17.2. Reklama byudjeti va uni rejalashtirish
Reklama kompaniyasi kampaniya maqsadlarini aks ettiradigan va har bir
reklama xabarida bo‘ladigan tayanch mavzuga (g‘oyaga) asoslanishi lozim. Bu
holatda har bir reklama xabari kutilayotgan yakuniy natijalarga erishishda qolgan
reklama xabarlarini «qo‘llab-quvvatlagan» bo‘lardi.
Maqsadga, kampaniyadan kampaniyaga qarab ularning mavzulari ham
o‘zgaradi. Ma’lum bir tayanch mavzuni tanlash reklama kampaniyasini
rejalashtirishning zaruriy elementidir.
Tovarni xarid qilish foydasiga ishlaydigan dalillar, motivlarni, shuningdek, shior
ko‘rinishida ifodalanadigan reklama kampaniyasining asosiy g‘oyasini aniqlash
reklama kampaniyasini tayyorlashda eng muhim vazifa hisoblanadi. Har bir reklama
vositasida faqat uning yordamida samarali etkazish mumkin bo‘lgan dalillar
foydalanilishi lozim.
Reklama kampaniyasi vaqtida foydalanish ko‘da tutilgan reklama vositalarini
tanlashda shuningdek, ularning har birini tayyorlash va chiqarish vaqti ham hisobga
olinadi. Reklama vositalari joylashtiriladigan mintaqa, u yoki bu tadbir o‘tkaziladigan
351
joyni belgilash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama kampaniyasi tayyorlashning yakuniy natijasi uni o‘tkazish rejasini va
xarajatlar yakuniy smetasini tuzish hisoblanadi. Bunda olingan xarajatlar miqdorini
reklama beruvchi reklama kampaniyasi o‘tkazishga ajratgan mablag‘lar miqdori bilan
taqqoslash zarur.
Reklama kampaniyasi o‘tkazish rejasida alohida reklama tadbirlarini amalga
oshirish davriyligi ko‘zda tutiladi, ularning umumiy soni, ba’zida esa aniq
o‘tkaziladigan sanasi belgilanadi, ya’ni reklama vositalaridan foydalanish jadvali
tuziladi.
Reklama kampaniyasi tayyorlash va o‘tkazish bilan bog‘liq alohida tashkiliy
chora-tadbirlarni rejalashtirishda bu tadbirlarni o‘tkazish aniq muddatlari ham zarur.
Bunday tashkiliy chora-tadbirlar qatoriga turli kengashlar, seminarlar, taqdimotlar,
kampaniya qatnashchilariga uni o‘tkazish tartibi haqida axborot xatlari tayyorlash va
jo‘natish kiradi.
Kengashlar, seminar va taqdimotlar reklama kampaniyasi boshlanishidan oldin
ham, uni o‘tkazish davomida ham kampaniya qatnashchilarini alohida tadbirlar
vazifalari, borishi va xususiyatlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil qilinadi.
Reklama kampaniyasi rejasi tuzilgandan so‘ng uning barcha elementlari ishlab
chiqiladi, tanlangan maqsad va g‘oyaning ehtimoliy samaradorligi tekshiriladi.
Bundan
tashqari,
reklama kampaniyasi elementlarini o‘gartirish, zaruriy
aniqlashtirish amalga oshiriladi, shuningdek, kampaniyaga yakun yasaladi.
Reklama kampaniyasiga yakun yasashda asosiy vazifa qanday hal etilganligi,
qaysi reklama vositalari va tadbirlari iste’molchilarga ko‘proq ta’sir ko‘rsatganligi, u
yoki bu tadbirni o‘tkazishga nimalar xalal bergani aniqlanadi.
Amaliyotda ularga amal qilish reklama kampaniyasi oldida turgan vazifani hal
etishga imkon beradigan qator tamoyillar ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar qatoriga
quyidagilar kiradi:
1. Yaxshi reklamaning asosida doimo yaxshi g‘oya yotadi. G‘oya bu – butun
reklama kampaniyasi unga asosan tashkil qilinishi lozim bo‘lgan tayanchdir. G‘oyani
ishlab chiqqach, u firma imidjiga, uning logotipiga, shioriga va h.k.ga qanchalik mos
352
kelishini tekshiring.
2. O‘z reklamangizga dalillar keltiring: agar ular siz uchun ishonchli bo‘lmasa,
boshqa hech kimni ham ishontira olmaydi.
3. Agar sizning tovar mashhur bo‘lsa, uning ustunliklari va xaridor uchun zarur
bo‘lgan xislatlari haqida gapirib bering, bunda bu tovar sizga qanchaga tushgani va
uning siz uchun qanchalik qimmatli ekanligi haqida so‘z ochmang. Biroq
iste’molchiga siz tovar (yoki xizmat ko‘rsatish) sifatiga qanday erishishingiz, bunga
qancha kuch sarflashingiz haqida gapirish mumkin va lozim hamdir.
4. Agar tovar mashhur bo‘lmasa, xaridorni u bilan tanishtirishni yoddan
chiqarmang. YAxshi bilamagan narsani sotib olish mumkin emas.
5. Tovaringizni maqtang, lekin o‘ta yuqori darajalar va favqulodda
taqqoslashlardan qoching. Haqiqatni gapiring, lekin uni chiroyli so‘zlar bilan ayta
oling.
6. Tovar sifatini reklama sifati bilan muvofiqlashtiring. Beparvolik bilan
qilingan reklama tovar sifatining etarli darajada emasligi haqida o‘ylashga majbur
qiladi. Behuda zo‘r bermang, o‘rtacha tovarga juda qimmat reklama tayyorlash kerak
emas. Bunday aldov tezda ochiladi, reklamaga sarflangan pul esa o‘zini oqlamasligi
mumkin. Yaponlarda «maqbul keladigan sifat darajasi» iborasi mavjud. Bu erda
tovarga kiritilgan sifat uning qiymatiga mos kelishi ko‘zda tutiladi. Reklama bilan
ham shunday – uning qiymati tovar qiymatiga mos kelishi lozim.
7. Reklamada ijobiy hissiyotlardan foydalaning. Bu hissiyotlar hozirgi kishilarda
juda kam.
8. O‘z reklama obrazingizni yarating (reklama e’lonlarini ma’lum bir tarzda
tayyorlash, shrift, bezash elementlari, o‘zgaruvchan matnli namunaviy original-
maket) va undan imkon qadar uzoqroq foydalaning. O‘z uslubingizni yarating,
shunda sizning «reklama biznes»ingiz asta-sekinlik bilan kengayadi, mizning tovar
yoki xizmatlar bilan tanish bo‘lgan odamlar umumiy soni orta boshlaydi.
9. Sizning muloqot doirangiz uchun to‘g‘ri keladigan shakllar va usullarni
qo‘llang. Urf bo‘lgan usullarning ortidan quvmang. Ularni albatta o‘z xaridoringizga
o‘lsab ko‘ring, ularni tushunarmikan yoki yo‘qmi.
353
Do'stlaringiz bilan baham: |