Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

3.  Media-kit  (media-kit)  –  matbuot  orqali  keng  muloqot  diorasiga 

tarqatiladigan  bir  necha  xil  turdagi  axborot  materiallari  komplekti.  Kit  (komplekt) 

savol-javob ko’rinishida bajarilgan materialdan iborat bo’lishi mumkin. 

4.  Fitche  (feature)  –  sensasion,  ko’ngilocharlik  materiali.  Bu  maqola  latifalar, 

kulgili  va  qiziqarli  vaziyatlardan  foydalangan  holda  yumoristik  shaklda  bayon 

qilinadi.  Shu  bilan  birga  u  keng  omma  uchun  foydali  ishbilarmonlik  axboroti  ham 

berishi kerak. 

5.  Keys-tarix  (case  history)  –  korxona  faoliyati  tarixida  ro’y  bergan  voqea, 

syujet bo’lib, korxona nufuzining  ortishiga xizmat qilishi  lozim. Bunda keys-tarixda 

bayon  qilingan  tajriba  jamoatchilik  uchun  qiziqish  uyg’otishi  va  boshq  korxonalar 

tomonidan  foydalanilishi  lozim.  Bu  yerda  muammo  qanday  vositalar  bilan  hal 

etilgani, uni hal qilish natijasida qaysi ijobiy natijalar olingani ko’rsatilishi lozim. 

6. Biron-bir  muammo bo’yicha nomi yozilgan (by-liner)  maqolalar  mutaxassis 

tomonidan  yoziladi.  Qoidaga  ko’ra,  firma  rahbari  nomi  bilan  imzolanadi  va  chop 

etiladi.  Bunday  mualliflik  maqolalari  rahbarni  ekspert  sifatida  ko’rsatadi,  firma 

rahbariyati va korxona nufuzini sezilarli darajada oshiradi. 

7.  Sharhli  maqolalar  (round-up  article)  qoidaga  ko’ra,  nisbatan  yirik 

muammolarga  bag’ishlanadi.  Korxona  faoliyati  miqyosiga  qarab,  uning  xodimlari 

mintaqa,  mamlakat yoki o’z tarmog’i darajasidagi  muammolarni  va ularni  hal qilish 

yo’llarini  taqdim  etishlari  mumkin.  Bunday  maqolalar  chop  etishni  turli  nashrlar 

unchalik xush ko’rmaydi. 

8. Biron-bir korxonaning  matbuotdagi  bayonoti odatda  uning biron-bir  masala 

borasidagi,  yuzaga  kelgan  vaziyatdagi  siyosatini  izohlash,  tushuntirish  zarurati  bilan 

bog’liq  bo’ladi.  Bayonot  ko’ngilsiz  oqibatlarning  oldini  olish  uchun  himoya 

xarakteriga ega bo’lishi mumkin. 

9.  Intervyu  –  axborotga  ega  bo’lgan  shaxs  va  uni  olish  istagida  bo’lgan 

jurnalist o’rtasida muloqot, savol va javoblar ko’rinishidagi suhbat. 

10.  Reportaj  –  u  yoki  bu  hodisa  mazmunini  shu  hodisaning  bevosita 




 

97 


ishtirokchisi yoki guvohi bo’lgan shaxs nomidan taqdim etish. 

11.  Brifing  –  muassasa  rahbariyatining  jurnalistlar  bilan  vaqt  bo’yicha  qisqa 

uchrashuvi.  Brifing  muayyan  dalillarni  namoyish  etgan  holda  bir  tomonlama 

xabardor  qilish  xarakteriga  ega  bo’ladi.  Bu  matbuot  anjumanining  o’zginasi,  faqat 

sharhlarsiz ko’rinishda, xols. 

Pablik rileyshnz xizmatining ommaviy axborot vositalari bilan ishlashi 

Mamlakatimizda  ommaviy  axborot  vositalari  «Ommaviy  axborot  vositalari 

to’g’risida»gi,  «Reklama  to’g’risida»gi,  «Axborot,  axborotlashtirish  va  axborotni 

himoya qilish to’g’risida»gi qonunlar asosida faoliyat ko’rsatadi. Ushbu qonunlardan 

tashqari OAV o’z faoliyatida mamlakat Prezidenti va hukumatining turli farmonlari, 

qarorlar  va  farmoyishlariga  amal  qiladi.  OAV  bilan  ishlashda  barcha  korxona  va 

tashkilotlar doimo ushbu hujjatlarga asoslanadi. 

PR  xizmati  uchun  asosiy  vazifa  OAV  bilan  aloqa  o’rnatish  va  ular  orqali 

jamoatchilikka  (muloqot  doirasiga)  ta’sir  ko’rsatish  hisoblanadi.  Buning  uchun  PR 

xizmati quyidagi ishlarni amalga oshirishi lozim: 

– OAV tomonidan chop etilgan axborotlarni to’plash va tahlil qilish; 

– OAV uchun axborot taqim etish; 

Korxona  uchun  OAV  xush  ko’rishiga  erishish  muhim  vazifa  hisoblanadi.  PR 

mutaxassislari  o’z  firmasi  va  OAV  o’rtasidagi  munosabatlarni  boshqarishga  harakat 

qilishlari  lozim.  OAV  bilan  munosabatlarni  shakllantirar  ekak,  firma  u  bilan  o’zaro 

aloqalar  aniq  siyosatini  belgilab  olishi  lozim.  Bu  siyosat  PR  xizmatining  quyidagi 

qoidalarga amal qilishini ko’zda tutadi: 

– OAV bilan muloqot qilish uchun doimo ochiq bo’lish; 

–  OAV  uchun  ular  asosida  jurnalistlar  chop  etish  uchun  material 

tayyorlaydigan materiallar taqdim etish; 

– OAVga ularni o’rganish va o’z vaqtida chop etish imkoniyatini berish uchun 

axborotni oldindanberish; 

– OAV uchun xabarlar aniq, tushunarli bo’lishi va qabul qilingan me’yorlarga 

javob berishi lozim; 

– xabarlar ob’ektiv, mubolag’asiz va xatolarsiz bo’lishi lozim; 



 

98 


–  yolg’on  xabarlarga,  noto’g’ri  dalillarga  zudlik  bilan  javob  berish  va  ularni 

rad qilish zarur. 

PR  xizmati  OAV  bilan  amalga  oshiriladigan  ishlarni  o’z  rahbariyati  bilan 

muvofiqlashtirishi va doimo o’z axborotiga kerakli ohang berishi lozim. 

Korxonalarning  iste’molchilar  bilan  munosabatlari  birinchi  navbatda, 

«Iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  to’g’risida»gi  Qonun  asosida  tashkil 

qilishlari lozim. 

Iste’molchilar  bilan  munosabatlarning  asosiy  maqsadi  –  korxonaning  o’z 

mahsulotlarini  soitsh  hajmini  oshirishdir.  Bu  maqsad  quyidagi  shartlarda  erishilishi 

mumkin: 


1.Mavjud  iste’molchilarni  saqlab  qolish.  Iste’molchilar  bilan  munosabatlar 

ma’lum  bir  harakatlar  bilan  bu  xaridorlarning  firmadan  qoniqqanligini  ta’minlashi 

lozim. Masalan, o’z mavzesidagi doimiy xaridorlarga tovarni kreditga, «chin so’z»ga 

ishongan  holda  berar  ekan,  oziq-ovqat  magazini  bu  odamlarni  o’ziga  «bog’lab» 

qo’yishi mumkin. 

2.  Yangi  iste’molchilar  jalb  qilish.  Masalan,  biron-bir  tabiiy  ofat  yoki 

favqulodda  vaziyat ro’y  bergan  holatda  firma  bundan  zarar  ko’rganlarni  oziq-ovqat, 

issiq  kiyim  bilan  ta’minlagan  holda  o’zi  uchun  ijobiy  imidj  yaratadi,  demak,  yangi 

xaridorlarni jolb qiladi, bu esa mahsulot sotish hajmining o’sishiga olib keladi. 

Iste’molchilar  bilan  barqaror,  ishonch  asosidagi  munosabatlar  ancha  ko’proq 

tovarlar  va  xizmatlar  sotishga  imkon  beradi.  Shu  boisdan  iste’molchi  bilan 

munosabatlar  PR  faoliyatining  muhim  yo’nalishi  hisoblanadi.  G’arb  mamlakatlarida 

ko’plab  firmalar  PR  xizmati  tarkibida  iste’molchilar  bilan  munosabatlar 

bo’linmalariga egadir. 

90-yillarda 

AQShda 


konsyumeristik 

(iste’molchi) 

falsafasi, 

ya’ni 


iste’molchilar  huquqlarini  himoya  qilish  falsafasi  keng  tarqaldi.  Masalan,  Chrysler 

Motors  kompaniyasi  tovar  kafolati  bilan  bog’liq  muammolarni  hal  qilishni 

kafolatlaydigan  «Xaridorlar  huquqlari  haqida  Bill»  ishlab  chiqdi  va  e’lon  qildi. 

Xaridorlar  ishonchini  saqlash,  ularni  yo’qotmaslik  uchun  firmalar  katta  mablag’lar 

sarflaydi.  Misol  uchun,  1995  yil  Intel  firmasi  nuqsoni  bo’lgan  chipli  Pentium 



 

99 


prosessorlarini  almashtirish  bo’yicha  keng  miqyosdagi  kampaniyani  amalga  oshirdi. 

Natijada  kompaniya  nafaqat  iste’molchilar  bilan,  balki  hamkorlar  va  kompyuter 

sotuvchilari bilan ham ishonch asosidagi munosabatlarni saqlab qoldi. 

Asosiy faoliyat – tovarlar sotishdan tashqari korxonalar xaridorlarga turli bepul 

xizmatlar  ko’rsatishi  ham  mumkin.  Masalan,  tovarlar  assortimentining  xaridorlarni 

shoshirib  qo’yadigan  darajada  kengligi  tufayli  General  Electric  kompaniyasi 

iste’molchilarni yangi tovarlar haqida xabardor qiladigan, tunu-kun ishlaydigan bepul 

telefon xizmatini joriy qildi. 




Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish