Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/287
Sana31.12.2021
Hajmi11,3 Mb.
#211658
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   287
Bog'liq
Открыть 1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 3

Tashkiliy-iqtisodiy  usullar.  Tabiiyki,  butun  biznes-struktura  kommunikativ
qadamlar bilan muvofiqlashtirilgan bo‘lishi zarur. Agar tovarlar sotishda ularni sotish


10
0
mumkin bo‘lgan tezlik baholanmagan va tovarda sotuvda bo‘lmaydigan bo‘lsa, butun
reklama  faoliyati  samarasiz  bo‘lib  chiqadi.  Agar  kompaniya  qurilish  uchun  ruxsat
olishga  harakat  qilayotgan  bo‘lsa,  qurilish  esa  mablag‘lar  yo‘qligi  tufayli
boshlanmasa  –  shunchalik  mashaqkat  bilan  tashkil  qilingan  kommunikativ  kanal
barbod  bo‘ladi.  mijozlarga  chegirmalar  tizimi  ko‘rinishida  taqdim  etiladigan  sof
iqtisodiy foyda raqobatli ustunlikka aylanishi mumkin.
2. 
Axborot-reklama  usullari.  Bu  usullar  qatoriga  yakuniy  iste’molchi  uchun
ham (reklama va h.k.), korporativ mijozlar uchun ham (tijorat takliflari, taqimotlar),
​ 
 
keng jamoatchilik uchun ham mo‘ljallangan imidj va nufuzni shakllantirish bo‘yicha
tadbirlarni kiritish lozim. Bu ATL va BTL tadbirlari butun doirasidir.
3. 
SHaxslararo munosabatlar (aloqalar) o‘rnatish usullari. Bu usullar tashqi
muhit bilan ham, korxona ichida ham marketing strategiyasini amalga oshirish,
«ko‘maklashuvchi»  shaxslar  bilan  o‘zaro  aloqalarni  yo‘lga  qo‘yish  ularga  bog‘liq
bo‘lgan  ish  aloqalari  etikasini  –  o‘ta  tartiblilik  va  «nozik»  kommunikativ
texnologiyalar  talab  qiladigan  narsalarni  ko‘zda  tutadi.  Aslida  yolg‘izgina  o‘z
sohasini  yaxshi  biladigan  «itargich»  (amaldorlar  doirasidagi  lobbichi)  oqibatda
qolgan  barcha  tarkibiy  qismlarni  (ham  moliya,  ham  moddiy  ta’minot)  ta’minlagan
holda  «nolinchi»  loyihaning  yagona  resursiga  aylanishi  mumkin.  Va  aksincha,
ko‘plab  ajoyib  tarzda  (texnologik  va  moliyaviy  jihatdan)  jihozlangan  korxonalar
korxona  egasining  shaxsiy  xususiyatlari  tufayli  rivojlanishda  to‘xtalib  qolishi
mumkin.
4. 
Yuridik  usullar  –  kompaniyalarni  qo‘shib  olish  va  birlashtirish
jarayonlarining  faollashuvi  (axborot-reklama,  tashkiliy-iqtisodiy  boshqa  jarayonlar
bilan  birgalikda  kuzatiladigan)  ushbu  usullarni  integratsiyalangan  marketing
kommunikatsiyalari  qurollari  qatoriga  kiritish  zarurligidan  dalolat  beradi.  IMK
mutaxassisining  huquqiy  jihatdan  savodxonligi  ta’lim  tizimida  ko‘zda  tutilgan
bo‘lishi lozim.
Marketing  kommunikatsiyalari  kompleksini  tashkil  qilishning  bir  nechta
asosiy tamoyillarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
1. 
Sinergizm.  Yuqorida  sanab  o‘tilgan  barcha  omillarni  muvofiqlashtirish  va
barcha  elementlarni  o‘zaro  qo‘llab-quvvatlashni  integratsiyalangan  marketing
kommunikatsiyalari  tashkil  qilishning  asosiy  tamoyili  deb  hisoblash  mumkin.
Birgalikdagi  kommunikativ  harakatlar  ularning  yig‘indisini  chiqarishdan  ko‘ra
ko‘proq samara beradi.
Integratsiyalashgan marketing kommunikatsiyalarining bitta elementi– original
distributiv tarmoq tashkil qilish orqali marketing strategiyasini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun butun kommunikatsiyalar kompleksi barpo etiladi.
 
2. 
Hamkorlik  qilish  uchun  ochiqlik,  ittifoq  tuzishga,  marketing  dasturlari
byudjetlarini  optimallashtirishga  tayyorlik.  Turli  hamkorlar  bilan  gorizontal
kommunikatsiya biznesni yanada barqaror qiladi, shu sababli hamkorlik qilish uchun
ochiq bo‘lish zarur.
3. 
Tezkorlik.  Bu  erda  gap  strategik  kommunikatsiyalar  uchun  ham  maxsus
tashabbus  ko‘rsatilgan,  ham  beixtiyor  ravishda  yuzaga  keladigan  hodisalar  haqida
boradi.  To‘g‘ri  ifodalangan  har  qanday  axborot  hodisa  uchun  axborotga  oid  sabab
bo‘lishi  mumkin.  Bu  hodisa  integratsiyalangan  marketing  kommunikatsiyalari
kompleksini shakllantirish uchun sabab bo‘lishi mumkin. Axborotga oid sabab ichki
axborot  oqimlarining  istalgan  bo‘linmasidan  kelib  chiqishi  mumkin  (maxsus
tashabbus ko‘rsatiladigan sabablarni aytib o‘tirmasak ham bo‘laveradi).
4. 
Personallashtirish. 
Hozirgi 
kunda 
har 
qanday 
sotuvlarni
optimallashtiradigan  ko‘plab  konsepsiyalar  ishlab  chiqilgan  (jumladan,  g‘oyalarni
sotish  shaklida  –  muzokaralar  jarayoni  sifatida).  Nima  sotilayotgani  muhim  emas:
g‘oyami,  xizmatmi,  asbob-uskunami  yoki  birlamchi  zarurat  predmetlarimi,  lekin
savdo  madaniyati,  sotuv  taktikasi  va  strategiyasini  bilish  personalizatsiya


10
0
tamoyillarini  hisobga  olgan  holda  kommunikatsiyalar  tizimini  barpo  etishda  ham,
mutaxassis  tayyorlashda  ham  ko‘zda  tutilishi  zarur.  Zamonaviy  marketing
munosabatlariga  xos  xususiyat  –  personalizatsiya,  har  bir  alohida  mijoz  bilan
personal munosabatlarni yo‘lga qo‘yish hisoblanadi.
Kommunikatsiyaning asosiy shakli bu reklamadir.
Reklama  agentligi  -  bu  reklama  beruvchilar  uchun  ixtisoslashtirilgan  xizmat
turlarini  taklif  etuvchi  vositadir.  Boshqacha  qilib  aytganda,  reklama  agentligi  bu
ijodiy  xodimlar  va  tijoratchilardan  iborat,  mustaqil  korxonadir.  U  o‘z  tovari  uchun
xaridor  qidirayotgan  buyurtmachilarga  reklama  tayyorlaydi  va  uni  reklama
vositalarida joylashtiradi.
Reklama vositalari-ommaviy axborot (televizor, radio, ro‘znoma, jurnal), qaysiki
reklama  murojaatlarini  keng  tinglovchilar  ommasiga  etkazuvchi  reklama
mutaxassislaridir. Jurnal, ro‘znomalar, televidenie va radiostansiyalar o‘zlarining
 
noreklama  mazmuniga  kerakli  tinglovchilarni  jalb  qiladi,  reklama  beruvchilar  esa
ularga murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Boshqa  reklama  vositalari  esa  ma’lum  darajadagi  kishilarni  o‘ziga  jalb  etish
maqsadida  reklama  murojaatlariga  (to‘g‘ri  aloqa  reklamasi,  maketlar,  jamoat
transportidagi  turli  yozuvlar,  savdo  binolarini  reklama  jihatidan  bezash)  tayanadilar.
Reklama-  bu  ommani  xabardor  qilish  usulidir.  Iste’molchilar  bilan  yaqin  aloqa
o‘rnatishda ommaviy axborot vositalari unga yordam qiladi.
Savdo  reklamasining  o‘ziga  xos  xususiyati  xaridorni  chorlash  va  chiqarishdan
iborat. SHu bilan birga, savdo reklamasi aholi salomatligi yo‘lida tovarlarning ayrim
turlarini iste’mol qilishni ko‘paytirish maqsadida ularga ta’sir o‘tkazish vositasidir.
Xalqning turmush darajasi osha borishi, savdoga bo‘lgan talablar kuchayishi va
ko‘pincha  yangi  talablar  qo‘yilishi  reklama  bilan  bog‘liqdir,  chunki  savdo  xalq
iste’molini qondirish jarayonidir.
Reklama  savdo  madaniyatini  oshirishga  ko‘maklashmog‘i  lozim.  Reklama
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, xaridorlar o‘zlariga zarur tovarlarni tez topib, oson va
ko‘p  vaqt  sarflamay  sotib  oladigan  bo‘ladilar.  SHu  tariqa  tovarni  sotish  tezlashadi,
savdo xodimlari mehnatining samaradorligi ortadi, muomala chiqimlari kamayadi.
Savdo reklamasi alohida hammaga ma’lum bo‘lgan ba’zi bir tovarlar to‘g‘risida
foydali  ma’lumotlar  berish,  shu  tovarlarning  xususiyatlari,  qimmatli  jihatlari,  ularni
ishlatish usullarini tushuntirishi kerak.

Download 11,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish