Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

12.4.
 
Marketing kommunikatsiyasi kompleksi va unda reklamaning o„rni 
 
Marketingning kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim: 

maqsadli 
auditoriyani 
aniqlash; 
maqsadli 
auditoriyani 
aniqlash 
bu 
kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kim uchun tovar ishlab 
chiqargan bo‗lsangiz, o‗sha sizning maqsadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, 
aholining ma‘lum bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va boshqalar. 

reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash. Siz turli maqsadlarda tovaringizni 
reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga bo‗lish mumkin:
a) tovar haqida ma‘lumot berish – bunda xaridorlar shunday tovarlar borligi, 
tovarning nomi, markasi haqida ma‘lumotlarga ega bo‗ladilar.
b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish – bunda xaridor tovar 
haqida ma‘lumotga ega bo‗lishi mumkin, lekin bu ma‘lumotlar etarli bo‗lmasligi 
mumkin. O‗shanda tovar haqida to‗liq ma‘lumot beriladi.
v) xaridorni tovarga bo‗lgan munosabatini ijobiy tomonga o‗zgartirish – bunda 
asosan xaridorning tovar haqidagi fikri va tovarga bo‗lgan munosabati yaxshi 
bo‗lmagan holda foydalaniladi. Ya‘ni kommunikator xaridorlar tovarni 
yoqtirmasliklari sababini aniqlab, reklama orqali o‗sha kamchiliklarni bartaraf 
etilganligini ko‗rsatib berishi kerak. 
g) 
xaridorlarni 
ishontirish. 
Buning 
uchun 
ishontiruvchi 
reklamadan 
foydalaniladi. Bunda sizning tovaringizning raqobatchilar tovarlaridan ustunliklari va 
uning foydaliligi ko‗rsatiladi. Ishontirishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan 
aloqa hisoblanadi. 


215 
d) sotish hajmini oshirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida 
hamma etarli ma‘lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni eslatib turadi. 

Axborotni tanlash. Siz, qanday maqsadda reklama qilishingizni aniqlab 
olganingizdan keyin shunday reklama tekstini tayyorlashingiz kerakki, u maqsadli 
auditoriyaga o‗z ta‘sirini o‗tkazsin. 

Axborotlashtirish 
vositalarini 
tanlash. 
Kommunikator 
ma‘lumotni 
tayyorlagandan keyin uni qaysi kanal orqali etkazishni aniqlash kerak. Ma‘lumotlarni 
etkazishning ikki asosiy turi farqlanadi: shaxsiy (individual) va umumiy. 
-
shaxsiy (individual) kanalga xaridor bilan alohida suhbat o‗tkazish, telefon 
orqali aloqa qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar kiradi;
 
-
umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, turli chora-tadbirlar, 
konferensiyalar va boshqalar kiradi. 
Marketing kommunikatsiyasida asosiy o‗rinni reklama egallaydi. Bu bozor 
faoliyatining ko‗p qirrali ko‗rinishi bo‗lib, u ba‘zan mustaqil yo‗nalishga ajratiladi. 
Marketing va reklama bir yirik jarayonning ikki tomonnini tashkil etadi. SHu bilan 
bir vaqtda reklama marketing tizimida o‗ziga xos o‗rinni egallaydi. 
Ishlab chiqaruvchi va iste‘molchi o‗rtasidagi kommunikativ aloqa reklama 
hisoblanadi. Reklama korxona va bozor o‗rtasidagi butun aloqa tizimini o‗z ichiga 
oladi. Iste‘molchi reklama qilinayotgan tovar to‗g‗risida malakali bilimga, ya‘ni 
tasavvurga ega bo‗lishi kerak. Reklama xabarlari shunday bo‗lishi zarurki, u 
iste‘molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uyg‗otishi va uni sotib olishga 
ishonch uyg‗ota olishi lozim. 
Reklama mazmuniga kelganda, unga tovarlarni va ularning iste‘mol qilish 
xususiyatini tashviqot qilish deb qaralishi shart. Ayrim qarash va g‗oyalarning 
shakllanishi tashviqot qilish reklamani rivojlantirishning yangi imkoniyatlarini 
ochadi. 
Marketing faoliyati tajribasi shuni tasdiqlaydiki, reklamaning ta‘sirchanligi unga 
tovarlarni ishlab chiqaruvchidan tortib iste‘molchiga bo‗lgan harakat tizimidagi 
o‗rniga nechogli ahamiyat berilishiga bog‗liqdir. Reklamaning samadorligi esa 


216 
jamoatchilik fikrining shakllanishi va iste‘mol narxlarining o‗zgarishi bilan 
o‗lchanadi. 
Reklamaning faoliyat doirasi o‗z ichiga: 
1) iste‘molchining reklama qilinayotgan tovar va xizmatga hamda bozorga 
bo‗lgan ehtiyojini o‗rganish; 
2) maqsadga erishishni strategik rejalashtirish, bozor chegarasini aniqlash, 
reklama vositalaridan foydalanish rejalarini ishlab chiqarish va uni mohiyatlashtirish 
yuzasidan zarur tadbirlar ishlab chiqish; 
3) reklama vositalarini tanlash bo‗yicha xarajatlar tizimini belgilashda taktik 
qarorlar qabul qilish, matbuotda e‘lonlarning yoritilishi va namoyish qilinishi 
yuzasidan tadbirlar ishlab chiqish; 
4) matn yozishni hisobga olgan holda e‘lon tuzish, maket tayyorlash, uni badiiy 
bezash va ularni ishlab chiqarishni o‗z ichiga oladi. 
Reklama savdodagi texnologiya jarayonining tarkibiy qismidir. Modomiki, tovar 
sotish chakana savdodagi asosiy texnologiya jarayoni ekan, reklama ham xaridor 
bilan uchrashgan paytdan, uning talab va ehtiyoji aniqlangan paytdan, tovarni oqilona 
ko‗z-ko‗z qilishdan boshlanadi. Tovarning xususiyatlari, sifati to‗g‗risida, uni 
ishlatish, iste‘mol qilish usullari to‗g‗risida o‗z vaqtida maslahat berish
do‗konlardagi texnologiya jarayonlarini tashkil etishda muhim o‗rin tutadi. So‗ngra, 
biror tovarga qo‗shib olinadigan tovarlarni tavsiya etish ham reklamaning diqqat 
markazida bo‗lishi kerak. 
Chakana savdodagi reklamani qo‗llash joyiga, vazifasiga texnikaviy vositalarni 
qo‗llash va ulardan foydalanish uslublariga qarab bir-biridan farq qiladi. 
Qo‗llanish joyiga ko‗ra reklamalar do‗konga kiruvchi xaridorlarga mo‗ljallangan 
do‗kon ichidagi va butun aholiga qaratilgan do‗kon to‗g‗risidagi turlarga bo‗linadi. 
Vazifasiga ko‗ra reklama vositalari aholining muayyan kategoriyalari va 
guruhlariga (maktab o‗quvchilari va ularning ota-onalariga, parxez taomga muhtoj 
bo‗lgan kishilarga va shu kabilarga) mo‗ljallangan bo‗ladi. 
Texnikaviy vositalarni qo‗llash va ulardan foydalanish uslublariga ko‗ra reklama 
quyidagi turlarga bo‗linadi: 


217 
a) vitrina - ko‗rgazma reklamasi (deraza va do‗kon ichkarisiga o‗rnatilgan 
vitrinalar, do‗konlardagi va boshqa jamoat joylaridagi tovar ko‗rgazmalari); 
b) tasviriy, fotografik yoritilgan reklamalar (do‗konlarning tamg‗alari, reklama 
yozuvlari, plakatlar, preyskurantlar, ko‗rsatkichlar, transparantlar, e‘lonlar); 
v) bosma reklama (varaqalar, kataloglar, prospektlar, gazeta va jurnallardagi 
e‘lonlar); 
g) namoyish reklamasi (mahsulotlarni tatib qurish, kiyim-kechakning yangi 
modellarini namoyish qilish va shu kabilar); 
d) kino - televizion va diapozitiv reklamasi; 
e) ovozli reklama va hokazolar. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish