Eritmalar va ulardagi erigan moddalar konsentratsiyasini ifodalash usullari



Download 429 Kb.
bet2/4
Sana26.01.2022
Hajmi429 Kb.
#411868
1   2   3   4
Bog'liq
Eritmalar

2. mH2O =  meritma – mmodda

Eritma konsentratsiyasini mol – foizlarda ham ifodalash mumkin, uning uchun 100 mol eritmada eruvchi moddaning mol sonlari hisoblanadi:

bu yerda, %Cm – eritma mol-foizi, n1 – erigan va n2 – erituvchi modda mol sonlari:



bu yerda, m1erigan modda massasi, M1 – erigan modda molekulyar massasi.

Mol-foizlar bilan bir qatorda mol qismlar (ulushlar) ham ishlatiladi:

erigan modda mol qismi (ulushi) erituvchi mol qismi (ulushi).

Eritma komponentlari mol qismlari (ulushlari) yig’indisi doimo 1 ga teng: N1+N2 = 1.

1 – masala. 30 g modda 150 vg erituvchida eritilgan. Eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblab toping.

Yechish. Umumiy eritmaning massasini hisoblymiz: M = 30 g + 150 g = 180 g.

Masalaning bundan keyingi yechimi turli usullar bilan olib borilishi mumkin.

I usul. Foiz konsentratsiyani yuqorida keltirilgan formulalar bo’yicha topamiz:



II usul. Arifmetik usul. Avval 30 ning 180 ga nisbatini topamiz: . Keyin bu nisbatni foizga aylantiramiz:

III usul. Proporsiya yoki uchlik qoida metodi. Bunda sxematik proporsiya tuzuiladi.

180 g ––––– 100 %

30 g ––––– x

Dioganal chiziq ustida turgan ikki qiymatni bir-biriga ko’paytirib, uchinchi qiymatga bolish natijasida x topiladi:

2 – masala. 800 g 5 % li eritma tayyorlash uchun eruvchi moddadan necha gram olish kerak?

Yechish. I usul:

II usul. 5% = 0,05. Demak erigan modda massasi eritma massasining 0,05 qismini (ulushini) tashkil qiladi. Butun bo’yicha qismini topish usuliga ko’ra:

M = 800 g · 0,05 = 40 g.

3 – masala. 15 % li eritmaning qancha miqdorida 50 kg erigan modda bo’ladi?

Yechish. I usul.

II usul. 15 % = 0,15. Binobarin, erigan modda massasi eritma massasining 0,15 qismini tashkil qiladi. Qism bo’yicha butunni topish usulini qo’llasak:

M = 50 kg : 0,15 = 333 kg

4 – masala. Ixtiyorimizda 250 kg erituvchi bor. Unga qancha eruvchi modda qo’shilganda 20 % li eritma hosil bo’ladi?

Yechish. 250 kg eritma massasining 80 % ini = 0,8 qismini tashkil qiladi. Shu-ning uchun:

meritma = 250 kg / 0,8 = 312,5 kg

merituvchi modda = 312,5 - 250 kg = 62,5 kg

5–masala. Tarkibida 45 % boshqa moddalar bo’lgan mineraldan kaliy xloridning 100 kg 30 % li eritmasini tayyorlash uchun qancha mineral kerak?

Yechish. Qancha toza kaliy xlorid kerakligini hisoblaymiz:

mKCl = 100 kg · 0,3 = 30 kg

Mineralning miqdorini hisoblaymiz. Mineral tarkibida 45% boshqa moddalar va 55% = 0,55 qism kaliy xlorid bor. Qism bo’yicha butunni topish usulidan foydalanamiz: mmineral = 30 kg : 0,55 = 54,5 kg.

6 – masala. Temir (II) sulfatning 12 % li eritmasidan 100 ml berilgan. Agar eritma zichligi 1,12 g/ml bo’lsa, eritmada necha gramm temir (II) sulfat borligini hisoblang.

Yechish. Hisoblash bosqichlar bo’yicha yoki bir yo’la bajarilishi mumkin.

I usul.


meritma = 1,12 g/ml · 100 ml = 112 g

m(FeSO4) = 112g · 0,12 = 13,44g

II usul.

m(FeSO4) = 1,12 g/ml · 100 ml · 0,12 = 13,44g

7 – masala. Zichligi 1,5 g/ml bo’lgan eritmaning 400 millilitrida 360 g erigan modda bor. Eritmaning foiz konsentratsiyasini hisoblab toping.

Yechish. Eritma massasini topamiz:

m = 1,5 g/ml · 400 ml = 600 g

360 g massa 600 g ning necha foizini tashkil etishini aniqlaymiz.



8 – masala. 72,8 ml suvda 11,2 l (n:sh da) vodorod xlorid eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning zichligi 1,1 g/ml ga teng. Hosil qilingan xlorid kislotaning konsentratsiyasi va eritma hajmini hisoblang.

Yechish. Vodorod xlorid massasini topamiz. Buning uchun eritma tayyorlashga ketgan gazning hajmini molyar hajmga bo’lgan nisbatini vodorod xloridning mol qiymati 36,5 g/mol ga ko’paytiramiz:

Hosil bo’lgan eritma massasini topamiz: m = 18,25 g + 72,8o g = 91,05 g

U holda eritmaning foiz konsentratsiyasi: ga teng bo’ladi.

Eritma hajmini topamiz:

9 – masala. Glyukozaning suvdagi 36 % li eritmasida C6H12O6 va suvning molyar ulushlarini hisoblab toping.

Yechish.100g eritmada glyukoza (C6H12O6) 36 % ni ya’ni 36 g massani tashkil etsa, unda 64 g suv bor. Ularning mol miqdorlarini hisoblab topamiz:



Eritma kompnentlari miqdorlari yig’indisini topamiz: N = 0,2 + 3,56 = 3,76 mol.

Eritmadagi glyukoza va suv molyar ulushlari:

10 – masala. Ma’lum haroratda 100 hajm suvda 2 hajm dietilefir eriydi. Suvdagi efirning (ρefir=0,71g/ml) mol ulushini hisoblang.

Yechish. Agar 100 hajm suvni 100 l deb olsak unda uning massasini 100 kg deb olish mumkin. Efirning massasini topamiz: mefir = Vefir· ρefir = 2 l · 0,71 = 1,44 kg.

Eritma komponentlari (M((C2H5)2O)=74g/mol, M(H2O)=18g/mol) miqdorlarini hisoblaymiz:

Eritmadagi efirning molyar ulushini aniqlaymiz:

yoki 3,4·10-3

Demak eritmada efirning hajmiy ulushi 0,0034 yoki 0,34 % ga teng bo’ladi.

Javob: 3,4·10-3 yoki 0,34%.


15.2.Molyar va normal (ekvivalent molyar) konsentratsiya

Erigan modda miqdorining eritma hajmiga nisbatiga teng kattalik molyar konsentratsiya deyiladi:



Molyar konsentratsiya - bir litr eritmada erigan moddaning molar sonini ko’rsatadi:



Bundan


m1 = Cm·M·V(l) yoki

Bu yerda, Cm – erigan modda molyarligi (eritma molyar konsentratsiyasi) (mol/l);

n – erigan modda modda mollar soni (mol); m1 – erigan modda massasi, g;

M – erigan modda nisbiy molekulyar massasi (yoki molyar massasi), g/mol

Eritmadagi ekvivalent modda miqdorining shu eritma hajmiga nisbatiga teng kattalik ekvivalent molyar konsentratsiya deyiladi.

Bunday eritmalar normal konsentratsiyali eritmalar deb ataladi.

Normal konsentratsiyani hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi.

Bundan m1 = Cn·Ekv·V(l) yoki m1 = Cn·Ekv·V(ml)/1000

Bu yerda, Cn–erigan modda normalligi (ekvivelnt molyar konsentratsiyasi) (g-ekv/l);

V – eritma hajmi (ml yoki l); m1 – erigan modda massasi, g;

Ekv – erigan modda gram-ekvivalenti (yoki ekvivalent massasi), g-ekv.

1


Berilgan

V(eritma)=250ml



C(ZnCl2) =0,1 mol/l

m(ZnCl2) – ?


– masala. Molyar konsentratsiyasi 0,1 mol/l bo’lgan rux xloridning 250 ml eritmasini tayyorlang. Buning uchun qancha massadagi rux xlorid olish zarur.

Yechish: I usul.

250 ml 1 l dan 4 marta kam (M(ZnCl2)=136 g/mol) demak,

ν(ZnCl2)=0,1 mol : 4 = 0,025 mol.



Miqdordan massaga o’tish uchun quyidagi formuladan foyda-

laniladi: m= n·M. Bundan m(ZnCl2) = 136 · 0,025 = 3,4g.

II usul. Molyar konsentratsiya ta’rifiga binioan: C=n/V, bundan n=m/M, C=m/(M·V), m(ZnCl2) = 0,1 mol/l·136g/mol·0,025 l = 3,4 g

Javob: 3,4 g ZnCl2 o’lchab olish kerak.

2 – masala. Agar 0,3 l eritmada 32,44 g FeCl3 mavjud bo’lsa temir (III) xloridning ekvivalent molyar konsentratsiyasini aniqlang.

Yechish. Ekvivalent molyar konsentratsiya yoki normallikni topish formuladan foydalanib amalga oshiriladi.

Buning uchun dastlab FeCl3 ekvivalent molyar massasi topiladi:

M(1/3 FeCl3) = M(FeCl3)/3 = 162,206/3 = 54,07 g/mol

Temir (III) xloridning ekvivalent molyar konsentratsiyasi:

3 – masala. 100 ml 4 n. HCl eritmasi ta’sirlashganda parchalay oladigan Na2CO3 massasini aniqlang.

Yechish.

I usul. Bosqichama – bosqich to’liq yechish.

1. 100 ml 4n. eritmadagi HCl massasini hisoblaymiz:

1000 ml 4n. eritma tarkibida ––– 36,46·4 g HCl saqlaydi

100 ml 4 n. eritma tarkibida ––– x g HCl saqlaydi x = 36,46·4·100/1000 = 14,58 g

2. Parchalangan soda massasini aniqlaymiz.

Reaksiya tenglamasi: Na2CO3 + 2HCl = 2NaCl + H2O + CO2

36,46·2 g HCl –––– 106 g Na2CO3 parchalay oladi

14,58 g HCl –––– y g Na2CO3 parchalay oladi y=14,58·106/36,46·2=21,2 g Na2CO3

4–masala. 10 l 0,5 n. eritma tayyorlash uchun qancha mis kuporosi CuSO4·5H2O kerak bo’ladi.

Yechish. Mis kuporosi ekvivalent massasini hisoblaymiz:

Kerak bo’ladigan mis kuporosi massasi:



5 – masala. 10 ml eritmada 0,245 g erigan modda bo’lgan sulfat kislota eritmasining normalligi qanday?

Yechish. H2SO4 ning ekvivalent massasini aniqlaymiz:

0,245 g sulfat kislota necha milligram ekvivalent ekanligini hisoblaymiz:

0,245 g = 245 mg; ekvivalent miqdori esa N = 245mg/49mg-ekv=5 mg-ekv

Kislota normallgi:

Cn = 5mg-ekv/10 ml = 0,5 mg-ekv/ml = 0,5 n.
15.3. Titr va molyallik, konsentratsiyalar orasidagi o’zaro bog’liqlik

Eritmaning bir millilitrida erigan moddaning massa miqdoriga titr deyiladi:



Eritmaning molyal konsentratsiyasi – 1 kg erituvchida necha mol modda eriganligini ko’rsatadi. Demak, uning birligi mol/kg bo’ladi:





bu yerda CM – eritmaning molyal konsentratsiyasi, mol/kg;

m1 – erigan modda massasi, g;

M1 – erigan modda molyar massasi, g/mol;

m2 – erituvchi modda massasi, g.

Titr va boshqa konsentratsiyalar orasidagi bog’liqlik:

Xuddi shuningdek foiz, molyar va normal konsentratsiyalar orasidagi bog’liqlik:

1. Foiz konsentratsiya va normallik:

2. Foiz konsentratsiya va molyarlik:

bu yerda ρ – eritmaning zichligi bo’lib, boshqa kattaliklar eslatib o’tilgan.

1 – masala. Solishtirma massasi 1,19 g/sm3 bo’lgan 38 % li HCl eritmasining titrini toping.

Yechish. Eritma titrini topish uchun dastlab eritma hajmini 100 ml deb olib, unda erigan HCl massasini topamiz: m(HCl) = V·ρ·ω(HCl) = 100·1,19·0,38 = 45,22 g

Eritmadagi kislota titrini topsak:

II usul. Agar eritma foiz, molyar va titr bog’liqlik formulalarini birga yechsak:



va

formulalardan ni olamiz. Eritma titri: .

Javob: T = 0,45 g/ml.

2 – masala. 0,01 n. KOH eritmasining titrini aniqlang.

Yechish. 0,01 n. eritmaning 1 l hajmida 0,561 g KOH mavjud. Bu eritma titri:

T = mKOH/Veritma = 0,561g/1000ml = 0,000561 g/ml yoki 5,61·10-4 g/ml.

3 – masala. 9,00 g C6H12O6 100 g suvda eritilgan. Glyukoza eritmasining molyal konsentratsiyasini aniqlang.

Yechish. Glyukozaning molekulyar massasini hisoblaymiz:



9,00 g glyukoza necha mol ekanligini hisoblaymiz:

ν = 9,00g/180g/mol = 1/20 = 0,05 mol

Glyukoza molyalligini topamiz:

CM = 0,05 mol/0,1kg =0,5 mol/kg

4 – masala. Molyalligi 0,3 mol/kg eritma olish uchun 3,04 g anilinni (C6H5NH2) qancha massadagi efirda eritish kerak?

Yechish. Eritma titrini topish formulasidan erituvchi massasini topamiz:

dan .

5 – masala. 5 M li sulfat kislota eritmasidagi (ρ=1,29g/sm3) H2SO4 ning massa ulushini aniqlang.

Yechish. Eritma 1 l hajmining massasi 1290 g va unda shartga ko’ra 98,08·5= 490,4 g H2SO4 mavjud. Demak uning eritmadagi massa ulushi:

ω(H2SO4) = m1/Meritma = 490,4/1290 = 0,38 yoki C% = ω ·100=0,38·100=38 % .

6 – masala. 20 % li FeSO4 eritmasining (ρ=1,21g/ml) molyar konsentratsiyasini toping.

Yechish. Umumiy formula orqali yechamiz.



mol/l

Reaksiyalarda qatnashadigan eritmalarning miqdorlarini hisoblash

Mavzuning o’zidan ham ko’rinib turibdiki, bunday masalalarda kimyoviy tenglama yoki stexiometrik sxemalarga asoslangan usullardan foydalaniladi. Faqat bunda eritmalarning miqdorlari erigan moddalarning miqdorlari bo’yicha hisoblab topiladi.

Bunday masalalarni yechishda ayrim qo’shimcha hisoblarni ham bajarishga to’g’ri keladiki, bunda ba’zan asosiy va qo’shimcha hisoblarni bir yo’la o’tkazish ham mumkin bo’ladi.

1 – masala. 2 g mis (II) xlorid bilan 5 % li NaOH eritmasining qancha miqdori reaksiyaga kirishadi?

Yechish. Reaksiya tenglamasini tuzamiz: .

Reaksiyaga asosan 135 g CuCl2 bilan ––––––– 80 g NaOH reaksiyaga kirishadi

2 g CuCl2 bilan ––––––– x g NaOH reaksiyaga kirishadi

x=2·80/135=1,185g.

Demak 1,185 g NaOH sarflansa, shuncha ishqor saqlagan eritma massasi:

Meritma = mNaOHNaOH = 1,185/0,05 = 23,7 g

2 – masala. 20 % li (d=1,1 g/ml) xlorid kislota eritmasdining qancha hajmi 10 g CaCO3 bilan reaksiyaga kirishadi?

Yechish. Reaskiya tenglamasini tuzamiz:

Reaksiyaga asosan 100 g CaCO3 bilan ––––––– 73 g HCl reaksiyaga kirishadi

10 g CaCO3 bilan ––––––– x g HCl reaksiyaga kirishadi

x=10·73/100=7,3g.

Demak 7,3 g HCl sarflansa, shuncha HCl saqlagan kislota eritma massasi:

Meritma = mHClHCl = 7,3/0,2 = 36,5 g

Eritma hajmi esa: Veritma = Meritma / deritma = 36,5g/1,1g/ml = 33,2 ml

3 – masala. 2 % li 100 ml NaOH eritmasini (d=1,022 g/ml) neytrallash uchun 10% li (d=1,049 g/ml) xlorid kislota eritmasidan qancha hajm kerak bo’ladi?

Yechish. Reaskiya tenglamasini yozamiz: HCl + NaOH = NaCl + H2O

Sarflanadigan NaOH massasi: m1= d·v·ω = 1,022g/ml·100ml·0,02 = 2,044 g NaOH.

Reaksiyaga asosan: 40 g NaOH bilan –––––– 36,5 g HCl reaksiyaga kirishadi

2,044 g NaOH bilan –––– x g HCl reaksiyaga kirishadi

x=2,044·36,5/40=1,865g.

Demak 1,865 g HCl sarflansa, shuncha HCl saqlagan kislota eritma massasi:

Meritma = mHClHCl = 1,865/0,1 = 18,65 g

Eritma hajmi esa: Veritma = Meritma / deritma = 18,65g/1,049g/ml = 17,8 ml

4 – masala. 25 ml 1M KOH eritmasini neytrallsh uchun qancha hajm 1M H2SO4 eritmasi kerak bo’ladi?

Yechish. Reaksiya tenglamasi: H2SO4 + 2KOH = K2SO4 + 2H2O.

Sarflanadigan KOH massasini topamiz: .

Reaksiyaga asosan: 112 g KOH bilan –––––– 98 g H2SO4 reaksiyaga kirishadi

14 g KOH bilan –––––– x g H2SO4 reaksiyaga kirishadi

x = 14·98/112 = 12,25 g.

Demak 12,25 g H2SO4 sarflansa, shuncha H2SO4 saqlagan eritma massasi:

Demak 25 ml 1M KOH eritmasini neytrallsh uchun 12,5 ml hajmda 1M H2SO4 eritmasi kerak bo’ladi.

II usul. Umumiy bog’lanishdan foydalanish orqali hisoblash usuli.

bundan

III usul. H2SO4 va KOH massalari orasidagi stexiometrik nisbatni topamiz:



; bundan

mKOH= 56 g/l · 0,025 l = 14 g va

Eritma zichligi: va hajmi

5 – masala. 0,5 l 0,3 n. AlCl3 eritmasi bilan almashinish reaksiyasi uchun kerak bo’ladigan AgNO3 ning 0,1 n. eritmasining hajmini aniqlang.

Yechish. 0,5 l 0,3 n. eritmada 0,5·0,3=0,15 ekvivalent AlCl3 mavjud.

Reaksiya tenglamasi: 3AgNO3 + AlCl3 = 3AgCl↓ + Al(NO3)3

Berilgan miqdor AlCl3 bilan ta’sirlashuv uchun shunday ekvivalent miqdorda AgNO3 zarur ya’ni 0,15 ekv. Agar 1 l eritmada 0,1 ekvivalent AgNO3 bo’lsa, 0,15 ekv tuz bunday eritmaning 1,5 l hajmida bo’ladi. Shuningdek bu natijani formulalardan foydalanib olish ham mumkin:

6 – masala. Natriy gidroksidning 20 ml 1 n eritmasi bilan necha millilitr 0,5 n xlorid kislota reaksiyaga kirishadi?

Yechish. Ekvivalentlar qonuniga muvofiq:

Normal konsentratsiyani ifodalovchi formuladan: m = Cn·Ekv·V kelib chiqadi.

Shuning uchun:

Qisqartirilgandan keyin C1V1 = C2V2 hosil bo’ladi. Bundan olinadi.

Demak o’zaro reaksiyaga kirishuvchi eritmalarning hajmlari ularning normalliklariga teskari proporsionaldir.

yoki VHCl = 20ml:1/2 = 40 ml

Reaksiyadan so’ng moddalarning hosil bo’lgan eritmadagi konsentratsiyasi

Bunday turdagi masalalarda dastlab eritmalardagi reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdorini (massa, hajm, mol) aniqlash so’ngra ularning ta’sirlashuvchi moddalar orasidagi o’zaro ta’sirlashuv reaksiya tenglamalari orqali ularning stexiometrik nisbatlarini aniqlash zarur.

Reaksiya tenglamalariga binoan ularning kam yoki ortiqcha olinganligi ham eritmada erigan modda sifatida qolishini inobatga olib hosil bo’lgan va qolgan moddalar miqdorlarini topish, so’ngra esa eritmalarda ularning massa ulushlarini topish zarur. Lekin shuni ham ta’kidlab o’tish kerakki ba’zi reaksiyalarda gaz ajralib chiqishi yoki cho’kmalar hosil bo’lishi ham mumkin. Ana shunday hollarda ularning massalari umumiy eritma massasidan chiqariladi.

1 – masala. Massasi 200 g bo’lgan perxlorat kislotaning 1,06 M li eritmasi (d=1,06 g/ml) bilan 50 g rux metali orasidagi reaksiya natijasida hosil bo’lgan tuzning massa ulushini (%) hisoblang.

Yechish. Reaksiya tenglamasini ifodalaymiz: Zn + 2HClO4 = Zn(ClO4)2 + H2

Kislota eritmasidagi HClO4 masssa ulushini aniqlaymiz:

Massasi esa:

yoki ; Zn miqdori esa .

Demak kislota kam bo’lib, Zn qoladi. Hisoblashni kislota orqali olib boramiz:

Reaksiyaga asosan 0,2 mol HClO4 bilan 0,1 mol (0,2·1/2) Zn (6,5g) reaksiyaga kirishib 26,4 g (0,2·264g/2) Zn(ClO4)2 va 0,2 g H2 (0,2·2g/2) hosil bo’ladi. Shuningdek 43,5 g Zn ham eriimay qoladi. Demak umumiy eritma massasini topsak:

M2eritma = Meritma + mZn - mH = 200 + 6,5 – 0,2 = 206,3 g

Eritmada tuzning massa ulushini aniqlaymiz:

2 – masala. Massasi 100 g bo’lgan eritmadagi KOH va K2CO3 ning massa ulushlari tegishli ravishda 1,12 va 2,76% bo’lgan. Shu eritmaga 5,0 g KHCO3 qo’shilgandan keyin, eritmadagi K2CO3 va KHCO3 ning massa ulushlarini (%) hisoblang.

Yechish. Reaksiya tenglamasini ifodalaymiz: KOH + KHCO3 = K2CO3 + H2O.

Agar 100 g eritmada 1,12 g (1,12%) yoki miqdori 0,02 mol KOH (1,12/56g/mol) bor.

Qo’shiladigan KHCO3 massasi 5,0 g yoki miqdori 0,05 mol (5,0/100) ni tashkil etadi.

Reaksiya tenglamasiga asosan 0,02 mol KOH bilan 0,02 mol KHCO3 ta’sirlashadi va 0,02 mol K2CO3 hosil bo’lib 0,03 mol KHCO3 ortib qoladi. Ularning massalari:



; .

Hosil bo’lgan 105 g eritmada (100+5) erigan moddalar massalarini hisoblasak:



;

Eritmadagi K2CO3 va KHCO3 ning massa ulushlari:



3 – masala. Tarkibida 1,46 % xlorid kislota va 0,544 % rux xlorid bo’lgan eritmaning 250 g miqdoriga tegishli massada rux karbonat qoshilganda, eritmadagi rux xloridning massa ulushi ikki marta ko’paygan. Hosil bo’lgan eritmadagi xlorid kislotaning massa ulushini (%) hisoblang.

Yechish. Reaksiya tenglamasini yozamiz: HCl + ZnCO3 = ZnCl2 + CO2 + H2O.

Agar x mol ZnCO3 qo’shilganda (125x g) eritmada x mol ZnCl2 (136x g) va x mol CO2 (44x g) hosil bo’ladi. Eritmadan CO2 ajralib chiqsa, qolgan eritma massasi:

M2eritma = 250 + 125x – 44x = (250 + 81x) g

Eritmadagi ZnCl2 massasi esa: m2(ZnCl2) = 250·0,544 + 136x = (1,36 + 136x) g.

Agar masala sahrti bo’yicha olingan eritmada ω2(ZnCl2) = 0,544%·2=1,088% bo’lsa:

ω2(ZnCl2) = m2(ZnCl2)/M2eritma = (1,36 + 136x)/ (250 + 81x) = 0,01088 tenglamadan x = 0,01 natijani olamiz.

Demak 0,01 mol ZnCO3 qo’shilgan va 0,02 mol HCl sarflangan. HCl miqdori:

demak eritmada qolgan HCl:

νHCl = 0,1 – 0,02 = 0,08 mol. Eritma massasi esa: M2eritma=250+81·0,01=250,81 g.

Eritmadagi qolgan HCl massa ulushini aniqlaymiz:




Download 429 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish