonun va boshqa tegishli me‟yoriy hujjatlarga
muvofiq faoliyat ko„rsatadilar.
O„zbekiston Respublikasining
1996-yil 25-aprelda “Erkin iqtisodiy zonalar
to„g„risida”gi Qonuniga binoan Respublika hududida bunday zonalarning uch modeli,
yani 1) erkin savdo zonalari; 2) sanoat zonalari; 3) texnologik zonalarni rivojlantirish
ko„zda tutilgan.
Shunigdek, bugungi kunda respublikamizda EIHlarning boshqa
turlari ham tashkil etilishiga erishildi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, O„zbekistondа EIHni tashkil etishda quyidagi
hujjatlar taqdim etiladi:
1. EIHni tashkil etish to„g„risida mahalliy hokimiyatning qarori.
2.EIHga beriladigan mavqei, boshqaruv tashkilotlari va rasmiy nomi
ko„rsatiluvchi Nizom loyihasi.
3. Mazkur hudud joylashgan hudud chegaralari aniq ko„rsatilgan xaritasi.
4. Tashkil etiluvchi hudud faoliyatining texnik-iqtisodiy asosnomasi.
5. EIHni tashkil etish to„g„risidagi qarorning loyihasi.
Mamlakatimizda bugungi kunga kelib erkin hamkorlikda iqtisodiy faoliyat olib
borish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Jumladan. xorijiy investorlar uchun
xalqaro amaliyotda qabul qilingan, inson huquq va erkinliklari ustuvorligidan kelib
chiqadigan huquqiy qoidalar va me‟yorlar yaratildi.
Tashkil etilgan EIHlarning dastlabkisi “Navoiy” EIH hisoblanadi. U 2008 yilda
tashkil etildi. “Navoiy” EIH Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi 500 gektarli er
uchastkasida joylashgan.
“Navoiy” EIZning aynan Navoiy viloyati hududida tashkil etishining bir
336
qancha sabablari bor.
Jumladan, O„zbekistonni o„zining salohiyatli hamkori, deb
tanlangan har bir xorijiy kompaniya, uning 5 ta yirik va nisbatan barqaror
rivojlanayotgan jahon bozorlariga yaqinligini hisobga oladi. Bular MDH davlatlari,
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo va Yaqin Sharq
mamlakatlaridir.
Qo„shimcha tarzda Navoiy viloyatida turli xildagi tabiiy boyliklarining
mavjudligi va xomashyolar manbalarining yaqinligi
transport xarajatlarini
kamaytiradi, u yerda ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxining pastroq
bo„lishiga imkon beradi.
Yevroosiyo transport tizimidagi muhim ahamiyatga ega transport yo„li aynan
O„zbekiston orqali o„tadi. “Navoiy” EIZ yaqinidan esa Yevropa va Xitoyni
bog„lovchi eng yaqin “E-40” avtomagistrali hamda Markaziy Osiyo, MDH Janubi-
Sharqiy Osiyo, Yevropa, Yaqin Sharq va Fors ko„rfaziga chiquvchi temir yo„l
o„tadi.
Navoiy hududi orqali temir yo„lning barcha asosiy trassalari o„tgan. U
Janubda Eron va Turkiya portlariga, G„arb va Shimolda Qora dengiz va Boltiq
dengizi portlariga chiqadi. Xitoy bilan Yevropani bog„lovchi eng qisqa temir yo„l
marshruti ham aynan Navoiy orqali o„tadi.
2008-yilning noyabr oyida “O„zbekiston Havo yo„llari”
Milliy aviakompaniyasi
Koreyaning “Korean Air” kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Unga ko„ra, Navoiy
xalqaro aeroporti bazasida “Navoiy” EIZ hududida “Korean Air” kompaniyasi bilan
hamkorlikda MDH mamlakatlarida yagona transcontinental intermodal logistika
markazi tashkil etildi. Bugungi kunda “Navoiy” aeroporti barcha zarur zamonaviy
jihozlar, asbob-uskunalar bilanta‟minlangan xalqaro aeroport maqomiga ega. U barcha
turdagi havo transportlarini, shu jumladan, dunyodagi eng yirik yuk tashuvchi
hisoblangan Boing-747 va AH-124 samolyotlarini ham qabul qila oladi
107
. “Navoiy”
EIZdan 2000 km radiusda 11 ta mamlakat, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Hindiston va
Xitoyning 40 dan ortiq
yirik shaharlari joylashgan
108
.Havo-transportidan foydalanib,
yuklarni tashishda O„zbekiston orqali o„tadigan havo yo„laklaridan foydalanish –
xarajatlarni va vaqtni sezilarni darajada tejash imkonini beradi. Janubiy – Sharqiy
Osiyodan Yevropaga Navoiy orqali uchilsa, Dubay orqali uchilganiga nisbatan masofa
1000 km.ga qisqaradi. Shunda parvoz 1,5 soatgina davom etib, har bir avialaynerdan
15 tonna yoqilg„i iqtisod qilinadi.
2010-yilning avgust oyidan boshlab o„z faoliyatini boshlagan “Navoiy”
xalqaro
aeroportida tashkil etilgan xalqaro yuk terminali “Navoiy” EIH loyihasining
muvaffaqiyatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
“Navoiy” EIHning “geografik jihatdan qulayligini Osiѐ va Yevropa qit‟alarini
bog„lab turuvchi havo, temir yo„l va avtomobil yo„llarining mavjudligi, xalqaro
transport koridorining mavjudligi va ushbu koridor orqali Markaziy Osiyo
mamlakatlarining Afg„oniston, Eron, Yaqin va O„rta Sharq, Osiyo Tinch okeani
mintaqasi, Rossiya va Boltiqbo„yi mamlakatlari portlariga chiqish imkoniyatiga
107
www.regnum.ru sayti ma‟lumotlari.
108
www.nfiez.com sayti ma‟lumotlari.
337
egaligi kabi omillar bilan izohlash mumkin”
109
.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 2012-yilda tashkil etilgan “Angren” MIZ va
2013-yilda tashkil etilgan “Jizzax” MIZ mamlakatimizda yangi ishlab chiqarish
infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Dastlabki yillarda ular kutilganidek rivojlanishga erishmagan bo„lsalar-da, biroq,
mazkur hududlarning tashkil etilishi bu sohadagi dadil qadam tashlashlarni
ta‟minlash imkonini yaratdi. buning natijasida, so„nggi 2,5 yil ichida mamlakatimizda
yana 18 ta EIHlar va 153 ta kichik sanoat zona (KSZ)larining
tashkil etilishiga
erishildi. Bularning barchasi iqtisodiyotni hududiy jihatdan sanoatlashtirishda
diversifikatsiyalashuv, mavjud barcha salohiyatlarni hisobga olib ixtisoslashtirilgan
holda samarali rivojlantirishda EIHlarning faol ishtirokini ta‟minlashda muhim
ahamiyat kast etadi.
Bunda mazkur EIHlarni rivojlantirishda barcha qulaylik va infratuzilmalarning
hisobga
olinganligi,
ularni
yanada
takomillashtirishga
jiddiy
e‟tibor
qaratilayotganligi, shuningdek, ko„plab imtiyozlarning taqdim etilishi ushbu
hududlarga xorijiy investitsiyalarning keng jalb etilishida ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Endilikda EIHlarni rivojlantirishda Ma‟muriy kengashlarning mustaqilligi va
mas‟uliyati yanada oshirilganligi hamda maqsadli dasturlari
asosida investitsiya
loyihalarining amalga oshirilishi bo„yicha monitoringning kuchaytirilganigi EIHlar
taraqqiyotini ta‟minlashdagi muhim chora-tadbirlar sifatida qaramoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: