11.3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari
Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‗g‗ridan-to‗g‗ri
marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.
Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi
hisoblanadi. Juda ko‗p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar.
Iste‘molchilar o‗zlariga kerakli mahsulotni o‗zlarining kompyuteri orqali buyurtma
berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu
birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‗g‗ridan-to‗g‗ri ishlab
chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‗ladi.
To‗g‗ridan -to‗g‗ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud:
-to‗g‗ridan – to‗g‗ri pochtali marketing (direct mail);
-katalog bo‗yicha marketing;
-telefon orqali marketing;
-televizion marketing;
194
-elektron marketing.
Do‗kondan tashqari savdo turlariga quyidagilar kiradi (11.4-rasm).
11.4-rasm. Chakana savdoni do„kondan tashqari shakllari
Elektron marketing internet-reklama, internet-do‗kon va boshqalar orqali tovar
va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi.
To‗g‗ridan -to‗g‗ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‗g‗ridan-
to‗g‗ri muloqot bo‗lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.
Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi,
nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish
va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi
franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‗llaniladi:
tovarni peshtaxta orqali sotish;
tovarni xaridor o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan usulda sotish;
tovarni ochiq yoyib qo‗yib sotish;
tovar na‘munalarini ko‗rsatib sotish;
tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.
Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‗lib, unda
xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi:
Do'kondan
tashqari
savdo
to'g'ridan-
to'g'ri
marketing
to'g'ridan-
to'g'ri sotish
savdo
avtomatlari
orqali sotish
195
tovarlarni ko‗rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va
haqi to‗langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni
devorlari yoniga yoki o‗rtasiga terib qo‗yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar
bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‗zlari
solishlari mumkin, tovarning haqi do‗kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob
joyida to‗lanadi.
Tovarni ochiq yoyib qo‗yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol
borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o‗zlariga
kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Xaridorlar o‗ziga-o‗zi xizmat qiladigan usulda bo‗lgani kabi tovarlarni ochiq
yoyib qo‗yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‗la tayyor holda
chiqariladi.
Tovarlarning namunalarini ko‗rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo
maydoniga qo‗yilgan namunalarga qarab o‗ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda
yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‗lagandan keyin tegishli tovarni
bevosita do‗kondan oladi yoki qo‗shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma
beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv
mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‗ziga kerakli
tovarga do‗konning buyurtma bo‗limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa,
dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan
buyurtma beradi. Bu tovar do‗kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud
buyurtmada ko‗rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat
mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi
qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan
savdo qiladigan do‗konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‗llash mumkin.
Savdoning ilg‗or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish
hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini
ta‘minlashda muhim o‗rin tutadi, ya‘ni savdoda iste‘mol xarajatlarini kamaytirish
196
iste‘molchi xukmron bo‗lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda
zamonaviy dizaynga ega bo‗lgan savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala
hisoblanadi.
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‗lib Treyd marketing hisoblanadi.
Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‗rsatiladi:
sotuvni rag‗batlantirish,
maxsus hodisalar,
merchandayzing.
Do'stlaringiz bilan baham: |