297
xos tarix va maqsadlarga ega edi. Rossiya Federatsiyasida EIHlarni yaratish quyidagi
vazifalarni echishga yordam berishi lozim edi:
- Rossiya Federatsiyasi iqtisodiyotiga chet el kapitali, texnologiyalari, mehnatni
tashkil etishning shakl va uslublarini jalb etish;
- eksport bazasini rivojlantirish va valyuta tushumlarini oshirish;
- ilmiy-texnik taraqqietni iqtisodiyotga joriy etishni tezlashtirish;
- hududiy darajada xo„jalik yuritishning yangi shakllarining sinash;
- mahalliy mutaxassislarni xalqaro biznes usul va uslublariga amaliy o„qitish.
Rossiyada maxsus iqtisodiy zonalarning tizimli rivojlanishi 2005-yildan, 2005-
yil 22-iyulda “Maxsus iqtisodiy zonalar to„g„risida”gi Qonunning qabul qilinishi
bilan boshlandi.
Mazkur qonun (4-modda) asosida bugungi kunda Rossiya Federatsiyasida
quyidagi turlardagi EIHlar tashkil etilgan va faoliyat ko„rsatmoqda:
1. Sanoat-ishalb chiqarish maxsus iqtisodiy hududlari.
2. Texnik-tadbiq etish maxsus iqtisodiy hududlari.
3. Turistik-rekreaktsion maxsus iqtisodiy hududlari.
4. Port maxsus iqtisodiy hududlari.
EIHlarda qulay muhitni ta‟minlash uchun maxsus ekologik va yuridik imtiyozlar
o„rnatilgan. Ularga quyidagilar kiradi:
- chet el investitsiyalariga ega korxonalarni ro„yxatga olishning osonlashtirilgan
tartibi;
- imtiyozli soliq rejimi – chet el investorlari uchun Rossiya hududidagi soliq
stavkalarining 50% gacha bo„lgan imtiyozli stavkalar bo„yicha soliqqa tortish;
- yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish uchun to„lov stavkalarini
pasaytirish;
- 70 yilgacha bo„lgan uzoq muddatli ijara huquqini taqdim etish.
Shuningdek, tovarlarni kiritish va chiqarishga pasaytirilgan bojxona bojlarini
o„rnatish bilan maxsus bojxona rejimi o„rnatilgan, chet
el fuqarolaridan kirish va
chiqishida chegarani yo„ulga qo„yilgan. EIHlarda chet el kapitali 30% va undan ortiq
bo„ulgan korxonalar eksportidan tushgan valyuta tushumi to„uliq o„z ixtiyorida
qoladi.
Har bir yangi tashkil etilayotgan EIH rivojlantirishning majmuaviy dasturiga,
ya‟ni barcha xo„jalik obyektlarini rivojlanish rejasiga, ega bo„lishi lozim. Amaliyot
ko„rsatishiga har bir hudud faoliyati uchun quyidagilar mavjud bo„lishi lozim:
- dastur amalga oshishiga mas‟ul va boshqaruv organini (hudud kengashi)
shakllantiruvchi, yirik aksiyadorlik jamiyati (davlat ishtiroki bilan);
- hudud vazifalarini xal etish uchun investitsiya jalb qiluvchi,
investitsiyaviy
sug„urta jamg„armasi (sug„urta jamiyati);
- hudud budjetini shakllantiruvchi, budjet va kredit mablag„laridan foydalanishni
hamda respublika budjeti bilan o„zaro munosabatlarni nazorat qiluvchi, hudud
markaziy banki;
- soliqqa tortish, litseniyalash, bank faoliyati, mehnat
va ijtimoiy masalalarni
tartibga soluvchi, hudud qonunchiligi.
1991-yilda Erkin iqtisodiy hududlar rivojlanishining xalqaro Assotsiatsiyasini
298
(EIHRXA) ta‟sis etilishi katta ahamiyai kasb etdi. Uning asosiy maqsadi hududlarni
boshqarish uslublarini sinash, me‟yoriy-huquqiy baza va moliyaviy-xo„jalik
infratuzilmasini yaratish, loyihalarni amalga oshirish tashabbuslarini qo„llab-
quvvatlashdan iborat. U 100 tadan ortiq ta‟sischilarga ega (respublikalar, banklar,
shaharlar, institutlar).
Hozirgi kunda Naxodka, Kaliningrad oblasti va Sankt-Peterburgdagi EIHlar
nisbatan faol rivojlanmoqda. Qolgan hududlar shakllanish bosqichida turibdi.
Uzoq Sharq iqtisodiy tumani Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi
davlatlar bilan
tadbirkorlik aloqalarini faollashtirish uchun katta istiqbollarga ega. U o„z hududida
turli xil qushma korxonalarni va EIHlarni shakllantirishi uchun qulay sharoitlarga
ega. Ulardan eng yiriklari – “Naxodka” va “Saxalin” EIHlari. “Naxodka” EIH
Rossiyada birinchi bo„lib, 1990-yil oktabrda tashkil topgan. Ushbu hududning asosiy
xususiyatlari quyidagilar:
- qulay geogrofik joylashuv va rivojlangan transport tarmog„i (Transsibir
magistralining oxirigi punkti, to„rtta yirik faoliyat yurituvchi port);
- Osiyo-Tinch Okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi savdo faoliyatini
amalga oshirish borasida, Rossiya Uzoq Sharqida real raqobatdoshlar yo„qligi;
- muayyan tashqi iqtisodiy faoliyat tajribasi mavjudligi: yaqin vaqtgacha
Naxodka Uzoq Sharqdagi yagona port edi, Rossiya yillik eksportining ¼ qismgacha
“Naxodka” portidan o„tgan;
- cheklangan hudud (ayrim “gigant” EIHlarga nisbatan) (5 ming km
2
dan kam).
“Naxodka” EIH salohiyatini quyidagi ma‟lumotlar tavsiflaydi. Har yili
muzlamaydilgan portlarga –
neft quyish, baliq, savdo maqsadlarida 2000 tagacha
kemalar keladi, umumiy yuk aylanmasi 50 mln. tonnani tashkil etadi. Sharqiy porti
Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Gonkongdan keyin ikkinchi o„rinda turadi. Bu erda
8 mln. tonalik ko„mir prichallari va 2 mln. tonalik konteyner majmuasi faoliyat
yuritmoqda. Yiliga 400-600 ming ta konteyner qayta ishlanadi. Qayta qurish
ishlaridan so„ng portda 60 tagacha prichal bo„lib, ular yiliga 40 mln. tonna import
donini qayta ishlash bo„yicha majmuani barto etish rejalashtirilgan.
3 mln. tonna o„g„itni eksport qilish terminalini barpo etish uchun “Doyche
Bank”dan 100 mln. dollar miqdorida kredit olingan.
Mutaxassislar fikricha, port orqali yuklarning o„tish keyinchi 5 yil ichida 8 mln.
tonnaga oshishi, yillik daromad esa chet el nvestitsiyalariga
ega bir necha yuz
korxonalar ro„yxatga olingan – Uzoq Sharqda tashkil etilgan bunday korxonalarning
yarmidan ko„pini tashkil etadi.
“Saxalin” EIHga Saxalin oblastining ma‟muriy chegaralari va kontinental shelf
tumanlari kiradi. EIH doirasida “Kuril” Janubiy Kuril va Kuril tumanlarining
ma‟umriy chegaralarini o„z ichiga oladi.
Hozirgi kunda “Saxalin” EIH doirasida 23 ta qo„shma korxona yaratilgan.
Hudud chegarasida imtiyozli soliq va bojxona rejimi, eksport-import operatsiyalarini
amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi, maxsus davlat boshqaruv organi –
“Saxalin” EIH ma‟muriyati faoliyat ko„rsatmoqda. Tabiiy resurslardan ratsional
foydalanish maqsadiga EIHda tabiiy resurslarni o„zlashtirish bo„yicha davlat
investitsion korporatsiyasi faoliyat yuritmoqda. Erkin tadbirkorlik,
kichik biznes
299
hamda fermer xo„jaliklariga bank xizmat ko„rsatishi va moliyaviy qo„llab-
quvvatlanshni yaxshilash uchun chet ellik investorlarni jalb qilgan holda EIHda
mintaqaviy rivojlanish banki (Saxalin rivolanish banki) tashkil etildi. Hududda neft
va gaz, qimmatli metalla rva boshqa tabiiy resurslarni qidirish va ishlab chiqish EIH
“Saxalin” ma‟muriyati tomonidn tartibga slinadi. Bank va sug„urta sohalarida, chet el
investitsiyalarini jalb qilgan holda qushma korxona tuzishga ruxsat berilgan.
Yoqilg„i-energetika va mineral xomashyo resurslar konlaridan foydalanish bilan
bog„lik xo„jalik faoliyati litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
“Saxalin” EIH baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini qayta ishlash, gaz va
kimyo, mahalliy va chet el turizmi, mexmonxona xo„jaligiga ixtisoslashuvi lozim.
Saxalin viloyatining “Kuril” subhududida korxona va tashqilotlarga o„zi ishlab
chiqargan mahsulotdan hamda Kuril baliq ovlash tumanida baliq va dengiz
mahsulotlarini ovlash limitlaridan mustaqil foydalanish huquqiga ega. Shuningdek,
ular o„z valyuta tushumini ichki bozorda majburiy sotishdan ham ozod etilgan.
“Kuril” subhududining ixtisoslashuvi: baliq ovlash, baliq va dengiz mahsulotlarini
qayta ishlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: