Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Sharipov I. B. Marketing kommunikatsiyasi



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/193
Sana18.03.2023
Hajmi2,35 Mb.
#920270
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   193
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh. Dj., Samadov A. N.,Alimxodjayeva, N. E., Shar

 
7.4. Tarmoq marketingi 
To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy va tez rivojlanayotgan shakli 
kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo kabi tushuncha bilan bog’liq. 
Interaktiv marketing tezkor rejimda axborot xizmatlari taqdim etuvchi interaktiv 
kompyuter xizmatlari yordamida amalga oshiriladi. Tezkor marketing uchun sotuvchi 
va xaridor o’rtasida ikki taraflama elektron aloqani ta’minlaydigan tizimlar 
foydalaniladi. Xaridor kompyuterini (yoki televizor asosidagi Web-mashinalarni) turli 
xizmatlar bilan bog’lash modem va telefon liniyalari vositasida ta’minlanadi. 
Interaktiv marketingning ikki xil kanal turalri mavjud: tijorat tezkor axborot xizmatlari 
va Internet. 
Interaktiv marketing va elektron savdo 
To’g’ridan-to’g’ri marketingning eng zamonaviy va tez rivojlanayotgan shakli 
kompyuter tarmoqlaridan foydalanish va elektron savdo tushunchasi bilan bog’liq. 
Tijorat tezkor axborot xizmatlari o’z abonentlariga onlayn rejimida belgilangan 
oylik to’lovlar evaziga marketing xizmatlari va axborot taqdim etadi.
Bunday xizmatlarning eng mashhurlari America Online, CompuServe va 
Prodigy hisoblanadi (abonentlar soni mos ravishda 8 million, 2,5 million va bir million 
kishi).


153 
Bu tijorat tezkor axborot xizmatlari o’z abonentlariga zarur axborot taqdim etadi 
(yangiliklar, kutubxonalar, ta’lim, sayohatlar, sport, ma’lumotnomalar), ularga dam 
olish (o’yinlar va boshqalar) va savdo xizmatlarini ta’minlaydi, abonentlar o’rtasida 
suhbat tashkillashtiradi (elektron e’lon taxtalari, forumlar, suhbat uchun xonalar) va 
elektron pochta xizmatlari taqdim etadi. Uy kompyuterida sichqoncha tugmasini bir 
necha marta bosib, bu xizmatlar abonentlari mos keluvchi kataloglar bo’yicha xilma-
xil mahsulot va xizmatlarga buyurtma berishi mumkin. Bundan tashqari, ular mahalliy 
banklarda turli bank operasiyalarini bajarishi, xilma-xil brokerlik idoralari yordamida 
investision faoliyat bilan shug’ullanishi, aviachiptalarga buyurtma berishi, 
mehonxonalarda joy buyurtma berishi, ijaraga avtomobil buyurtma qilishi, kompyuter 
o’yinlarini o’ynashi, turli viktorina va konkurslarda ishtirok etishi, turli tovarlar va 
xizmatlarning iste’mol reytinglari haqida ma’lumotnomalar olishi, sport 
musobaqalarining natijalarini bilib olishi va sport statistikasi bilan tanishishi, ob-havo 
bashoratini bilib olishi va xizmatning boshqa abonentalri bilan elektron pochta 
xabarlari almashishi mumkin. 
O’tgan asrning 90-yillaridagi jadal rivojlanish davridan so’ng tijorat tezkor 
axborot xizmatalri interaktiv marketingning bosh kanali sifatida Internet tomonidan 
kuchl raqobatni his qila boshladi.
Boshqa tomondan, tezkor axborot xizmatlarining o’zi hozirda internetni 
o’zlarining asosiy xizmat turlaridan biri sifatida taqdim etmoqda. Internet – kompyuter 
tarmoqlari jadal rivojlanayotgan global «o’rgimchak to’ri»dir. Internet tarixi o’tgan 
asrning 60-yillariga borib taqaladi. O’shanda AQSh Mudofaa vazirligi loyihalaridan 
biri bo’yicha barcha davlat ilmiy-tadqiqotchilik institutlari, pudratchi korxonalar va 
harbiy ob’ektlarni umumiy kompyuter tarmog’iga bog’lash ko’zda tutilgan.
Hozirgi kunda hamma uchun ochiq bo’lgan ushbu ulkan kompyuter tarmog’i 
butun dunyoning kompyuterdan foydalanuvchilarii bog’lab turadi (bunda kompyuter 
turi hech qanday ahamiyatga ega emas). Har qanday shaxsiy kompyuter, modem va 
mos keluvchi dasturiy ta’minot egasi internet orqali o’ziga zarur bo’lgan axborot 
(bunda mavzular umuman cheklanmaydi) izlashi va uni o’z kompyuteriga yuklab olishi 


154 
mumkin. Bundan tashqari u internetga ulanish imkoniga ega bo’lgan boshqa odamlar 
bilan muloqot qilish mumkin. 
Internetdan keng foydalanish World Wide Webga ulanish uchun qulay standart 
va Netscape Navigator, Microsoft Internet Explorer va Mosaic kabi Web-brouzer 
dasturiy ta’minoti ishlab chiqish bilan rag’batlantirilgan. Web-brouzerlar shu qadar 
oddiy va ishlash uchun qulayki, hatto birinchi marta ko’rganlar ham Web makoni 
bo’ylab harakat qilishda hech qiyinchilik sezmaydi. Web foydalanuvchilari elektron 
pochta xabarlari, grafik tasvirlar almashinishi, elektron xaridlarni amalga oshirishi, eng 
so’nggi yangiliklar, oshpazlar reseptlari, tasviriy san’at asarlari va ishbilarmonlik 
axborotlari bilan tanishishi mumkin. garchi har bir alohida foydalanuvchi, qoidaga 
ko’ra, tijorat provayderlariga internetga ulanishni ta’minlaganlik uchun ma’lum 
miqdorda pul to’lashiga to’g’ri kelsada, umuman olganda Internet bepul tarmoq 
hisoblanadi. 
Interaktiv marketingning jadal rivojlanishi 
Oxirgi yillarda bir nechta yirik Internet marketing tizimlari abonentlar sonining 
juda ko’pligi, o’ta sust foydalanish yoki xaridni amalga oshirish jarayonlari bu 
tizimlardan foydalanuvchilar uchun juda chalkash va murakkab bo’lib ko’ringani 
uchun tovarlar xarid qilishning odatiy usullariga qaytgani tufayli muvaffaqiyatsizlikka 
uchradi. Ilk tezkor axborot va elektron xarid xizmatlari AQShda paydo bo’lgan. 
Nesmotrya na to, chto ispolzovanie Internetdan foydalanish va interaktiv marketing 
hozircha shakllanish bosqichida ekanligia sababli ularning rivojlanishi jo’shqin, 
shiddatli xarakterga ega. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotga ko’ra, 16 yosh va undan katta 
bo’lgan AQSh va Kanada aholisining 78%i Internet xizmatlaridan foydalangan. 
Bundan tashqari, katta yoshdagi aholining 26%i America Online va CompuServe kabi 
tijorat tezkor axborot xizmatlari taqdim etadigan turli xizmatlardan foydalanadi. 
Hozirgi paytda sayyoramizda taxminan 2,4 mlrd kishi internet foydalanuvchilari 
hisoblanadi. 1-rasmda dunyoning yetakchi mamlakatlarida internetdan foydalanish 
ko’lami aks ettirilgan. Mutaxassislarning bergan baholariga ko’ra, katta yoshdagi 
Rossiya aholisining 49%i (bu 57,1 mln kishi) har kuni Internetdan foydalanadi. Ayrim 
tahlilchilarning fikriga ko’ra, 2020 yilga kelib dunyo miqyosida 26 mlrd qurilma 


155 
internetga ulanish imkoniga ega bo’ladi va 6,1 mlrd abonent smartfonlar orqali 
internetdan foydalanadi. Bu mobil internetning jadal rivojlanishiga sababchi bo’lib, 
besh yildan so’ng sayyoramiz hududining 90%i unga ulangan bo’ladi
Jahon interaktiv marketingi ulushining asosiy qismi AQShga to’g’ri kelishi, 
Internet esa hali tovarlarni bozor tomon harakatlantirshining asosiy vositasiga 
aylanishga ulgurmaganiga qaramay, yevropalik ishlab chiqaruvchilar bu yangi 
texnologiyalarga e’tibor qaratmasligi mumkin emas. Internetdan foydalanuvchilar turli 
sabablarga ko’ra: bekorchilikdan, tomosha qilish uchun, yangiliklardan xabar topish, 
amaliy ehtiyojlar (o’qish va ishda foydalanish) maqsadida internetga tashrif buyuradi.
Shunday qilib, elektron xaridlar internet tarmog’idagi yagona va asosiy muloqot 
maqsadi sanalmaydi. Biroq vaqt o’tishi bilan Internet yordamida xorij bozorlarida 
iste’molchilarga tovar va xizmatlar taqdim etish uchun tobora ko’plab imkoniyatlar 
ochiladi. Masalan, kitob savdosi bilan shug’ullanuvchi Amazon.com internet magazini 
sotuv hajmining 27%i xorij mamlakatlariga – ko’pincha ularni qiziqtiradigan kitobni 
xarid qilishning boshqa imkoniyatini topa olmaydigan xaridorlarga to’g’ri keladi. 
Yevropada birinchi «interaktiv radiostansiya» loyihasini amalga oshirgan Virgin Radio 
ushbu radiostansiyaning veb-uzeliga murojaat qilgan internet foydalanuvchilari 
kompyuterlari orqali to’g’ridan-to’g’ri yangrab turadi. Bu xizmat (www.virginradio. 
co. uk) butun dunyo bo’ylab istalgan Internet foydalanuvchilari uchun ochiqdir. Unda 
qo’llanadigan zamonaviy RealAudio dasturiy ta’minoti barcha Internet 
foydalanuvchilariga Virgin Radio veb-uzelidan bepul axborot «yuklash» imkonini 
beradi.
Bundan 40 yil oldin televidenie marketingda haqiqiy inqilob qilgani kabi
internetdan foydalanuvchilarning shiddatli o’sishi elektron savdo asri boshlanganidan 
darak berdi. Elektron savdo – elektron texnologiyalar yordamida qo’llab-
quvvatlanadigan oldi-sotdi jarayonlarini anglatadigan umumiy atamadir. Elektron 
bozorlar bu – yangi elektron texnologiyalardan foydalangan holda sotuvchilar o’z tovar 
va xizmatlarini taklif etadigan, xaridorlar esa – ularni qiziqtiradigan axborotni izlab 
topadigan, ularga aynan nima kerakligini aniqlashtiradigan va buyurtmalarni kredit 
kartalari yoki boshqa elektron to’lov vositalari yordamida joylashtiradigan «savdo 


156 
zallari»dir. Masalan, fotoreporter diametri 35 mm bo’lgan fotokamera xarid qilish 
istagida. U o’z kompyuterini yoqib, Shopper's Advantage veb-uzeliga murojaat qiladi, 
tovar nomi degan joyda "fotoapparat" so’zi ustiga sichqonchaning o’ng tugmasini 
bosadi, so’ngra "fotoapparat 35 mm" so’zi ustiga tugmachani bosgach, uning 
kompyuteri ekranida sotuvda bo’lgan fotoapparat modellari ro’yxati bu modellarning 
har biri bo’yicha batafsil ma’lumotlar bilan birgalikda paydo bo’ladi. Bundan tashqari, 
xaridor o’z ekranida uni qiziqtiradigan fotoapparat modelining rasmi va mutaxassislar 
sharhini olishi mumkin. To’g’ri keladigan modelni tanlab, kredit kartasi raqami, 
manzili va tovar yetkazib berish usulini ko’rsatgan holda xaridor buyurtmani 
joylashtiradi. 
Qanchalik ko’p kompaniyalar yangi elektron texnologiyalarning keng 
imkoniyatlarini tan olishga tayyor bo’lsa, elektron savdo tushunchasini amaliyotda 
shunchalik ko’p uchratish mumkin bo’ladi. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, 
jami Internetdan foydalanuvchilarning 59%dan ortig’i Internetda ularni qiziqtiradigan 
tovar va xizmatlar haqida axborotga duch kelgan. Internetdan foydalanuvchilarning 
25%dan ortig’i Internet orqali xaridlarni amalga oshirgan va ularning soni tobora o’sib 
bormoqda. Elektron savdoni rivojlantirish bo’yicha ilk harakatlar foydalanuvchilar 
tomonidan ishonchsizlikka va ularning bunday bitimlardan xavfsirashiga uchragan 
(ko’pchilik firibgarlardan, tovarning yo’qotilishidan, shuningdek, sifatsiz va 
shikastlangan holadgi tovarlar yetkazib berilishidan xavfsiragan). Biroq elektron 
savdoning rivojlanishi bilan iste’molchilar tomonidan ishonch darajasi ham o’smoqda, 
bu birinchi navbatda elektron savdo texnologiyalari, standartlari va xizmatlar ro’yxati 
rivojlanishi bilan bog’liq. Hozirgi paytda XXI asrda elektron savdo asosiy savdo 
texnologiyasiga aylanadi deb aytish uchun barcha asoslar mavjud. 
Normal kishi odatiy internetdan foydalanuvchini tasavvur qilib ko’rganda uning 
ko’z oldida oddiy kishilar tushunmaydigan tilda gaplashadigan, sochlari to’zg’ib 
ketgan va ko’zlari uyqusizlikdan qizarib ketgan kompyuter manyaki gavdalanadi. 
Boshqalar esa bunda yuqori malakali yosh mutaxassislarni tasavvur qiladi. Bu 
stereotiplar bugungi kunda eskirib qolganiga qaramay, "naselenie" stranы pod 


157 
nazvaniem Internet nomi ostidagi mamlakat «aholisi» – demografik nuqtai nazardan – 
ko’plab davlatlar aholisidan farq qiladi. 
Umuman olganda, Internetdan dlanuvchilar qaysidir ma’noda «saralanganlar» 
guruhini ifodalaydi. Bu ancha yosh, ma’lumotli va ta’minlangan kishilar bo’lib, 
ularning asosiy qismini erkaklar tashkil qiladi. Biroq internetga qanchalik ko’p kishilar 
jalb qilinsa, ularning demografik tarkibi sayyoramiz aholisi uchun xos bo’lgan 
ko’rinishga shunchalik yaqinlashadi (hech bo’lmaganda, rivojlangan mamlakatlar 
uchun). Internetning rivojlanishi bilan tovar ishlab chiqaruvchilarning tobora kengroq 
demografik segmentlar doirasi bilan ishlashi uchun imkoniyat ta’minlanadi. Masalan, 
oxirgi ikki yil ichida Internet «aholisi»ning ayollar qismi qariyb ikki baravar ko’paydi 
va hozirda 41%ni tashkil qilmoqda. Garchi Internetdan foydalanuvchilarning katta 
qismini professionallar va menejerlar tashkil qilsada, ularning nisbiy soni 
«havaskorlar» ommasining kengayishi hisobiga tobora qisqarmoqda. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish