Lyuis asoslari
,
electron
juftlarning akseptori bo’lgan moddalar
Lyuis kislotalari
deyiladi.
Lyuis asoslariga ba’zi amino birikmalar (ammiak, alifatik va aromatic aminlar, galogenid-ionlar,
piridin asoslari, xinolin asoslari va hokazolar), ketonlar yoki umumiy formulasi X
2
CO bo’lgan (X —
galogen atomi) birikmalar kiradi.
Lyuis kislotalariga misol qilib bir qator elementlarning galogenidlari (BF
3
, A1C1
3
, SiCl
4
va boshqalar), kumush, xrom, platina kabi hamda boshqa ionlarni — kompleks hosil qiluvchilarni
ko’rsatish mumkin. Bularning ba’zilari amaliy ahamiyatga egadir.
Kislota-asos nazariyasi doirasidagi reaksiyalar o’zining tez borishi, katalizator qo’llashni
talab qilmasligi va mahsulot unumining 100% ga qadar yetishi bilan ajralib turadi. Bunday reaksiyalar
kimyoviy analizda ko’p qo’llaniladi. Ayniqsa, suvsiz titriashda juda qo’l keladi. Kislota-asos
nazariyasidan anorganik sintezda foydalanib, juda ko’plab yangi moddalar olingan. Ftorlashda
olinadigan sintetik materiallar, biologic aktiv moddalar, tibbiyot uchun zarur dori-darmonlar va
boshqalar bunga misol bo’la oladi. Suyuq ammiakda olib boriluvchi bir qancha reaksiyalar ham
kislota-asos reaksiyalaridan hisoblanadi. Boshqa yo’llar bilan olib bo’lmaydigan moddalar —
kremniy, tetramid, nitrozilamid, sulfamid va shu kabi boshqa muhim birikmalar shu yo’l bilan
olinganligi kislota-asos nazariyasining faqat nazariy ahamiyatga ega bo’lib qolmay, uning ulkan
amaliy istiqboli borligidan dalolat beradi.
Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.
Eritmadagi erigan modda va erituvchi
zarrachalarining tartibsiz harakati tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi
bo’yicha bir tekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning konsen- trlangan eritmasini
quyib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning
konsentrlangan eritmadan suyultirilgan eritmaga o ’tishi, suvning esa suyultirilgan
eritmadan konsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi. Har bir modda o’zining
konsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o’z-
o’zidan o’tishiga, ya’ni ular konsentratsiyalarining tenglashishiga olib keluvchi jarayon
diffuziya deyiladi.
Agar shishi silindrga KMnO
4
ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan
turib, suv qo’shilsa, diffuziya hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara
kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo’qola boshlaydi; bir necha vaqtdan keyin erigan
modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir
xil rangga kiradi. Bunda erituvchi va eruvchi moddalar zarrachalari qarama -qarshi
yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni ikki yoqlama diffuziya deb ataladi.
Agar ikki eritma orasiga erituvchi o’ta oladigan, lekin eruvchi modda o’ta
olmaydigan to’siq parda qo’yilsa, ahvol boshqacha bo’ladi. Bunday pardalar yarimo
‘tkazgich pardalar deb ataladi. Ular tabiatda ham uchraydi va sun ’iy yo’l bilan ham
hosil qilinadi. Masalan, mis ko’porosi eritmasi shimdirilgan g’ovak sopol silindr
kaliygeksatsiano (II)- ferrat eritmasiga tushirilsa, silindr g’ovaklariga mis geksatsiano
(Il)-ferrat cho’kib qoladi. Shunday usul bilan ishlangan silindr yarimo ’tkazgich parda
xossasiga ega bo’lib qoladi. Silindrga shakar eritmasi solinib, suvga botirilsa, faqat suv
molekulalarining o’tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko ’paya boshlaydi,
undagi qandning konsentratsiyasi kamaya boshlaydi. Yarimo ’tkazgich orqali bo’ladigan
bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi. Eritm aning ko’tarilishi hisobiga nayda
suv ustunining ortiqcha bosimi vujudga keladi. Bunday gidrostatik bosim eritmaning
osmotik bosimi deyiladi. Gidrostatik bosim ma’lum qiymatga yetganda osmos to’xtaydi
va muvozanat hosil bo’ladi.
Osmos hodisasi xayvonlar va o’simliklar organizmi hayotida muhim rol
uynaydi. Xujayralar po’sti suv yaxshi o’ta oladigan, lekin xujayra ichi suyuqligida
erigan moddalar deyarli o’ta olmaydigan pardadan iborat.
Turli eritmalarning osmotik bosimini o’lchash natijasida 1886 yilda golland
olimi Vant-Goff elektrolit bo’lmagan moddalarning uncha yuqori bo’lmagan
konsentratsiyali eritmalarini osmotik bosimini konsentratsiya va haro - ratga bog’-
liqligini aniqladi (Vant-Goff qonuni):
P = C • R • T
bu yerda:
P - eritmaning osmotik bosimi;
C - eritmaning molyar konsentratsiyasi;
R - gazlarning universal doimiysi;
T - harorat.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi: m
Bundan: n = —. U holda: M
P
= mRT M
tenglama Mendeleev-Klaypeyron tenglamasiga o’xshaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |