Ergonomik talablar. Ergonomik talablarga quyidagilar kiradi



Download 16,22 Kb.
bet2/3
Sana19.02.2022
Hajmi16,22 Kb.
#459333
1   2   3
Bog'liq
ergonomik talablar

Qator ishlarda didaktik vositalarga qo‘yiladigan ergonomik talablar ko‘rsatilgan. Ularni umumlashtirgan holda PDVga qo’yiladigan quyidagi psixofiziologik talablar ishlab chiqildi.
1. Ekrandagi tasvirlarning rangiga qo‘yiladigan talablar. PDVda turli rangdan foydalanish ma’lumot tarkibini ajratishda, uning o‘qilishini qulaylashtirishda, muhim ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatishda katta imkoniyatlar yaratadi. Ranglarni tanlash va ularni muvofiqlashtirish tanlangan kompyuterning imkoniyatlari bilan belgilanadi. Ranglarning to‘g‘ri tanlanishi o‘quvchilarning aqliy faoliyatiga, ishlash qobiliyatiga va ishining samaradorligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ekranda tasvirlanayotgan belgilarning rangi, fon rangini tanlashda o‘quvchilarning ko‘rish imkoniyatlari chegaralarini inobatga olish, ko‘zni toliqtiruvchi holatlarning oldini olish lozim.
Ekran rangi juda yorqin bo‘lmasligi lozim, uni keragidan ortiq «bezash» kerak emas. Undagi ma’lumotlar o‘quvchining diqqatini asosiy qismga jalb etishga yordam berishi lozim. Masalan, ravshan, yarqiragan yoki qizil rangdan katta hajmdagi matnlarni yozishda foydalanish tavsiya qilinmaydi, chunki ko‘z oq va yashil rangni toliqishsiz qabul qiladi, qizil va yorqin ranglar esa ko‘zni toliqtiradi. Matnni ko‘rsatishda foydalaniladigan ranglar soni uchtadan ortmagani ma’qul.
Yorqin, o‘tkir ranglar hissiy qo‘zg‘atuvchi sifatida displey fonida qisqa vaqt ishlatilishi mumkin. Masalan, qizil rangni xatoni ko‘rsatuvchi yoki man qiluvchi, yashil rangni esa rag‘batlantiruvchi yoki harakatga undovchi belgi sifatida ishlatish mumkin. Ekranda qora rangli ob’ektlar soni iloji boricha kamaytirilishi ma’qul hisoblanadi.
2. Ekrandagi ma’lumotlarning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar. Ekranda qo‘yilgan masalaga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektlar bo‘lmasligi kerak. Ekrandagi barcha ob’ektlar ma’lum ma’noda axborotni tashuvchi bo‘lishi shart. Undagi tasvirlar yetarli darajada katta bo‘lishi hamda o‘zaro o‘quv materiali mazmuniga mos holda joylashishi lozim.
Foydalanuvchiga ayni vaqtda zarur bo‘lgan matngina ko‘rsatiladi. Matnlar mazmuni tushunarli, mantiqan bog‘langan bo‘lishi, bajaradigan vazifasiga ko‘ra guruhlarga ajratilishi zarur. Ekranda muhim va unchalik muhim bo‘lmagan elementlar ajratib ko‘rsatiladi. Ajratib ko‘rsatish ayrim jumlalarni katta harflar bilan yozish, ostini chizish, boshqa rangga bo‘yash yo‘llari bilan amalga oshiriladi. Uzun jumlalar va tig‘iz joylashgan matn o‘quvchini toliqtiradi. O‘quvchi toliqqanda matnni o‘qimay qo‘yadi. Shuning uchun darslikdagi matnni ekranda tasvirlab qo‘yishgina PDV samaradorligini oshira olmasligiga ahamiyat berish lozim.
3. Tasvirlarni uzatish usullariga qo‘yiladigan talablar. Ekrandagi tasvirlar harakatining me’yorida bo‘lishiga e’tibor berish zarur. O‘quvchilarning vaziyatni baholash va tasvirlarni idrok qilish hamda reaksiya bildirishda kattalardan farq qilishini inobatga olish lozim. Taassurotni susaytirmaslik uchun ekrandagi ob’ektlarning harakati yetarli darajada tez bo‘lishi, shuningdek, berilgan vaqt doirasida kerakli ma’lumotni o‘quvchi anglab oladigan sur’atda bo‘lishi kerak. O‘quvchiga ob’ekt harakatini istagan holatida to‘xtatib kuzatish, uni qayta-qayta takrorlash imkonini berish maqsadga muvofiq.
4. Ekrandagi ob’ektlarning ko‘rinishiga qo‘yiladigan talablar. Kompyuter ekraniga chiqariladigan xabarlar o‘quvchi faoliyati tuzulishiga mos holda mantiqan bog‘liq bo‘lishi, ularning har biri ta’lim mazmunida nazarda tutilgan ma’lum bir muammoni hal qilishi lozim. Katta hajmdagi ma’lumotlar kerakli sondagi bo‘laklarga bo‘lib, namoyish qilinadigan kadrlarga joylashtiriladi. Mazkur talabni amalga oshirish uchun ekranni ma’lumot bilan ortiqcha to‘ldirmaslik, muhim ma’lumotlarni ekranning o‘rtasiga qo‘yish, bir necha marta takrorlanadigan ma’lumotlarni ekranning ma’lum bir o‘rniga joylashtirish kabi psixologik talablarga rioya qilish kerak.

Download 16,22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish