Ergeodezkadastr



Download 25,02 Kb.
Sana12.02.2017
Hajmi25,02 Kb.
#2408
Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan 2015 yil davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi

HISOBOTI

“Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi 2014 yilda “Respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilda mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muxim ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi 1-sonli topshirig‘i hamda 2015 yil davomida “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risidagi chora-tadbirlar rejasi”ga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi. Jumladan:

Yerdan foydalanish, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishi bo‘yicha:

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil

31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 543-sonli va 2004 yil 19 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 483-sonli qarorlarida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta‘minlash maqsadida 2015 yil 1 yanvar xolatiga bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi yer resurslarining holati to‘g‘risida Milliy hisobot” hamda “Er fondi” tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

9 yanvardagi EDO-03-13-1-sonli “Respublikada 2015 yil meva-sabzavot, poliz, uzum va kartoshka ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qayta ishlash hamda oziq-ovkat loyihalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni

8-bandi topshiriqlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, yangi intensiv mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish, dasturda ko‘rsatilgan oziq-ovqat loyihalarini amalga oshirish uchun jami 2717 ta fermer xo‘jaliklariga va boshqa tashkilotlarga 12369,8 gektar yer maydonlari ajratish ishlari amalga oshirildi.

Shundan pakana va yarim pakana (intensiv) bog‘lar tashkil etish uchun 5896,2 gektar, yangi tokzor barpo etish uchun 6473,6 gektarni tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

21 oktyabrdagi 01-03-13-12-sonli “Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish, fermerlarning moliyaviy holatini yanada yaxshilash maqsadida ularning yer uchastka hajmlarini maqbullashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayonida belgilangan toshiriqlarning ijrosini ta‘minlash maqsadida, “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mavjud qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlardan samarali va oqilona foydalanish holati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, 2015 yilning 10 dekabr holatiga Respublika bo‘yicha 171588 gektar ekin yerlar, 21017 gektar ko‘p yillik daraxtzorlar va 973064 gektar yaylov yerlar fermer xo‘jaliklariga va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilmasdan, tuman hokimliklari ixtiyorida turganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

29 yanvardagi EDO-03-40-16-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan

2015 yilda parrandachilikni rivojlantirish va parranda mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Dasturi hamda Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

3 fevraldagi 03-40-16-sonli Nazorat rejasi tegishli topshiriqlari ijrosini o‘z muddatida ta‘minlash maqsadida, Respublikada chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalarning mavjud yer maydonlari hatlovdan o‘tkazildi.

Hatlov natijalariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha jami 6589 ta fermer xo‘jaliklariga va boshqa tashkilotlarga jami 1275178 gektar shundan

217727 gektar ekin yerlar, 6280 gektar ko‘p yillik daraxatzorlar,

7235 gektar bo‘z yerlar hamda 910846 gektar pichanzor va yaylovlar yer maydonlari chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari va boshqa korxonalarga ajaratib berilganligi aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 fevraldagi 01-03-13-12-sonli qishloq xo‘jaligi iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasining 2015 yil uchun belgilangan ish rejasi 11-bandida berilgan topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida, yangi intensiv mevali bog‘-tokzorlarni barpo etish yer maydonlarini ajratish ishlari amalga oshirildi.

Respublika bo‘yicha 2015 yil 1 mart holatiga yangi intensiv mevali

bog‘-tokzorlarni barpo etish uchun jami 2706 ta fermer xo‘jaliklariga va boshqa tashkilotlarga 12369,8 gektar yer maydonlari tuman hokimlarining qarorlar bilan ajratib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

16 apreldagi EDO-03-30-1-sonli “Respublika hududlarida chorva mollarini avtomatizatsiyalashtirilgan ravishda so‘yish va teriga birlamchi ishlov berish bo‘yicha “mini-komplekslarni” tashkil etish yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni ijrosini ta‘minlash maqsadida, respublika bo‘yicha jami 7,33 gektar “mini komplekslarni” tashkil etish uchun yer maydonlari ajratib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

1 iyundagi 37-sonli “Jizzax va Namangan viloyatlari, Baxmal, G‘allaorol, Yangiqo‘rg‘on va Chortoq tumanlari hokimliklari rahbarlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 martdagi PQ-1937-sonli

“2013-2015 yillar davomida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq

2015 yilda uzumchilikni rivojlantirish hududiy dasturlarining bajarilishini ta‘minlash yuzasidan roli va shaxsiy mas‘uliyati to‘g‘risida”gi Rayosat majlisi bayoni 5-bandi ijrosini ta‘minlash maqsadida Jizzax va Namangan viloyatlaridagi mavjud takzorlar hatlovdan o‘tkazildi.

Hatlov natijasiga asosan 2015 yil 1 iyul holatiga Jizzax viloyati tumanlarida jami 3052,0 gektar, shundan 343,0 gektar yangi ekilgan va

12,0 gektar eski tokzorlar o‘rniga ekilgan tokzorlar mavjudligini aniqlandi.

Namangan viloyati tumanlarida jami 9284,0 gektar, shundan

222,0 gektar yangi ekilgan va 42,0 gektar eski tokzorlar o‘rniga ekilgan tokzorlar mavjudligini aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

25 sentyabrdagi 06-03-13-1-sonli “2016 yil hosili uchun joriy yil sentyabrь-dekabrь oylarida piyoz, chesnok va to‘qsonbosti usulida qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, ularga talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o‘z vaqtida yetkazib berish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni 6-bandi topshiriqlari ijrosini ta‘minlash maqsadida, Jizzax viloyati hududidan “Olmaliq kon metallurgiya kombinati” aktsiyadorlik jamiyatiga 1473,4 gektar, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi “Meva uzum savdo eksporti” MChJga 658,7 gektar, “Navoiy kon metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga 544,7 gektar, “O‘zkimyosanoat” davlat aktsiyadorlik kompaniyasiga 548,8 gektar yer maydonlari qishloq xo‘jaligi ekinlarni ekish uchun ajratib berildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aktsiyadorlik jamiyatiga Sirdaryo viloyati hududidan jami 6151,8 gektar yer maydonlari ajratib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 18 avgustdagi “Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 235-sonli qarori ijrosi yuzasidan Respublikaning 161 tumanlari (2087 ta massiv)dagi jami 88 491 ta qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilarning qishloq xo‘jalik yerlarini normativ qiymatini aniqlash ishlari amalga oshirildi va natijalari belgilangan tartibda Davlat soliq qo‘mitasiga va Moliya vazirligiga taqdim qilindi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan 2015 yil

22 yanvardagi 17-sonli “Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jalik maxsulotlarini qayta ishlash hamda iste‘mol tovarlari masalalari kompleksining 2014 yil yakunlari bo‘yicha” majlis bayoni tegishli topshiriqldari ijrosini ta‘minlash maqsadida 2015 yil hosili uchun jami

161 tumanlarining 2087 ta massivlarida sug‘oriladigan ekin yerlariga qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish va elektron xaritalarga tushirish ishlari amalga oshirildi.

Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan hozirda O‘zbekiston Respublikasi tumanlari hududidan o‘tgan davlat chegarasining 300 metrlik chegara mintaqasidagi 7090 km masofada, 2715 ta yerdan foydalanuvchilarning 212705 gektar yerlarini inventarizatsiya (yo‘qlama)dan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Respublikaning 14 ta tumanlarida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni inventarizatsiya (yo‘qlama) dan o‘tkazish hamda natijalari asosida yerlardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar tayyorlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi va tegishli tuman hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil

15 oktyabrdagi 14-02-11-76-sonli “2015-2016 yillarda Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanining sanoat salohiyatini yanada oshirish, zamonaviy xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni 2-bandiga asosan 2,6 gektar yer maydonida tashkil etilishi rejalashtirilgan kichik sanoat zonalarining Farg‘ona viloyati hokimligi, "Davarxitektqurilish" qo‘mitasi tomonidan sohalar (profillar)ini aniq belgilangan holda loyiha-rejalashtirish hujjatlari tayyorlandi, tadbirkorlarni joylashtirish va muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish loyihalarini ishlab chiqildi.

3-bandiga asosan Qo‘shtepa tumanida yaroqsiz holatga kelib qolgan foydalanilmayotgan 0,42 gektar maydonda joylashgan davlat mulki ob‘ektlarining o‘rnatilgan tartibda bo‘shagan yer maydonlarining tadbirkorlik sub‘ektlariga ajratib berildi hamda tumandagi 4 ta kam quvvatlarda ishlayotgan, faoliyat yuritmayotgan korxonalar tomonidan samarasiz foydalanilayotgan 10,2 gektar yer maydonlarini tuman hokimligining zahira yer fondiga qaytarish va qaytarilgan yer maydonlarini belgilangan tartibda tadbirkorlarga ajratish hujjatlari rasmiylashtirildi.

Vazirlar Mahkamasi Rayosati Majlisining 2015 yil 27 martdagi 17-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 26 martdagi PQ-2326-sonli “Samarqand-Buxoro temir yo‘l leniyasidagi tez yurar yo‘lovchi poyezdlar harakatini elektrlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta‘minlash haqida”gi yig‘ilish bayoni 7-bandiga asosan “O‘zbekenergo” DAKga yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari qurilishi uchun hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” DAKga Samarqand-Buxoro temir yo‘l liniyasidagi tez yurar yo‘lovchi poyezdlar harakatini elektrlashtirish bo‘yicha bosh loyiha tashkilotlari tomonidan belgilangan loyihalar doirasida Navoiy viloyati Karmana tumani hokimining 2015 yil 25 sentyabrdagi 636-Q-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 7,7 gektar yer maydoni, Qiziltepa tumani hokimining 2015 yil 14 avgustdagi Q-08/554-sonli qarori bilan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan 2,53 gektar yer maydoni, Navoiy shahar hokimining 2015 yil 18 avgustdagi Q-424/08-sonli qarori bilan 4,5 gektar yer maydonlari ajratib berildi. Samarqand viloyati Paxtachi tumani hokimining 2015 yil 20 noyabrdagi 1055-Q-sonli qarori bilan jami

93,51 ga yer maydoni ajratib berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 19 apreldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1958-sonli va Vazirlar Mahkamasining 2014 yil

24 fevraldagi “2013-2017 yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Davlat dasturining so‘zsiz bajarilishini ta‘minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 39-sonli qarorlari ijrosini ta‘minlash maqsadida Qashqadaryo viloyatining Qarshi (43360 ga), Koson (63727 ga) va Qamashi (30052,7 ga) tumanlari, Jizzax viloyatining Zafarobod (27613 ga), Paxtakor (27341 ga), Zarbdor (34097,1 ga), Do‘stlik (34041,4 ga), Mirzacho‘l (31182,8 ga), Arnasoy (31965,9 ga) va Zomin (24663,4 ga) tumanlari, Navoiy viloyatining Konimex (4827 ga), Qiziltepa (24452 ga), Navbahor (20415 ga), Karmana (16982 ga), Xatirchi (30008 ga) va Uchquduq (120 ga) tumanlari, Samarqand viloyatining Ishtixon (5500 ga - 2015 yilda) tumani hamda Xorazm viloyatining barcha tumanlaridagi 217171,4 gektar sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlari tuproqlarining sho‘rlanish darajalarini aniqlash va xaritaga tushirish ishlari bajarildi.

O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida, aniqlangan holatlar yuzasidan barcha tegishli tashkilotlar, fermer xo‘jaliklar, barcha yerdan foydalanuvchilar ishlab chiqarishda foydalanishlari uchun, yuqorida ta‘kidlab o‘tilgan viloyatlarda sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarining massivlar uchun 1:10 000 masshtabdagi sho‘rlanish kartalari, konturlar kesimida sho‘rlanish darajalari, sho‘r yuvish bo‘yicha tavsiyalar, shuningdek sho‘r yuvish me‘yorlari va muddatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar tayyorlanib, belgilangan tartibda joylarga yetkazib berildi.

Surxondaryo viloyatining chegaradosh tumanlariga TojAZ ning salbiy ta‘sirini aniqlash va uni oldini olish bo‘yicha tuproq tadqiqot ishlari yakunlanib, keltirilgan tuproq namunalari kimyoviy tahlildan o‘tkazildi va natijalari belgilangan tartibda tegishli vazirlik va idoralarga taqdim etish uchun tayyorlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 15 dekabrdagi “Fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 362-sonli Qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari va tegishli tashkilotlar bilan birgalikda maqbullashtirish natijasida jami 101070 ta fermer xo‘jaliklari jumladan, 60695 ta paxta-g‘allachilik, 3655 ta sabzavot-polizchilik, 24730 ta bog‘dorchilik-uzumchilik, 6572 ta chorvachilik va 5418 ta boshqa yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.

Yangi tashkil etilgan va maqbullashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda tuman (shahar) hokimi o‘rtasida ijara shartnomalari to‘liq rasmiylashtirildi.

Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish yo‘nalishi bo‘yicha:

Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika Kengashining qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar reja-jadvaliga asosan 2015 yil davomida 386 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning 628,5 ming gektar yer maydonida yerdan foydalanish yuzasidan rejali va rejadan tashqari qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazildi. O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 363 ta holatda (jami tekshirishga nisbatan 94 foiz) fermer xo‘jaliklari, korxona va tashkilotlar tomonidan 94,4 ming gektar maydonda turli yer qonun buzilish holatlari aniqlandi.

Yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan 325 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ekt rahbarlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning tegishli moddalariga asosan ma‘muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib 79,1 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimaga tortildi, 36 ta holatda esa aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda choralar ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi “Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning 34-moddasiga asosan “Bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma‘muriy jazo qo‘llash” uchun Hududiy kengashlarga hujjatlar rasmiylashtirilib yuborildi.

Yuqorida aniqlangan qonun buzilish holatlari tahlil qilinganda, 104 ta yerdan foydalanuvchilar tomonidan ma‘lumotlarni hisobotdan yashirganlik yoki noto‘g‘ri ko‘rsatganlik holatlari 28,7 foizni, 131 ta yerdan foydalanuvchilar tomonidan xo‘jalik ichki yer tuzish loyihalaridan chekinishlik holatlari 36 foizni, 89 ta yerdan foydalanuvchilar tomonidan yerdan xo‘jasizlarcha yoki samarasiz foydalanganlik holatlari 24,5 foizni, 39 ta yerdan foydalanuvchilar tomonidan boshqa qonun buzilish holatlari 10,8 foizni tashkil etdi.

2015 yil davomida qo‘mita va uning quyi tizimlari tomonidan “Er kodeksi” va boshqa yer munosabatlarini tartibga solish to‘g‘risidagi qonun va qarorlarning ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga asosan aniqlangan yer qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 4859 ta boshqaruv organlariga, jumladan 74 marotaba Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlariga, 3339 marotaba tuman (shahar) hokimlariga, 1217 ta shirkat, fermer xo‘jaligi rahbarlariga hamda 229 ta tashkilot va korxona rahbarlariga soha mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Er kodeksi”ning 85-moddasi talablaridan kelib chiqib taqdimnomalar kiritildi, bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘mita va uning quyi tizimlari tomonidan yerlardan samarali, oqilona va belgilangan maqsadlarda foydalanishni tashkil qilish hamda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yer qonunchiligiga rioya etishlarini ta‘minlash va yer qonunbuzilishlarni oldini olish maqsadida chorak davomida jami 340 marotaba ommaviy axborot vositalari, matbuotlar orqali chiqishlar, shundan televideniya orqali 48 marotaba, radio orqali 42 marotaba, gazetalar orqali 246 marotaba, jurnallar orqali 4 marotaba chiqishlar qilindi hamda joylarda 393 marotaba ko‘rgazmali seminarlar tashkil etildi.

Shuningdek, joylarga chiqib 21751 ta xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar bilan bevosita yerdan oqilona va samarali foydalanishi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi, 808 marotaba seminarlar o‘tkazildi va seminarda 39452 ta rahbar va xodimlar hamda yerdan foydalanuvchilar ishtirok etishdi, ularga 207 turdagi jami 12250 dona kitoblar, qo‘llanmalar, flayerlar,bukletlar tarqatildi.

510 ta tadbirkorlik sub‘ektlari ishtirokida olib borilgan profilaktika natijasida 262 tasida ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari bartaraf etilishiga hamda 154 tasida esa qonun buzilishning oldi olinishiga erishildi.

Respublika bo‘yicha 2015 yil davomida 1649 marotaba ochiq eshiklar kuni tashkil etilib, tadbirkorlar o‘zlarining 2410 ta savollari bilan qatnashdi va shundan sohaga taalluqli bo‘lgan 2352 tasiga javob berildi, hududlarda tashkil etilgan 201 ta “Ishonch telefon”lariga tadbirkorlar o‘zlarining 1385 ta savollari bilan murojaat qilishdi va shundan sohaga taalluqli bo‘lgan

1371 tasiga belgilangan tartibda javoblar berildi.

Fuqarolarga tegishli tuman (shahar) hokimlarining qarorlari asosida ajratib berilgan tomorqa, dala tomorqa, dala hovli va dehqon xo‘jaligiga qarashli yer maydonlaridan foydalanishi yuzasidan jami 17244 ta holatda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida 4319 nafar fuqarolar tomonidan 1049,8 gektar maydondan samarasiz va belgilangandan boshqa maqsadlarda foydalanganliklari aniqlanib, 2619 tasiga ogohlantirish berilib tegishli tartibda 170,7 gektar yer maydoni zahira yer fondiga qaytarib olindi,

1196 nafar fuqaroga esa O‘zbekiston Respublikasi “Ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ning tegishli moddalari bilan ma‘muriy javobgarlikka doir ish qo‘zg‘atilib 253,4 mln. so‘m miqdorida ma‘muriy jarimaga tortildi. Qolgan holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Davlat kadastri yo‘nalishi bo‘yicha:

Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 2 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida Bino inshootlar Davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 278-sonli, Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 31 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida Davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risida”gi 543-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 19 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 483-sonli qarorlariga asosan hududiy yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri xizmatlari tomonidan 2015 yil mobaynida:

Umumiy maydoni 105 929.6 gektarni tashkil etgan 93 140 ta ob‘ekt bo‘yicha kadastr s‘yomkasi ishlari amalga oshirildi.

409 769 ta ob‘ekt bo‘yicha bino-inshoot inventarizatsiyasi va baholash ishlari bajarildi;

Respublika bo‘yicha 114 965 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar, 307 183 ta bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar, 33 855 ta ipoteka shartnomalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 16 noyabrdagi PQ-2432-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini o‘z muddatida ta‘minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tarmoq jadvalida belgilangan topshiriqlardan kelib chiqib investitsion loyihalar bo‘yicha tuman shaharlardagi davlat korxonalarda mavjud arxiv xujjatlarni elektron ko‘rinishga va elektron arxiv qilish maqsadida inventarizatsiya ishlari amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk ob‘ektlari inventarizatsiya qilib kadastr xujjatlari tayyorlanmoqda. Bugungi kunda 1 118 880 ta ob‘ektga kadastr xujjati rasmiylashtirildi.

“Ko‘chmas mulk-3” dasturiy ta‘minot bazasiga jismoniy shaxslarga tegishli 5,2 mln. ta (100 %) ko‘chmas mulk ob‘ektlari haqida ma‘lumotlar yuklandi. Shundan bugungi kungacha Davlat Soliq qo‘mitasiga 4,2 mln. ta ko‘chmas mulk ob‘ektlari elektron aloqa kanallari orqali taqdim etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub‘ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-sonli qaroriga asosan 3-ta xizmat ko‘rsatish belgilangan, bular:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 28 sentyabrdagi “Tadbirkorlik sub‘ektlariga “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2412-sonli qaroriga asosan 3-ta xizmat ko‘rsatish belgilangan, bular:

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvoxnoma berish;

Bino va inshootlar va ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida guvoxnoma berish;

Ipoteka shartnomasi, yer uchastkasi, bino va inshootlar ipotekasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

Mazkur ishlarni bajarilishi bo‘yicha respublika bo‘yicha 183 ta tuman (shahar) “Ermulkkadastr” davlat korxonalarida kalit olindi va hokimiyatlarda tashkil etilgan “bir oyna” markazlariga “E-ijro” dasturiga ulangan va mas‘ul xodimlar elektron raqamli imzo oldi.

Joriy yilning 10-16 dekabrь kunlari qo‘mita tizimidagi tuman (shahar) korxonalar rahbar va mutaxassislariga seminarlar tashkil etildi va 196 nafar mutaxassislar attestatsiya sinovlaridan o‘tkazildi.

Adliya vazirligi, savdo-sanoat palatasi va mas‘ul vazirlik va idoralar bilan xamkorlikda respublika darajasida viloyatlarda o‘quv seminari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining 2015 yil 24 avgustdagi 66-sonli bayoni topshiriqlarini ijrosini ta‘minlash va davlat kadastrlari geoaxborot bazasini bosqichma-bosqich shakllantirish maqsadida,

Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish bo‘yicha “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida Shtab tashkil qilindi. Davlat kadastri yurituvchi mas‘ul vazirlik va idoralardan malakali mutaxassislar biriktirildi.

Xar bir davlat kadastrini yuritish va davlat kadastrlari yagona tizimiga tegishli ma‘lumotlarni taqdim etish bo‘yicha aloxida chora-tadbir rejalari ishlab chiqildi va ijroga qaratildi.

Davlat kadastrlarini yuritishga mas‘ul bo‘lgan mutaxassislarni bilim saviyasini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni soxaga joriy etish bo‘yicha “Ergeodezkadastr” davlat qo‘mitasida muntazam ravishda bosqichma-bosqich o‘quv kurslari tashkil etildi.

Natijada 15 ta vazirlik va idoradan 12 tasida jami 267 nafardan ziyod mutaxassis geoaxborot bazalarini yaratish va yuritish bo‘yicha o‘qitildi.

Qo‘mita tizimidagi davlat kadastrlarini shakllantirish va yuritishga mas‘ul bo‘lgan rahbar xodimlari kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish sohasidagi qonunchilikni bilishi va amalda qo‘llashi yuzasidan, attestatsiya sinovlari o‘tkazildi va shundan 198 ta rahbar xodimdan 119 tasi lavozimiga loyiq, 51 tasi lavozimiga shartli loyiq hamda 28 tasi lavozimiga noloyiq deb topildi.

Davlat kadastrlari yagona tizimi bazasiga davlat kadastrlari bo‘yicha mas‘ul vakolatli vazirliklar hamda idoralar tomonidan deyarli barcha davlat kadastrlari bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim etilmoqda hamda geoaxborotlar bazasiga kiritilib borilmoqda. Taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida Davlat kadastrlari yagona tizimining geoaxborot tizimi tematik qatlamlari shakllantirib borilmoqda. Bunda belgilangan matematik asosi davlat va mahalliy koordinatalar tizimida bo‘lgan bazaviy kartografik asoslar bilan ta‘minlash, ularni yangilab borish ishlari olib borildi.

Ushbu bazaviy kartografik asoslar bilan davlat kadastrlarni yurituvchi vakolatli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘liq

100 foiz ta‘minlandi. Mazkur ishlarning davomi sifatida 2015 yilda 1:200 000 masshtabli kartografik asosning tematik qatlamlari yangilab, ularning foydalanuvchilar tomonidan ishlatib borishlari yanada yaxshilanadi.

Davlat kadastrlari yagona tizimining geoaxborot tizimini zamonaviy geografik axborot texnologiyalaridan foydalanib shakllantirish ishlari olib borildi.

2015 yilgacha Davlat kadastrlari yagona tizimining talabi bo‘yicha ma‘lumotlarni yagona tizim, elektron dasturiy format hamda texnologik printsiplar bo‘yicha taqdim etish ishlarini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishida:

- davlat yer kadastri - 62%

- davlat suv kadastri - 57%

- bino-inshootlar davlat kadastri - 43%

- kartografiya-geodeziya davlat kadastri - 76%

- energetika ob‘ektlari davlat kadastri - 45%

- davlat o‘rmon kadastri - 45%

- shaharsozlik davlat kadastri - 40%

- aloqa ob‘ektlari davlat kadastri - 72%

- texnogen xavf yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri- 30%

- gidrotexnika inshootlar davlat kadastri - 24%

- madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri - 15%

- avtomobil yo‘llari davlat kadastri - 16%

- temir yo‘llari davlat kadastri - 20%

- yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - 17%

- chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat

kadastri - 25%

- tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan zonalar davlat kadastri - 35%

- qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar davlat kadastri - 12%

- o‘simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastri - 15%

- hayvonot dunyosi davlat kadastri - 20%



- konlar, foydali qazilmalar va texnogen xosilalarning yuzaga chiqish hollari davlat kadastri - 65% da vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ma‘lumotlar asosida geoaxborot tizimini ArcGIS dasturiy ta‘minotiga o‘tkazish va geoaxborot bazasini shakllantirish ishlari tashkil etilgan.
Download 25,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish