Ergashxodjaeva Sh. Dj


 Eksport siyosatida tovarlarni o’rash, markalash va servis



Download 2,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/273
Sana11.01.2022
Hajmi2,98 Mb.
#350703
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273
Bog'liq
1580-Текст статьи-3779-1-10-20200626 (1)

 
7.8. Eksport siyosatida tovarlarni o’rash, markalash va servis 
 
Eksport    qadoqlashsini  ishlab  chiqish  firmaning  tashqi  bozordagi  tovar 
siyosatining  ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Qadoqlash  bu  tovar  joylashtiriluvchi  o’rov 
materiali  bo’lib,  uning  saqlanishi,  tanib  olinishiga  mo’ljallanadi  hamda  tovar  va 
kommunikatsiya siyosatidan kelib chiqqan holda reklama va axborot bilan ta’minlash 
funksiyalarini bajaradi. 
Qadoqlash  idish,  etiketka,  yorliq  va  markirovkadan  iborat  bo’ladi  hamda 
quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi
1


 
tovarni joylash va uni tashishda himoya qilish; 

 
tashish va foydalanishda qulaylikni ta’minlash; 

 
kommunikatsiya – qadoqlash tovar markasi, tarkibi, foydalanish yo’nalishi va 
hokazolarni namoyish etadi; 

 
bozor segmentasiyasi – qadoqlash bozorning turli segmentlari uchun  maxsus 
ishlab chiqilishi mumkin; 

 
sotuv kanallari bilan hamkorlik – qadoqlash tovar o’tkazish tizimi talablariga 
moslashtirilishi,  uni  saqlash,  muomala  qilishni  engillashtirishi  hamda  mustahkam  va 
uzoq muddat xizmat qilishi lozim; 

 
yangi mahsulotni rejalashtirish – ba’zi firmalar qadoqlashni o’zgartirish bilan 
tovarni yangi tovar sifatida namoyish etadilar. 
                                                
1
  Щегорцов  В.А.,Таран  В.А.,Шойгу  И.А.,Щегорцев  М.В.  Основы  маркетинга:  учебник  для  вузов.  – 
М.:Дело, 2016.- 414 с.
 


 
167 
Deyarli  barcha  mamlakatlarda  xaridorlar  manfaatini  himoya  qilish  maqsadida 
tovar  qadoqlashsi  sohasiga  oid  qonunchilik  mavjud.  g’arbiy  Germaniyada 
qadoqlashni  ratsionallashtirish  jamiyati  keng  iste’mol  tovarlari  qadoqlash  bo’yicha 
normalarni ishlab chiqqan bo’lib, unga ko’ra: 

 
qadoqlashdagi  rasm  va  matnlar  aniq  bo’lishi  hamda  tovarning  mohiyatini 
ifodalashi lozim; 

 
qadoqlangan tovarning  vazni  va  miqdori to’g’risidagi  ma’lumotlar ko’rinarli 
joyda bo’lishi kerak; 

 
qadoqlangan tovarlar soni imkoni boricha butun bo’lishi lozim; 

 
qadoqlashdagi narx aniq va yaxshi ko’rinadigan bo’lishi kerak. 
Shuningdek,  tovar  qadoqlashda  tovar  ishlab  chiqarilgan  payt  va  uni  iste’mol 
qilish  muddati  ko’rsatilishi  zarur.  Bundan  tashqari,  sotuvchilar  uchun  tavsiyalar 
mavjud  –  qadoqlash  xarajatlarini  kamaytirish,  qayta  ishlanishi  oson  bo’lgan 
qadoqlash  yaratish  maslahat  beriladi.  Bu  chora-tadbirlar  ekologik  muhitning 
ifloslanishi sababli hamda moddiy va tabiiy resurslarni tejash uchun muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Xalqaro  savdoda  keng  qamrovli  tovar  massasiga  kiruvchi  har  bir  mahsulot 
haqidagi  ma’lumotlar  chet  ellik  mavjud  va  potensial  xaridorlarga  etkazilishi  lozim. 
Amalda  tovar  haqidagi  ma’lumotlar  vositasi  –  markirovka  shakllantirilgan. 
Markirovka  bu  mahsulot  va  uning  qadoqlashga  ramziy  belgilar,  rasm,  raqamli  va 
harfli belgilarni aks ettirishdir. 
Eksport tovari  markirovkasi  har  doim  quyidagi  ma’lumotlarni  o’z  ichiga  olishi 
lozim:  ishlab  chiqaruvchining  nomi,  buyurtma  nomeri,  qadoqlash  birligi  nomeri, 
ishlab  chiqarilgan  mamlakat  nomi,  o’lchami,  yuklash  va  tushirish  yo’riqnomasi, 
xavfsizlik bo’yicha qo’shimcha ko’rsatmalar. 
Markirovka quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: 
1.  Yukning  tashuvchilar,  oluvchilar  va  xalqaro  bozorning  ishtirok  etuvchi 
boshqa sub’yektlari tomonidan oson tanib olinishini ta’minlaydi. 
2.  Yukni  to’g’ri  saqlash  va  etkazishni  ta’minlash  uchun  mos  keluvchi  tartibni 
ko’rsatadi. 


 
168 
3. U bilan  noto’g’ri  muomala qilinganda tashilayotgan  yoki  saqlanayotgan  yuk 
tug’dirishi mumkin bo’lgan xavf-xatardan ogohlantiradi. 
Xalqaro  savdoda  markirovkadagi  barcha  yozuvlar  import  qiluvchi  mamlakat 
tilida bajariladi. g’arbiy Evropaning ayrim mamlakatlarida to’rt tilda, ayrimlarida esa 
olti xil tilda yozish yo’lga qo’yilgan. Markirovkaning quyidagicha turlari mavjud: 

 
tovar  markirovkasi  –  tovarning  nomi,  GOST  raqami,  tayyorlangan  vaqti, 
zavod markasi, buyurtma va naryad nomeri; 

 
jo’natish  markirovkasi  –  tovarni  jo’natish  va  qabul  qilish  manzili, 
jo’natuvchi va qabul qiluvchining nomi, brutto va netto vazni; 

 
transport  markirovkasi  –  transport  hujjatiga  asosan  tashilayotgan 
Download 2,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish