NAVOIY EIZDA TASHKIL ETILAYOTGAN KORXONALARNING SOHALAR BOʼYICHA ULUSHI
JIZZAX ERKIN IQTISODIY ZONASI
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimovning 2013 yil 18 martdagi “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoniga asosan tashkil qilindi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Erkin iqtisodiy zonaning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 loyihani amalga oshirishgan va korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.
ANGREN ERKIN IQTISODIY ZONASI
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2013 yil 13 apreldagi PF-4436- sonli “Angren” maxsus industrial zonasini barpo etish to‘g‘risidagi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2016 yil 26 oktyabrdagi farmoniga muvofiq ushbu hudud “Angren” erkin iqtisodiy zonasi deb ataldi hamda imkoniyatlari va imtiyozlari kengaytirildi. “Angren” erkin iqtisodiy zonasida bugungi kunda quyidagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda. “Poli teknoloji”korxonasida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi texnikasi va avtomobil shinalari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan.
G‘IJDUVON ERKIN IQTISODIY ZONASI
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi N PF-4931- sonli “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoniga asosan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. EIZ hududida 3 farmsanoat, 3 qurilish, 3 yengil sanoat va poyabzal, 1 kimyosanoat, 2 elektrotexnika mahsulotlari, 3 meva-sabzavotlarni qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaradigan korxonalar qurilishi rejalashtirilgan.
URGUT ERKIN IQTISODIY ZONASI
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 12 yanvardagi N PF-4931- sonli “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmoniga asosan “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tashkil etildi. Urgut tumanida “Urgut-1”, Nurobod tumanida “Urgut-2” va Pastdarg‘om tumanida “Urgut-3” hududlarida tashkil etilgan. Ushbu hududlar uchun jami 816 gektar yer ajratilgan.. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 2017-2018- yillarga mo‘ljallangan 83 loyiha tayyorlangan bo‘lib, ularning 20 tasi joriy yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan va oziq-ovqat va yengil sanoat, charm-poyabzal, farmatsevtika, mebel va qog‘ozni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, neft-kimyo va boshqa sohalarda ko‘zda tutilayotgan loyihalar asosida zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari qurilishi rejalashtirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |