Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B


 Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

5.2. Korxonada pablik rileyshnz tashkil qilish 

 

Pablik  rileyshnz  bu  –  jamoatchilik  bilan  aloqalar  tizimi  bo’lib,  firma  va 



jamoatchilik o’rtasida o’zaro munosabatlarni rivojlantirish bo’yicha doimiy faoliyatni 

ko’zda tutadi. 

Pablik  rileyshnz  (PR)  faoliyat  ko’rsatayotgan  korxona  yoki  tashkilot 

menejmentining  funksiyalaridan  biri  sifatida  tushuniladi.  Pablik  rileyshnz  ko’plab 

ta’riflari  mavjud  bo’lib,  ularning  ichida  qisqachasi  quyidacha  pablik  rileyshnz  – 

tashkilot  va  jamoatchilik  o’rtasida  kommunikatsiya  o’rnatish  va  qo’llab-quvvatlash 

bo’yicha menejmentning mustaqil funksiyasi.  

Kommunikatsiya  bu  –  odamlar  o’rtasida  axborot  almashinish.  Axborot 

almashinish  shuningdek,  tashkilot  va  odamlar  o’rtasida,  turli  tashkilotlar  o’rtasida 

ham amalga oshiriladi.  

Ommaviy kommunikatsiya bu – odamlarni xabardor qilish va ularning baholari, 

fikri  va  xulq-atvoriga  ta’sir  etish  maqsadida  ommaviy  axborot  vositalari  orqali 

sistematik xabarlar tarqatishdir. 

Shu  bilan  birga,  pablik  rileyshnz  marketing  bilan  ham  chambarchas  bog’liq. 

G’arb  mamlakatlarida  ta’kidlab  o’tilishiga  ko’ra,  PR  «product»  (mahsulot),  «price» 

(narx),  «promotion»  (ilgari  surish),  «place»  (joy)  bilan  bir  qatorda  marketing 

majmuining beshinchi «R» («pi») elementi hisoblanadi. Biroq PR «ilgari surish»dan 

shunisi bilan farq qiladiki, u jamoatchilik ongiga mahsulotning o’zidan ko’ra ko’proq 

korxonani  ilgari  suradi  (reklama  qiladi).  Mahsulotni  (tovarni,  xizmatni)  ilgari  surish 

asosan iste’molchilar bilan, PR esa – keng jamoatchilik bilan amalga oshiriladi. 

Shuni  ham  ta’kidlash  joizki,  pablik  rileyshnz  bir  vaqtning  o’zida  keng 



 

78 


jamoatchilikka  ma’lum  bir  faoliyat  bilan  shug’ullanuvchi  korxonani  tanishtiradigan 

reklama vositalaridan biri ham hisoblanadi. Quyidagi muhim bir xususiyatni hisobga 

oli  kerak:  PR  tovarni  emas,  firmani  va  bozorda  emas,  jamiyatda  ilgari  surishga 

yo’naltiriladi.  PR  mahsulotni  darhol  sotish  bilan  bog’liq  emas.  Bu  uzoq  muddatli 

reklama. 

«Pablik  rileyshnz»  ifodasi  so’zma-so’z  olganda  ommaviy,  ijtimoiy  jamiyatga 

taalluqli  munosabatlarni  anglatadi.  Hozirgi  paytda  mos  keluvchi  adabiyotlarda  bitta 

tushunchaning  ikkita  bir  xil  ahamiyatga  molik  nomi  -  «pablik  rileyshnz»  va 

«jamoatchilik bilan aloqalar» ko’p uchramoqda. 

PR  faoliyatining  asosiy  yo’nalishi  jamoatchilik  ongini  boshqarish,  ya’ni 

tashkilot  muvaffaqiyatga  erishishi  uchun  qulay  bo’lgan  ichki  va  tashqi  ijtimoiy, 

iqtisodiy,  siyosiy,  psixologik  muhit  yaratish  hisoblanadi.  Bu  strategik  maqsadga 

firmaning  ijtimoiy  muhit:  mijozlar,  hukumat  organlari,  ommaviy  axborot  vositalari, 

firma xodimlari bilan kommunikatsiyalarsiz erishib bo’lmaydi. 

PR tizimi taklif etilayotgan  mahsulot, tashkilot, korxona  yoki biron-bir  hodisa 

borasida  jamoatchilik  fikrini  shakllantirish,  kuchaytirish  yoki  o’zgartirish  maqsadida 

jamoatchilik  fikriga  ta’sir  ko’rsatishi  lozim.  Fikr  bu  –  alohida  shaxsning  biron-bir 

hodisaga  munosabatidir.  Bir  guruh  odamlar  fikri  jamoatchilik  fikri  sifatida 

tavsiflanadi. 

Jamoatchilik  fikri  bu  –  jamiyatda  yuz  berayotgan  hodisalarga,  turli  guruhlar, 

tashkilotlar,  alohida  shaxslar  faoliyatiga  munosabatdan  (ochiq  yoki  yashirin)  iborat 

bo’lgan  ommaviy  ong  holatidir.  Bu  voqelik  haqida  fikr-mulohazalar  yig’indisidir. 

Fikr ijobiy, salbiy, betaraf, mavjud emas bo’lishi mumkin. 

Tijorat  sohasida  jamoatchilik  fikri  qoidaga  ko’ra,  bozor  tadqiqotlari  asosida 

aniqlanadigan  mahsulot  (tovar,  xizmat),  bozor  kon’yunkturasi,  raqobatchilarning 

bozor siyosati va h.k. haqida xususiy fikrlar sintezi sifatida aniqlanadi. 

Firma  o’z  faoliyati  jarayonida  doimiy  ravishda  ishbilarmon  jamoatchilikka, 

ya’ni  moliyaviy  muassasalar,  mahalliy  va  markaziy  hukumat  organlari,  hamkorlar, 

aksiyadorlar, xaridorlar va h.k. bilan duch keladi. 

Oqilona  tashkil  qilingan  PR  tadbirkorlik  faoliyatini  rejalashtirish  va  tashkil 



 

79 


qilishdagi  kamchiliklarni  tezkorlik  bilan  aniqlashga  yordam  beradi.  PR  bilmasdan 

turib jamoatchilik bilan samarali hamkorlik o’rnatib bo’lmaydi. 



Jamoatchilik  bu  –  vaziyat  muammoliligini  biladigan  va  unga  bir  xil  tarzda 

javob beradigan,  ma’lum bir  holatlar ta’siri ostida  yuzaga kelgan odamlar  guruhidir. 

Ichki  (yopiq)  va  tashqi  (ochiq)  jamoatchilik  farqlanadi.  Ichki  jamoatchilik  bu  – 

xizmat  munosabatlari,  an’analar,  xizmat  intizomiga  bo’ysunadigan  korporativ 

jamoatchilik  bilan  birlashtirilgan  korxona  xodimlaridir.  Bunday  umumiylik  ijtimoiy 

umumiylik  deb  ataladi.  Tashqi  jamoatchilik  bu  –  tovar  va  xizmatlar  ko’p  sonli 

iste’molchilar  guruhi,  ommaviy  axborot  vositalari,  siyosiy  harakatlar,  partiyalar  va 

fraksiyalar  qatnashchilar.  «O’z»  jamoatchiligi  bu  –  mazkur  korxona  o’z  faoliyati 

o’ziga xosliklari tufayli u ishlashi mumkin bo’lgan odamlar doirasi. 

PR  muhim  elementi  sanalgan  ishbilarmonlik  muloqoti  firmaning  tadbirkorlik 

faoliyatidagi  joriy  va  istiqbolli  vazifalarni  hal  etishga  qaratiladi.  Ishbilarmonlik 



muloqoti  bu  –  biznes  bo’yicha  hamkorlar  bilan  kutilayotgan  natijaga  erishish  uchun 

aloqaga kirishishga imkon beradigan faoliyat. 

«Pablisiti»  degan  tushuncha  ham  mavjud  bo’lib,  u  bilan  «pablik  rileyshnz» 

o’rtasida  qalin  aloqa  bor.  So’zma-so’z  tarjima  qilganda  pablisiti  (publicity)  korxona 

va  uning  faoliyati  ommaviyligi,  mashhurligini  anglatadi.  Bizda  «imidj»  tushunchasi 

ham  keng  tarqalgan  bo’lib,  ingliz  tilidan  tarjima  qilganda  bu  «qiyofa»,  ya’ni 

jamoatchilik  nigohida  shakllangan  korxona  qiyofasini  anglatadi.  Ijobiy  imidj 

korxonaning raqobatbardoshligini oshiradi, iste’molchilar va hamkorlarni jalb qiladi, 

faoliyat hajmi, demak, korxona daromadlarini ham ko’paytiradi. 

Pablik  rileyshnz  bu  –  bir  vaqtning  o’zida  turli  mutaxassislar  –  psixologlar, 

sosiologlar,  iqtisodchilar,  jurnalistlar  va  h.k.  harakatlarini  sintez  qiladigan  san’at  va 

fandir.  Ular  firma  nufuzini  rivojlantirish  bo’yicha  kampaniya  ishlab  chiqish  va 

amalga oshirishi lozim. 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish