Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S., Yusupov M. A. Marketing asoslari


GLOSSARY............................................................................ 330



Download 0,84 Mb.
bet13/249
Sana14.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#362361
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   249
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627 (1)

GLOSSARY............................................................................ 330



REFERENCES ...................................................................... 344

K I R I SH


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab – quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 21 iyunda qabul qilingan qarorida “...tashqi bozorlarga mahalliy mahsulotlarni olib chiqishda zamonaviy marketing usullaridan faol foydalanish...”1 alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining yangi sharoitlarida marketingni ijtimoiy – iqtisodiy roli yanada oshdi. Bu esa, barchadan marketing tizimini har tomonlama, chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda.

Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha marketingning ikki mingdan ortiq ta’rifi mavjud. Bu bir tomondan, «Marketing» tushunchasining juda murakkabligi hamda ko‘p qirraliligidan dalolat bersa, ikkinchi tomondan esa, marketing bo‘yicha turli oqimdagi juda ko‘p maktablar, biznes guruhlari va jamoatchilik mavjudligini ko‘rsatadi.

Demak, marketingning ta’rifi turli-tuman. Ammo bundan qat’iy nazar, ulardan ko‘pchiligi marketing - xaridorlarning aniq guruhlari ehtiyojlarini qondirish, bozor muammolarini echishga har tomonlama yondashish, ehtiyojlarni ayirboshlash yordamida qondirishga qaratilgan faoliyat turi ekanligini ifodalaydi, shuningdek, boshqa bir qancha umumiy qoidalarni qamrab oladi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishida kichik sanoat zonalarini tashkil etish bo‘yicha, “...faoliyat ko‘rsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnopark va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish”2 bo‘yicha ulkan vazifalar belgilangan. Bugungi kunda davlatimiz rahbari respublikamiz bo‘yicha qaysi hududga bormasin, o‘sha hududda kichik sanoat korxonalari tashkil etish, ular orqali mahsulot, tayyor raqobatbardosh mahsulotlar






1 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Маҳаллий экспорт қилувчи ташкилотларни янада қўллаб – қувватлаш ва ташқи иқтисодий фаолиятни такомиллаштириш чора – тадбирлари тўғрисида”ги қарори Халқ сўзи, 2017 йил 22 июнь, №123

2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “2017-2021 йиллардаги Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” тўғрисидаги ПФ-4947-сонли Фармони. – Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й. www.lex.uz.

ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda ularni nafaqat ichki bozorga, balki tashqi bozorlarga eksport qilish zarurligini3 ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda kichik sanoat zonalarini tashkil etish orqali ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, tovarlar assortimentini kengaytirish orqali kichik sanoat zonalari korxonalari faoliyatini rivojlantirish, ularda marketing tadbirlarini amalga oshirish, kichik sanoat zonalari korxonalar faoliyatini samarali baholash va kelgusida ularning rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mahsulot ishlab chiqarish korxonalarida marketing faoliyatini tashkil etish, korxonalar faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim o‘ringa egadir.

Yuqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish mumkinki, marketing haqidagi barcha ta’riflar mazmuni, umuman olganda, xaridor va iste’mol sohasini yaxlit tadqiqot qilishga borib taqaladi. Bu esa, bozor iqtisodiyotidagi raqobat kurashi sharoitida, korxona ishi sifati bo‘yicha o‘z raqobatchilariga nisbatan, iste’molchilarni muhtojligini qondirishga yo‘naltirilgan faoliyatda, doimo ustunlikka erishishni taqazo etadi.

Marketing - bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish uslublarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini yaxlit, tizimli echish uslublarini, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish, iste’molchilarga tabaqali yondashish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, kon’yunkturani o‘rganish va prognoz qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygandir. «Marketing asoslari» fani korxonalar (firmalar)ni bozorda iqtisodiy maqsadlarga erishish quroli (ya’ni, foyda oladigan bozorlar hissasiga erishish) sifatida qarashga alohida e’tibor beradi.

Mamlakatimizda marketing haqidagi dastlabki maqolalar o‘tgan asrning oltmishinchi yillari o‘rtalarida paydo bo‘ldi. To‘g‘ri, u paytdagi barcha maqolalar tanqidiy ruhda yozilgan edi. Lekin marketingni fan tariqasida o‘rganish XX asrning






3 Мирзиёев Ш.М. Халққа хизмат қилиш, одамларнинг манфаатларини таъминлаш-раҳбарлар фаолиятининг асосий мезонидир. - // Халқ сўзи, 2017 йил 13 апрель, №73 (6767).

saksoninchi yillari oxirida boshlandi. Bozor hamda tovar-pul munosabatlarini asta- sekin rivojlanishi, ayniqsa, oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan bu yo‘nalishda faol harakat qilishni talab etdi. Shu sababli, iqtisodiyot yo‘nalishlari uchun mutaxassisliklar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlari birinchilar qatorida

«Marketing asoslari» fanini o‘rganishga kirishishdi.

«Marketing asoslari»ni o‘rganish hamda o‘qitish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bilanoq, biz bir qancha muammolarga duch kelamiz. Jumladan, «Marketing asoslari» fani rivojlangan mamlakatlarda qay darajada o‘rganilayotgan bo‘lsa, shunday qabul etishga urinamiz. Tabiiyki u holda, biz turli to‘siqlarga duch kelamiz. Darhaqiqat, iqtisodiyotimiz, salohiyatimiz hamda sharoitlarimiz hali marketingni u darajada qabul ham eta olmaydi. Chunki, O‘zbekistonda bozor munosabatlari so‘nggi davrlarda rivojlana boshladi. Shuning uchun ham biz «Marketing asoslari» fani rivojlanishining boshlang‘ich bosqichlariga ko‘proq e’tiborni qaratib, uning shunday bosqichlarini topishimiz kerakki, ular mamlakatimiz iqtisodiyoti faoliyati darjasiga ko‘proq javob bersin.

Yurtdoshlarimiz, shu jumladan, ko‘pgina mutaxassislar marketingdan faqat bozor tovarlarga mo‘l-ko‘l bo‘lgandagina unumli foydalanish mumkin, deb hisoblaydilar. Tabiiyki u, bozor normal sharoitda bo‘lganda samaralidir. Lekin,

«Marketing asoslari» fanining bozor munosabatlari endigina rivojlanayotgan paytdagi ahamiyati juda katta.

Iqtisodiyot, biznes va tijorat sohasi bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassisliklar uchun «Marketing» - bozor faoliyatining uslubiy asoslarini o‘rgatadigan asosiy fan. Marketing eng avvalo, uni o‘rganuvchilarni bozor faoliyati tizimi sifatida jalb etadi. U korxonalarning bozordagi harakati va holatini o‘rganadi. «Marketing asoslari» - bu faol assortiment siyosatini, narx, oldi-sotdi, reklama, iste’molchilarni o‘rganish, tomonlar bilan munosabatlarga kirishish, tijorat qaltisligini va raqobatchilarni o‘rganadigan fandir.

Iste’mol qimmatiga ega bo‘lgan tovar yoki xizmatni vujudga keltirish va mijozni unga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, bugungi kun marketingi nazariyasi hamda

amaliyotining mohiyatini tashkil etadi. Zamonaviy marketingni maqsadi, mijozlar ehtiyojini qondirishdan iborat.

Marketing – bugungi kunda eng avvalo, iste’molchilarni qidiruvchi, yaratuvchi va ushlab qoluvchi fan hamda san’atdir.

Hozirgi kunda, oliy ta’lim muassasalarini bitirib chiqayotgan yoshlarimizga bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni «Marketing» fani orqali singdiriladi.

Faqat «Marketing asoslari» fanigina hammamiz uchun juda murakkab bo‘lgan

«raqobat» tushunchasini to‘g‘ri yoritadi. Biz raqobatni tushunib etishimiz va uning qurshoviga tushganda ham dadil va samarali ishlashni o‘rganishimiz zarur.

«Marketing asoslari» fani shu bilan bir qatorda iste’molchi xulqini modellashtirish, tovar sifatini, uning raqobatbardoshligini, rag‘batlantirishni, reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.

«Marketing asoslari» fani bozorni xo‘jalik faoliyatini sohasi, tashqi muhiti, ya’ni ularni u erda namoyon bo‘lib, harakat qiladigan joyi sifatida ko‘radi. SHu tufayli barchamiz bozorni xo‘jalik faoliyatimizning hal qiluvchi sohasi sifatida qabul qilib, u erda harakat qila olish qobiliyatiga ega bo‘lishimiz kerak.

Shuni qayd etish lozimki, «Marketing asoslari» bo‘yicha xorijiy tajribani korxonalarimiz va tashkilotlarimiz amaliyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tatbiq etish juda cheklangan. Bizning korxonalarimizda marketing funksiyalarini to‘liq holda, ya’ni bizning korxonalarimiz va rivojlangan xorijiy mamlakatlar firmalari faoliyati o‘rtasidagi prinsipial farqlar bo‘yicha tatbiq etish mumkin emas. Bu borada masalaga milliy iqtisodiyotimizning o‘ziga xos xusiyatlarini, mahalliy shart-sharoitlarni hisobga olgan holda yondashish zarur.

«Marketing asoslari» fani keng qirradagi oliy ma’lumotli zamonaviy raqobatbardosh iqtisodchilarni (marketologlarni) shakllantiradigan asosiy mutaxassislik fanlaridan biri hisoblanadi. Marketingning bosh vazifasi talabalarga marketingni asosiy uslublarini va tamoyillarini o‘rgatishdan iboratdir.

Mazkur darslik uchinchi marta qayta nashr etilmoqda. Avvalgilaridan farqli ravishda ushbu darslik 13 ta bobdan iborat bo‘lib, unda marketing asosari fanining

predmeti, mazmuni va vazifalari, marketingni rivojlanish evolyusiyasi va konsepsiyasi, marketing funksiyalari, vazifalari va tamoyillari, marketing faoliyatini axborot ta’minoti, marketing tizimi va sohasi, marketing faoliyatini rejalashitirish, talabni qondirishni tadqiq qilish va prognoz qilish, bozor segmentasiyasi va tovarni bozorda pozitsiyalashtirish, tovar, narx, sotish va kommunikatsiya siyosatlari, raqobat va raqobatbardoshlik kabi bob va mavzular qayta ishlandi, tubdan takomillashtirilgan. Ushbu darslikning 5,13 - boblarini tayyorlashda Ziyaeva M.M., 4, 12 – boblarini tayyorlashda dos. Samadov A.N. 2, 6 – boblarini tayyorlashda kat.o’qit. Sharipov

I.B.lar ishtirok etdi.



    1. Download 0,84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish