Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B



Download 3,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/272
Sana31.12.2021
Hajmi3,26 Mb.
#207540
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272
Bog'liq
1502-Текст статьи-4094-1-10-20200627

 

7.4. Tarmoq marketingi 

To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy va tez rivojlanayotgan shakli 

kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo kabi tushuncha bilan bog’liq. 

Interaktiv  marketing  tezkor  rejimda  axborot  xizmatlari  taqdim  etuvchi 

interaktiv  kompyuter  xizmatlari  yordamida  amalga  oshiriladi.  Tezkor  marketing 

uchun  sotuvchi  va  xaridor  o’rtasida  ikki  taraflama  elektron  aloqani  ta’minlaydigan 

tizimlar  foydalaniladi.  Xaridor  kompyuterini  (yoki  televizor  asosidagi  Web-

mashinalarni)  turli  xizmatlar  bilan  bog’lash  modem  va  telefon  liniyalari  vositasida 

ta’minlanadi.  Interaktiv  marketingning  ikki  xil  kanal  turalri  mavjud:  tijorat  tezkor 

axborot xizmatlari va Internet. 

Interaktiv marketing va elektron savdo 

To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy  va tez rivojlanayotgan shakli 

kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo tushunchasi bilan bog’liq. 

Tijorat tezkor axborot xizmatlari o’z abonentlariga onlayn rejimida belgilangan 

oylik to’lovlar evaziga marketing xizmatlari va axborot taqdim etadi.  

Bunday  xizmatlarning  eng  mashhurlari  America  Online,  CompuServe  va 

Prodigy  hisoblanadi  (abonentlar  soni  mos  ravishda  8  million,  2,5  million  va  bir 

million kishi).  

Bu  tijorat  tezkor  axborot  xizmatlari  o’z  abonentlariga  zarur  axborot  taqdim 

etadi  (yangiliklar,  kutubxonalar,  ta’lim,  sayohatlar,  sport,  ma’lumotnomalar),  ularga 

dam  olish  (o’yinlar  va  boshqalar)  va  savdo  xizmatlarini  ta’minlaydi,  abonentlar 

o’rtasida  suhbat  tashkillashtiradi  (elektron  e’lon  taxtalari,  forumlar,  suhbat  uchun 

xonalar)  va  elektron  pochta  xizmatlari  taqdim  etadi.  Uy  kompyuterida  sichqoncha 

tugmasini  bir  necha  marta  bosib,  bu  xizmatlar  abonentlari  mos  keluvchi  kataloglar 

bo’yicha  xilma-xil  mahsulot  va  xizmatlarga  buyurtma  berishi  mumkin.  Bundan 

tashqari,  ular  mahalliy  banklarda  turli  bank  operasiyalarini  bajarishi,  xilma-xil 

brokerlik  idoralari  yordamida  investision  faoliyat  bilan  shug’ullanishi, 



 

153 


aviachiptalarga  buyurtma  berishi,  mehonxonalarda  joy  buyurtma  berishi,  ijaraga 

avtomobil  buyurtma  qilishi,  kompyuter  o’yinlarini  o’ynashi,  turli  viktorina  va 

konkurslarda ishtirok etishi, turli tovarlar va xizmatlarning iste’mol reytinglari haqida 

ma’lumotnomalar  olishi,  sport  musobaqalarining  natijalarini  bilib  olishi  va  sport 

statistikasi  bilan  tanishishi,  ob-havo  bashoratini  bilib  olishi  va  xizmatning  boshqa 

abonentalri bilan elektron pochta xabarlari almashishi mumkin. 

O’tgan  asrning  90-yillaridagi  jadal  rivojlanish  davridan  so’ng  tijorat  tezkor 

axborot  xizmatalri  interaktiv  marketingning  bosh  kanali  sifatida  Internet  tomonidan 

kuchl raqobatni his qila boshladi.  

Boshqa  tomondan,  tezkor  axborot  xizmatlarining  o’zi  hozirda  internetni 

o’zlarining  asosiy  xizmat  turlaridan  biri  sifatida  taqdim  etmoqda.  Internet  – 

kompyuter  tarmoqlari  jadal  rivojlanayotgan  global  «o’rgimchak  to’ri»dir.  Internet 

tarixi  o’tgan  asrning  60-yillariga  borib  taqaladi.  O’shanda  AQSh  Mudofaa  vazirligi 

loyihalaridan  biri  bo’yicha  barcha  davlat  ilmiy-tadqiqotchilik  institutlari,  pudratchi 

korxonalar  va  harbiy  ob’ektlarni  umumiy  kompyuter  tarmog’iga  bog’lash  ko’zda 

tutilgan.  

Hozirgi  kunda  hamma  uchun  ochiq  bo’lgan  ushbu  ulkan  kompyuter  tarmog’i 

butun dunyoning kompyuterdan foydalanuvchilarii bog’lab turadi (bunda kompyuter 

turi  hech  qanday  ahamiyatga  ega  emas).  Har  qanday  shaxsiy  kompyuter,  modem  va 

mos  keluvchi  dasturiy  ta’minot  egasi  internet  orqali  o’ziga  zarur  bo’lgan  axborot 

(bunda  mavzular  umuman  cheklanmaydi)  izlashi  va  uni  o’z  kompyuteriga  yuklab 

olishi  mumkin.  Bundan  tashqari  u  internetga  ulanish  imkoniga  ega  bo’lgan  boshqa 

odamlar bilan muloqot qilish mumkin. 

Internetdan keng foydalanish World Wide Webga ulanish uchun qulay standart 

va  Netscape  Navigator,  Microsoft  Internet  Explorer  va  Mosaic  kabi  Web-brouzer 

dasturiy  ta’minoti  ishlab  chiqish  bilan  rag’batlantirilgan.  Web-brouzerlar  shu  qadar 

oddiy  va  ishlash  uchun  qulayki,  hatto  birinchi  marta  ko’rganlar  ham  Web  makoni 

bo’ylab  harakat qilishda  hech  qiyinchilik sezmaydi.  Web  foydalanuvchilari  elektron 

pochta  xabarlari,  grafik  tasvirlar  almashinishi,  elektron  xaridlarni  amalga  oshirishi, 

eng so’nggi yangiliklar, oshpazlar reseptlari, tasviriy san’at asarlari va ishbilarmonlik 




 

154 


axborotlari  bilan  tanishishi  mumkin.  garchi  har  bir  alohida  foydalanuvchi,  qoidaga 

ko’ra,  tijorat  provayderlariga  internetga  ulanishni  ta’minlaganlik  uchun  ma’lum 

miqdorda  pul  to’lashiga  to’g’ri  kelsada,  umuman  olganda  Internet  bepul  tarmoq 

hisoblanadi. 

Interaktiv marketingning jadal rivojlanishi 

Oxirgi yillarda bir nechta yirik Internet marketing tizimlari abonentlar sonining 

juda  ko’pligi,  o’ta  sust  foydalanish  yoki  xaridni  amalga  oshirish  jarayonlari  bu 

tizimlardan  foydalanuvchilar  uchun  juda  chalkash  va  murakkab  bo’lib  ko’ringani 

uchun 

tovarlar 



xarid 

qilishning 

odatiy 

usullariga 

qaytgani 

tufayli 


muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Ilk tezkor axborot va elektron xarid xizmatlari AQShda 

paydo  bo’lgan.  Nesmotrya  na  to,  chto  ispolzovanie  Internetdan  foydalanish  va 

interaktiv  marketing  hozircha  shakllanish  bosqichida  ekanligia  sababli  ularning 

rivojlanishi jo’shqin, shiddatli xarakterga ega. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, 

16  yosh  va  undan  katta  bo’lgan  AQSh  va  Kanada  aholisining  78%i  Internet 

xizmatlaridan foydalangan. Bundan tashqari, katta yoshdagi aholining 26%i America 

Online  va  CompuServe  kabi  tijorat  tezkor  axborot  xizmatlari  taqdim  etadigan  turli 

xizmatlardan  foydalanadi.  Hozirgi  paytda  sayyoramizda  taxminan  2,4  mlrd  kishi 

internet foydalanuvchilari hisoblanadi. 1-rasmda dunyoning yetakchi mamlakatlarida 

internetdan  foydalanish  ko’lami  aks  ettirilgan.  Mutaxassislarning  bergan  baholariga 

ko’ra,  katta  yoshdagi  Rossiya  aholisining  49%i  (bu  57,1  mln  kishi)  har  kuni 

Internetdan foydalanadi. Ayrim tahlilchilarning fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib dunyo 

miqyosida  26  mlrd  qurilma  internetga  ulanish  imkoniga  ega  bo’ladi  va  6,1  mlrd 

abonent  smartfonlar  orqali  internetdan  foydalanadi.  Bu  mobil  internetning  jadal 

rivojlanishiga sababchi bo’lib, besh  yildan so’ng sayyoramiz  hududining 90%i  unga 

ulangan bo’ladi  

Jahon  interaktiv  marketingi  ulushining  asosiy  qismi  AQShga  to’g’ri  kelishi, 

Internet  esa  hali  tovarlarni  bozor  tomon  harakatlantirshining  asosiy  vositasiga 

aylanishga  ulgurmaganiga  qaramay,  yevropalik  ishlab  chiqaruvchilar  bu  yangi 

texnologiyalarga  e’tibor  qaratmasligi  mumkin  emas.  Internetdan  foydalanuvchilar 

turli  sabablarga  ko’ra:  bekorchilikdan,  tomosha  qilish  uchun,  yangiliklardan  xabar 



 

155 


topish,  amaliy  ehtiyojlar  (o’qish  va  ishda  foydalanish)  maqsadida  internetga  tashrif 

buyuradi.  

Shunday  qilib,  elektron  xaridlar  internet  tarmog’idagi  yagona  va  asosiy 

muloqot  maqsadi  sanalmaydi.  Biroq  vaqt  o’tishi  bilan  Internet  yordamida  xorij 

bozorlarida  iste’molchilarga  tovar  va  xizmatlar  taqdim  etish  uchun  tobora  ko’plab 

imkoniyatlar  ochiladi.  Masalan,  kitob  savdosi  bilan  shug’ullanuvchi  Amazon.com 

internet  magazini  sotuv  hajmining  27%i  xorij  mamlakatlariga  –  ko’pincha  ularni 

qiziqtiradigan  kitobni  xarid  qilishning  boshqa  imkoniyatini  topa  olmaydigan 

xaridorlarga  to’g’ri  keladi.  Yevropada  birinchi  «interaktiv  radiostansiya»  loyihasini 

amalga  oshirgan  Virgin  Radio  ushbu  radiostansiyaning  veb-uzeliga  murojaat  qilgan 

internet  foydalanuvchilari  kompyuterlari  orqali  to’g’ridan-to’g’ri  yangrab  turadi.  Bu 

xizmat  (www.virginradio.  co.  uk)  butun  dunyo  bo’ylab  istalgan  Internet 

foydalanuvchilari  uchun  ochiqdir.  Unda  qo’llanadigan  zamonaviy  RealAudio 

dasturiy  ta’minoti  barcha  Internet  foydalanuvchilariga  Virgin  Radio  veb-uzelidan 

bepul axborot «yuklash» imkonini beradi.  

Bundan  40  yil  oldin  televidenie  marketingda  haqiqiy  inqilob  qilgani  kabi, 

internetdan foydalanuvchilarning shiddatli o’sishi elektron savdo asri boshlanganidan 

darak  berdi.  Elektron  savdo  –  elektron  texnologiyalar  yordamida  qo’llab-

quvvatlanadigan  oldi-sotdi  jarayonlarini  anglatadigan  umumiy  atamadir.  Elektron 

bozorlar  bu  –  yangi  elektron  texnologiyalardan  foydalangan  holda  sotuvchilar  o’z 

tovar  va  xizmatlarini  taklif  etadigan,  xaridorlar  esa  –  ularni  qiziqtiradigan  axborotni 

izlab  topadigan,  ularga  aynan  nima  kerakligini  aniqlashtiradigan  va  buyurtmalarni 

kredit  kartalari  yoki  boshqa  elektron  to’lov  vositalari  yordamida  joylashtiradigan 

«savdo  zallari»dir.  Masalan,  fotoreporter  diametri  35  mm  bo’lgan  fotokamera  xarid 

qilish istagida. U o’z kompyuterini yoqib, Shopper's Advantage veb-uzeliga murojaat 

qiladi,  tovar  nomi  degan  joyda  "fotoapparat"  so’zi  ustiga  sichqonchaning  o’ng 

tugmasini  bosadi,  so’ngra  "fotoapparat  35  mm"  so’zi  ustiga  tugmachani  bosgach, 

uning  kompyuteri  ekranida  sotuvda  bo’lgan  fotoapparat  modellari  ro’yxati  bu 

modellarning  har  biri  bo’yicha  batafsil  ma’lumotlar  bilan  birgalikda  paydo  bo’ladi. 

Bundan  tashqari,  xaridor  o’z  ekranida  uni  qiziqtiradigan  fotoapparat  modelining 




 

156 


rasmi  va  mutaxassislar  sharhini  olishi  mumkin.  To’g’ri  keladigan  modelni  tanlab, 

kredit  kartasi  raqami,  manzili  va  tovar  yetkazib  berish  usulini  ko’rsatgan  holda 

xaridor buyurtmani joylashtiradi. 

Qanchalik  ko’p  kompaniyalar  yangi  elektron  texnologiyalarning  keng 

imkoniyatlarini  tan  olishga  tayyor  bo’lsa,  elektron  savdo  tushunchasini  amaliyotda 

shunchalik ko’p uchratish  mumkin bo’ladi. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, 

jami Internetdan foydalanuvchilarning 59%dan ortig’i Internetda ularni qiziqtiradigan 

tovar  va  xizmatlar  haqida  axborotga  duch  kelgan.  Internetdan  foydalanuvchilarning 

25%dan  ortig’i  Internet  orqali  xaridlarni  amalga  oshirgan  va  ularning  soni  tobora 

o’sib  bormoqda.  Elektron  savdoni  rivojlantirish  bo’yicha  ilk  harakatlar 

foydalanuvchilar  tomonidan  ishonchsizlikka  va  ularning  bunday  bitimlardan 

xavfsirashiga  uchragan  (ko’pchilik  firibgarlardan,  tovarning  yo’qotilishidan, 

shuningdek,  sifatsiz  va  shikastlangan  holadgi  tovarlar  yetkazib  berilishidan 

xavfsiragan).  Biroq  elektron  savdoning  rivojlanishi  bilan  iste’molchilar  tomonidan 

ishonch darajasi ham o’smoqda, bu birinchi navbatda elektron savdo texnologiyalari, 

standartlari va xizmatlar ro’yxati rivojlanishi bilan bog’liq. Hozirgi paytda XXI asrda 

elektron savdo asosiy savdo texnologiyasiga aylanadi deb aytish uchun barcha asoslar 

mavjud. 


Normal  kishi  odatiy  internetdan  foydalanuvchini  tasavvur  qilib  ko’rganda 

uning  ko’z  oldida  oddiy  kishilar  tushunmaydigan  tilda  gaplashadigan,  sochlari 

to’zg’ib  ketgan  va  ko’zlari  uyqusizlikdan  qizarib  ketgan  kompyuter  manyaki 

gavdalanadi.  Boshqalar  esa  bunda  yuqori  malakali  yosh  mutaxassislarni  tasavvur 

qiladi.  Bu  stereotiplar  bugungi  kunda  eskirib  qolganiga  qaramay,  "naselenie"  stranы 

pod  nazvaniem  Internet  nomi  ostidagi  mamlakat  «aholisi»  –  demografik  nuqtai 

nazardan – ko’plab davlatlar aholisidan farq qiladi. 

Umuman  olganda,  Internetdan  dlanuvchilar  qaysidir  ma’noda  «saralanganlar» 

guruhini  ifodalaydi.  Bu  ancha  yosh,  ma’lumotli  va  ta’minlangan  kishilar  bo’lib, 

ularning  asosiy  qismini  erkaklar  tashkil  qiladi.  Biroq  internetga  qanchalik  ko’p 

kishilar  jalb  qilinsa,  ularning  demografik  tarkibi  sayyoramiz  aholisi  uchun  xos 

bo’lgan  ko’rinishga  shunchalik  yaqinlashadi  (hech  bo’lmaganda,  rivojlangan 




 

157 


mamlakatlar  uchun).  Internetning  rivojlanishi  bilan  tovar  ishlab  chiqaruvchilarning 

tobora  kengroq  demografik  segmentlar  doirasi  bilan  ishlashi  uchun  imkoniyat 

ta’minlanadi.  Masalan,  oxirgi  ikki  yil  ichida  Internet  «aholisi»ning  ayollar  qismi 

qariyb ikki baravar ko’paydi va hozirda 41%ni tashkil qilmoqda. Garchi Internetdan 

foydalanuvchilarning  katta  qismini  professionallar  va  menejerlar  tashkil  qilsada, 

ularning  nisbiy  soni  «havaskorlar»  ommasining  kengayishi  hisobiga  tobora 

qisqarmoqda. 

 


Download 3,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   272




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish