Asboblarni sterilizatsiyalash- Asboblar (skalpel, pinset, ignalar va boshqalar) sterilizatsiyaning ikkinchi bir turi bilan sterilizatsiya qilinadi. Shprits, qaychi va qisqichlarni qaynatish yanada qulay. Metal idishlarni avtoklavga qo‘yish mumkin emas: bug‘ ta’siri ostida ular zanglaydi va erib ketadi. Ish davomida yoki ishdan oldin asboblar spirtli stakanga joylashtiriladi va spirli lampada ish olib boriladi. Sterilangan idishlar faqat bir martalik tajribada qo‘llaniladi. Qayta ishlatishdan oldin yana olovga tutiladi yoki spirt lampa ostiga olib boriladi ya’ni qayta sterillanadi.
Materiallarni sterilizatsiyalash- Paxta, doka, paxta tolasi, filtr qog‘ozi, xalatlar , ro‘mol aftoklavda 2 atm bosim ostida 25-30 daqiqa davomida sterilizatsiya qilinadi.
Oziqa moddalarni sterilizatsiyalash – Probirka va kolbalarga o‘simlik to‘qimalari solingandan so‘ng avtoklavda 0.7-0.8 atm bosimida 115-120 oS temperaturada 15-30 minut davomida qoldiriladi. Bunda albatta to‘qimaning xajmiga qarab. Agar ozuqa xira bo‘lsa, sterilizatsiya rejimi notug‘ri bajarilgan. RN-MYeTR VA KALIBROVKA BILAN IShLASh
Deyarli barcha ximiklar, biologlar, ekologlar va laborantlar rN-metr dan foydalanishadi, eritmani kislotaligi va vodorodli ekanligini aniqlash maqsadida. rN-metr- moddaning rN darajasini o‘lchash uchun aniq va foydali pribor.
Quyida siz rN-metr dan foydalanish va kalibrovkalash qoidalarini bilishingiz mumkin.
rN-metr ni yoqing.
Elektrodlar ishlashi uchun 30 daqiqa kuting
Elektrodni elektrod saqlanadigan eritmadan olib tashlang.
Elektrodga distillangan suvdan seping. Elektrodni artmang uni o‘rniga maxsus laboratoriya salfetkasini tekkizing.
Elektrodni pH 7 bo‘lgan buferli eritmaga soling. E’tiboringizni qarating, bufer va foydalaniladigan eritmalarni xona haroratida o‘lchash kerak.
«Kalibrovat» tugmasini bosing.
Qizil chiroq o‘chi yonib bo‘lmaguncha kuting va yana «Kalibrovat» tugmasini bosing.
Elektrodga distillangan suvdan seping. Elektrodni artmang uni o‘rniga maxsus laboratoriya salfetkasini ishlating Kimwipe.
Elektrodni pH 4 bo‘lgan buferli eritmaga soling. pH 10 bo‘lgan bufer tavsiya etilmaydi, chunki havodagi CO2 bilan reaksiya ketadi va eritma barqarorligini yo‘qotadi.
Lampochka o‘chib yonishdan to‘xtamaguncha kuting va O‘lchov («Izmerit») degan tugmani bosing.
Elektrodga distillangan suvdan seping. Elektrodni artmang uni o‘rniga maxsus laboratoriya salfetkasini ishlating Kimwipe va elektrodni quriting.
Elektrodni tekshirilayotgan eritmaga soling. Xona haroratida buferli va tekshirilayotgan eritmani o‘lchashga e’tibor qarating.
O‘lchov («Izmerit») tugmasini bosing.
pH lampochkasi o‘chib yonib tugamaguncha kuting va olingan pH ko‘rsatkichini yozing.
Tavsiyalar:
Elektrodga distillangan suvdan seping va Kimwipe maxsus salfetkasida quriting.
Elektrodga qo‘l bilan tegmang, chunki uning tashqi tomoni juda ham sezgir
Eritma va buferlarni almashtirganda xar safar o‘lchov («Izmerit») tugmasini bosing.
Ogohlantirish
Hafsizlik qoidalariga qat’iyan rioya qiling
rN o‘lchaganingizda albatta qo‘lqop (perchatki) kiying .
Do'stlaringiz bilan baham: |