Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/172
Sana16.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#493924
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172
Bog'liq
Marketing asoslari Ergashxodjaeva Sh Dj , Qosimova M S , Yusupov

 
11.2. Chakana savdo, ulgurji savdo, vositachini tanlash va sotish
tarmog„ini shakllantiruvchi omillar 
Chakana savdo aholiga to‗g‗ridan - to‗g‗ri tovar sotish va xizmat qilish bilan 
bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik faoliyatini o‗z ichiga oladi. Chakana savdo tovarlar 
assortimentining shakllanishida qatnashadi. Xaridorlarga tovarlar sifat ko‗rsatkichlari 
to‗g‗risida axborotlar beradi. Tovarlarni saqlash, qo‗shimcha ishlash, narxlarni 
o‗rnatish va boshqa vazifalarini bajaradi. Natijada tovarlarning oxirgi iste‘molchilari 
bilan oldi - sotdi shartnomasini bajaradi. Chakana savdo mulkchilik shakli, usuli va 
xizmat ko‗rsatishlari bilan turlanadi.


187 
Chakana savdoning moddiy - texnika asosini do‗konlar, univermaglar, 
maxsuslashgan do‗konlar, supermarketlar, oshxonalar va ko‗pchilik mayda 
shahobchalar tashkil etadi.
Xizmatlar. 
So‗nggi yillarda Respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‗nalishi 
sifatida xizmatlar sohasini barqaror rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. 
2016-2020 yillarda xizmatlar sohasini rivojlantirishga qaratilgan dasturiy tadbirlarni 
amalga oshirilishi o‗zining ijobiy natijalarini berdi. Barcha hududlarda xizmatlar 
sohasi o‗sishining yuqori sur‘atlari qayd etildi. Bu hududlarda bank-moliya 
xizmatlari, aloqa xizmati va axborotlashtirish hamda transport xizmatlarining 
barqaror rivojlanishi bilan bog‗liq.
Chakana savdo do‗konlarining turlari quyidagi rasmda keltirilgan (11.1-jadval). 
11.1-jadval 
Chakana savdo do„konlarining turlari 
№ 
Do„kon turi 
Assortiment 
Narx darajasi 
 
Izoh 
 
1.
Maxsus
Maxsuslashtirish 
doirasida chuqur bo‗ladi 
Turli - tuman 
Turlari:
-cheklangan 
assortiment bo‗yicha; 
-tor maxsus; 
-juda yuqori 
maxsuslashtirilgan. 
2.
Universam
Keng (oziq – ovqatlar va 
uy uchun tovarlar) 
Uncha yuqori 
bo‗lmagan savdo 
ustamalari 
O‗z-o‗ziga xizmat 
ko‗rsatish tamoyili 
3.
Univermag 
Keng (kiyim va poyafzal, 
maishiy texnika, uy 
ro‗zg‗or buyumlari) 
Turli - tuman 
4.
Supermarket
Juda keng (oziq – ovqat 
va nooziq-ovqat 
tovarlari) 
Asosan uncha 
yuqori emas 
5.
Gipermarket(savd
o kompleksi)
Juda keng 
YUqori emas 
Supermarketlarni, 
do‗kon-omborlarini va 
past narxli do‗konlarni 
xususiyatlarini 
birlashtiradi. 
6.
Past narxli do‗kon 
(diskaunter) 
Turli – tuman (standarti 
tovarlar yig‗indisi) 
Past
 
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi: 


188 
1.
do‗konning jihozlari 
2.
mijozga xizmat ko‗rsatish darajasi 
3.
tovar assortimenti 
4.
savdoda xizmat ko‗rsatish xarakteriga ko‗ra farqlanadi. 
Xizmat ko‗rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‗liq. Kundalik talabdagi 
tovarlar uchun o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish; avvaldagi tanlov tovarlari uchun 
chegaralangan xizmat ko‗rsatish; yuqori tovarlarga to‗liq xizmat ko‗rsatiladi, bu o‗z 
ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar bilan 
maslahat berishni oladi. 
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya 
jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste‘mol tovarlarini ishlab 
chiqarish korxonasidan iste‘molchilarga etkazib berish jarayonida tovarlarni tanlash 
va aholining shu tovarlarga o‗sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng zarur 
shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi lozim. Aholiga 
savdo xizmati ko‗rsatishning sifati, ya‘ni savdo madaniyati chakana savdodagi 
texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga bog‗liqdir, 
shu sababli chakana savdo korxonalarining butun savdo operativ faoliyati shu 
vazifaga bo‗ysundiriladi. 
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‗pchilik vazifalarni 
bajaradi. Ulgurji savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat muassasalari 
ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin. Ulgurji savdo ahamiyati quyidagichadir: 

chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib 
taklif etadi; 

katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi; 

yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur 
o‗rganadi; 

tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi; 

ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‗rtasida mustahkam aloqa bog‗laydi, 
ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar. 


189 
Ulgurjisiga faoliyat ko‗rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar, 
agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin. 
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‗lim yoki 
firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. 
Ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi maxsus tijorat firmalari - ulgurji savdo 
bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy, aksiyadorlik, qo‗shma va 
davlat mulkiga asoslangan bo‗lishi mumkin. 
Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm). 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish