TOPShIRIQ Strerilizatsiya qilish qoidalarini yodlang
rN-metr dan foydalanish va kalibrovkalash qoidalarini so‘zlab bering
Dnk ajratish uchun eritmalar va asboblarni sanab ko‘rsating
Mavzu: Elektron va analitik tarozilar, distillyator, avtoklav, tsentrifuga, elektroforez jihozlari, vortex, vaakum konsentratori, spektrofotometr, PZR uskunalari bilan ishlashni tushuntirish.Foydalaniladigan asbob uskunalar: Avtoklav- atmosferada yuqoriroq bosim ostida isitish uchun apparatdir. U 1679 yilda Denis Papen tomonidan ixtiro qilingan. Bunday sharoitda reaksiya tezlashadi. Tibbiyotda sterilizatsiya qilish uchun yuqori bosim va haroratda - faqat avtoklavdan qo‘llaniladi. Sterilizatsiya yuqori haroratda amalga oshirilsa, ammo bosimsiz sterilizator yoki quritish shkafi ishlatiladi. Avtoklavda suv qaynatilganda qaynoq nuqtasi ko‘tariladi. Bu shunday bo‘ladi: suv harorati 100 ° S ga yaqinlashganda suvning bug‘lanishi oshadi. Suv bug‘lari, aslida, gaz bo‘lib, avtoklavda ortiqcha bosim hosil qiladi va bu bug‘lanishning pasayishiga olib keladi va natijada bosim ko‘tariladi va qaynoq to‘xtaydi va 100 ° C atrofida qizigan suv suyuqlikda qoladi. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, tizimdagi bosim shunchalik baland.Oddiy sharoitlarda suyuqlikni tiklanish nuqtasi ustiga qizdirish mumkin emas. Suv harorati 100 ° S ga yetganda, suv bug‘ga aylanadi va isitish zonasini tashlaydi. Idishdagi suyuqlikda bug‘ning jadal shakllanishi qaynoq deb nomlanadi. Agar suv uzoq vaqt qaynatilsa, bug‘ to‘liq ketadi.
Analitik yoki texnik tarozi-dastlab nol nuqtasi rostlab olinadi. Miqdoriy analizdagi ishlatiladigan eng muhim asbobdir. Unda 0,0002 g gacha aniqlik bilan yoki boshqacha aytganda, to‘rtinchi ishoragacha aniqlikda tortish mumkin. Bunday tarozilarda ko‘pi bilan 200 gramm modda tortish mumkin. Pallaning bir tomoniga o‘lchash lozim bo‘lgan ob’ekt qo‘yiladi, ikkinchi tomoniga massasi malum tosh qo‘yiladi. Massa teng kelguncha ish davom ettiriladi.
Elektron tarozi- Tarozilar ichida eng taniqlisi elektron tarozidir. Ular ko‘p funksiyali, amliyotda va foydalanishda qulay hisoblanadi. Elektron tarozi modeliga qarab turli muhitlarda ishlatiladi va turli texnik hususiyatlarga ega bo‘ladi. Dastlab tara nolga teng qilinadi, ya’ni tara bosiladi va tekshirilishi kerak bo‘lgan ob’ekt tarozi ustiga qo‘yiladi. Va massa yozib olinadi.Distillyator- Suvni toza holatga keltirish uchun ishlatiladi. Vodoprovod suvi ichishga yaroqli. Lekin qo‘shimcha tozalashdan keyin. Distilyatordan foydalanganda yuqori harorat ta’siri ostida suv bug‘lanadi, so‘ng sovutish tizimiga o‘tadi va distilat kondensat yig‘ish uchun idishda bo‘ladi. Distelyatorning bir tomoni kranga ikiinchi tomoni ochiq joyga ulanadi.
Toza suvdan ichish va labarotoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bemalol foydalanish mumkin. 1 litr diss suv uchun o‘rtacha 1 kVt elektroenergiya sarflanadi.
R-1.5
rotor dlya
12 x 1.5 ml probirok
R-0.5/0.2
rotor dlya
12 x 0.5 ml i
12 x 0.2 ml probirok
Vortex- Mini tsentrafuga / vorteks Combispin FVL-2400N genetik muhandislik tadqiqotlari uchun mo‘ljallangan (PSR diagnostikasi bo‘yicha tajribalar uchun). Mikrobiologik, biokimyoviy, klinik laboratoriyalarda va sanoat biotexnologik laboratoriyalarida foydalanish mumkin.
FVL-2400N bir vaqtning o‘zida namunalarni mikrotsentrafugalash va aralashtirish modullari yordamida umumiy spin qutisida joylashtirish imkonini beradi. Sentrafugada rotorning aylanishini qopqoq bilan ochiq turgan himoya mexanizmi mavjud.