Ergashxodjaeva Sh. Dj



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

Boshqa  xizmatlar.
  Xalqaro  marketingda  boshqa  xizmatlar  qatoriga  asbob-
uskunalardan  tashqari  ularning  tarkibiy  qismlari  kafolati  va  ta’mirlashni  kiritish 
mumkin.  Kompaniya  tomonidan  turli  mamlakatlarda  ko’rsatiluvchi  qo’shimcha 
xizmatlar  hajmi  xaridorlarning  xususiyatlari  va  eksportchining  muayyan  tashqi 
bozordan manfaatdorlik darajasiga bog’liq bo’ladi. 
 
7.9. Xalqaro savdoda servis xizmati 
 
Xalqaro  savdoda  servis  bu  —  eksportchi  va  uning  vakili  tomonidan  amalga 
oshiriluvchi  operasiyalar  majmuasi  bo’lib,  ular  tufayli  chet  ellik  xaridorga  optimal 
tovarni  sotib  olish,  shuningek,  undan  oqilona  va  unumli  foydalanish  imkoniyati 
taqdim etiladi. 
To’g’ri  va  mohirona  tashkil  etilgan  servis  mohiyatiga  ko’ra  chet  ellik 
xaridorning  tovarni  sotib  olishga  qaror  qilishidan  to  tovarning  xizmat  muddati 
tugaguncha  hamrohlik  qiladi.  Qisqa  muddat  foydalaniluvchi  iste’mol  tovarlari  bilan 
bog’liq  xalqaro  servis  operasiyalari  hajmi  va  strukturasi  uzoq  muddat 
foydalaniluvchi,  ayniqsa,  ishlab  chiqarish-texnika  yo’nalishidagi    tovarlardan  keskin 
farq qiladi. Agar birinchi guruhdagi tovarlar uchun servis xizmati kam sonli va oddiy 
bo’lsa,  ikkinchi  guruhdagi  tovarlar  ko’psonli  va  murakkab  servis  xizmatlariga    ega 
hisoblanadi. Servis xizmatlari sotuvdan oldingi (bepul) va sotuvdan keyingi, u esa o’z 
navbatida kafolatlangan va kafolatlanmagan turlarga taqsimlanadi. 
Sotuvdan  oldingi  servis  kamchiliklarni  tuzatish,  mahsulotni  ishga  yaroqli  holga 
keltirish,  uning  ishlashini  namoyish  etish,  maslahat  berish,  zarur  hujjatlar  bilan 
ta’minlash, transport turini tanlash va mahsulotni etkazib berish uchun rasional jadval 
tuzish,  tovarni  chet  ellik  xaridor  manziliga  markazlashgan  etkazib  berish 
yo’nalishlarini tanlash kabilarni o’z ichiga oladi. 


 
172 
Sotuvdan  keyingi  servis  belgilangan  muddat  davomida  amalga  oshiriladi.  U 
quyidagilardan  iborat:  tovarni  markazlashgan  holda  etkazib  berish,  o’rnatish,  ishga 
tushirish,  xodimlarga  texnikani  ekspluatatsiya  qilishni  o’rgatish,  vaqti-vaqti  bilan 
tekshirish  va  profilaktik  ta’mirlash,  eskirgan  qismlarni  almashtirish,  moylash  va 
boshqalar. Mazkur servis xizmatlari muntazam ravishda bepul bajariladi. 
Sotuvdan  keyingi  kafolatlanmagan  servis  o’z  ichiga  xodimlarni  qo’shimcha 
o’qitish,  maslahat  berish,  texnikani  modernizatsiyalash,  texnik  xizmat  ko’rsatish, 
joriy va kapital ta’mirlash kabilarni kiritadi. Mazkur servis xizmatlari hajmi va narxi 
shartnoma, preysko’rant va boshqa hujjatlarda belgilab qo’yiladi. 
Xalqaro  servis  xizmati  ko’rsatish  jarayonida  quyidagilar  huquqiy  tomonlar 
hisoblanadi:
1
 
1)buyurtmachi (texnika egasi yoki uning vakili); 
2)pudratchi  (servis  xizmati  ko’rsatishga  ixtisoslashgan  firma  yoki  firmalar 
assosiasiyasi). 
Buyurtmachining asosiy majburiyatlari quyidagilardan iborat: 

 
pudratchiga mukofot to’lash; 

 
servis  xizmati  ko’rsatiladigan  mamlakatga  borish  uchun  viza  olishni 
engillashtirish; 

 
buyurtma  to’g’risida  ma’lumotlar  hamda  pudratchining  buyurtmachi 
mamlakatda bo’lish qoidalari haqidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash; 

 
barcha zarur hujjatlarni pudratchiga taqdim etish; 

 
pudratchining ish bajarishida unga har jabhada ko’maklashish. 
Pudratchining asosiy majburiyatlari: 

 
buyurtmachi  mamlakatda  bo’lish  to’g’risidagi  qoidalar,  shuningdek,  texnika 
xavfsizligi,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish,  yong’in  xavfsizligi  resurslarni  saqlash 
talablari bo’yicha  barcha qoidalardan xabardor bo’lish va ularni bajarish; 

 
servis xizmatini rejalashtirish; 

 
maslahatlar berish va mos keluvchi tavsiyanomalarni ishlab chiqish; 
                                                
1
  Аникеева-Науменко  Л.О.,  Пересветова  Е.Б.  Международный  маркетинг:  Учебное  пособие  для 
бакалавров – М.: МГУПС (МИИТ), 2015. –  145 с. 


 
173 

 
buyurtmachining xodimlarini o’qitish; 

 
texnikadan unumli foydalanishni rejalashtirish va tashkil etish; 

 
muntazam  ravishda  texnika  vositalarini  tekshirib  borish,  ularni  moylash, 
tozalash va tartibga solib borish; 

 
eskiirgan detal va ehtiyot qismlarni almashtirish; 

 
texnikaga avariya xizmati ko’rsatish; 

 
joriy va kapital ta’mirlashni yo’lga qo’yish; 

 
texnikani montaj va demontaj qilish, ishga tushirish, ishlatib ko’rish; 

 
buyurtmasiga har safar bajarilgan ishlar to’g’risida batafsil hisobot berish. 
Chet elliklarga servis xizmati ko’rsatish bo’yicha xalqaro amaliyotda uni tashkil 
etishning bir nechta tizimi mavjud: 
1.Servis  xizmati  xaridorlar  soni  kam,  mahsulot  texnik  jihatdan  murakkab 
bo’lmagan  va  yuqori  malakali  mutaxassislarni  talab  qilmagan  paytda  faqat  tovarni 
ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
2.Servis  xizmati  xaridorlar  soni  ko’p,  tovar  keng  tarqalgan,  servis  xizmatining 
operativ  xodimlari  mashina,  asbob-uskuna  va  qurilmalarga  maksimal  darajada  yaqin 
bo’lgan  hollarda  ishlab  chiqaruvchining  xaridor  mamlakatdagi  mutaxassislari 
tomonidan amalga oshiriladi.  
3.Servis  xizmati  xaridor  mamlakatda  faoliyat  ko’rsatuvchi  chet  ellik 
ixtisoslashgan 
xizmat  tomonidan  amalga  oshiriladi,  biroq  bunda 
ishlab 
chiqaruvchining  xarajatlari  ortib,  tovar  sifati  va  xaridorlarning  tovarga  bo’lgan 
munosabati haqida birlamchi tezkor ma’lumot olish qiyinlashadi. 
4.  Servis  xizmatini  asosiy  etkazib  beruvchi  mamlakatdagi  turli  xil  asbob-
uskunalar  ishlab  chiqaruvchi,  filiallari  xaridor  mamlakatda  joylashgan  firmalar 
konsorsiumi amalga oshiradi; odatda murakkab texnika va asbob-uskunalarga xizmat 
ko’rsatishda qo’llanadi. 
5.  Servis  xizmati  xaridorlarni,  ularning  malakasi  va  ko’nikmasi,  ekspluatatsiya 
qilish  shartlaridan  xabardor  bo’lgan  vositachilar  (agentlar,  dilerlar,  distribyutorlar) 
tomonidan amalga oshiriladi; importchi mamlakatning kichik hududini qamrab oladi. 


 
174 
6. Servis xizmati boshqa murakkab asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchi, yuqori 
malakali  injener-texnik  va  ishchi  xodimlarga  ega  bo’lgan  chet  ellik  xaridorlar 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Zamonaviy  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlarda  eksport  tovar  siyosati  katta  hajmda 
xalqaro  marketingga  asoslangan    turli-tuman  ishlar  bajarilishini  talab  qiladi,  bu  esa 
xalqaro bozor sub’yektlari tadbirkorlik faoliyatining  ijobiy natijalariga olib keladi. 

Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish