4.2.Axborot turlari va ularni turkumlash
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‗lgan ma‘lumotlar va axborotlar ko‗lami juda
keng bo‗lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab
etadi. Dastlabki tasavvurga ko‗ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi
barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish
ko‗rish samarali hisoblanadi.
Marketing xususidagi to‗plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va
ikkilamchi turlarga bo‗lish mumkin. Birlamchi ma‘lumotlarga tayinli maqsad uchun
ilk bor yangidan tashkil etilgan ma‘lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi
ma‘lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‗ilgan, qayta ishlangan, turli
manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‗lgan axborotlar
kiradi. Ikkilamchi ma‘lumotlarni to‗plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalluqli
bo‗lish yoki bo‗lmasligiga ko‗ra, o‗z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‗linadi.
4.3-rasm. Marketing axborotlari turlari
Ichki ikkilamchi ma‘lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‗rsatkichlar kiradi.
MARKETING AXBOROTI
Ichki
Tashqi
Birlamchi axborot
Ikkilamchi axborot
Xalqaro ommaviy
Ichki milliy ommaviy
xususiy (har xil
tashkilotlarni bosma
ma‘lumotlari)
67
Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste‘molchilar
ko‗lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar.
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‗z imkoniyatidagi hisobotlar va
ma‘lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma‘lumotlar tizimini ishlab chiqadi.
Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi hajmi,
narxlarning yil davomida o‗zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar
zahiralarining o‗zgarishi va shu kabi muhim ma‘lumotlarni tashkilot bevosita
o‗zining ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma‘lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z ichiga
oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‗llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha
ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma‘lumotlarni umumiy
jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu
manbalar o‗z mohiyatiga ko‗ra ikki kichik guruhga bo‗linadi.
a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar,
sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‗yicha qisqacha statistik sharh», «Shaharlar
va okruglar bo‗yicha statistik yo‗riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari»
sharhnomasi kabilar shular jumlasidandir. «Marketing axboroti yo‗riqnomasi» oylik
maxsus nashr bo‗lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni
bayon etiladi.
Ushbu turkum manbalardan aholining o‗sishi, tarkibiy demografik siljishlari,
daromadlar va narxlarning o‗zgarishi, yalpi iste‘moldagi holat, ayrim iste‘mol
tovarlari taklifi, sotuvchi, iste‘moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish
mumkin. Ayrim shtatlar bo‗yicha esa o‗zgarishlar, qo‗shni shtatlar bilan kiyosiy tahlil
ma‘lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi.
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma‘lumotlari. Har bir shtat
o‗zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega
bo‗lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma‘lumotlar
tayyorlaydilar. Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‗yicha
68
(elektronika, sotish yo‗nalishlari bo‗yicha o‗z a‘zolari uchun axborotlarni to‗pladi va
umumlashtirdi. «Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish
byurosi», «Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular
jumlasidandir.
2. Marketing tadqiqotlari bo‗yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing
xizmati ko‗rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari.
Ko‗pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‗yicha ixtisoslashgan institutlar:
«Marketing research corporation of Amerika», «Simmons market research byuro»,
«A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‗z muammo yo‗nalishlari bo‗yicha
amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma‘lumotlarning ayrimlari
ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa
tegishli to‗lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi.
Masalan, « Marketing research corporation of Amerika» firmasi oilalarning
haftalik iste‘mol mollari xaridi, iste‘moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati
xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market research byuro» firmasi esa har
yili televizorlar bozoridagi o‗zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi
xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo‗yicha tabaqalanishini
tahliliy ma‘lumotlar shaklida keltiradi.
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‗yicha jurnallar, ro‗znomalar va kitoblar. Ushbu
turkum axborot manbai juda keng bo‗lib, undagi tahliliy ma‘lumotlar tegishli
tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli bo‗lishi mumkin.
AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro‗znomalar, «Forchun»,
«Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of marketing riserch» va boshqa shu kabi
jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop
qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi
risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma‘lumotlarni yanada
boyitadi.
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma‘lumotlariga yillik balans
hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo‗riqnomalar va shu
69
kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‗zaro raqobatda bo‗lgan firmalar ham ko‗p
foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat
ko‗rsatish va narx siyosati xususida zarur ma‘lumotlarni olish imkoni bo‗ladi.
Ma‘lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‗ta yuqori savdo aylanmasiga
ega bo‗lgan mas‘uliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni
ommaviy nashr qiladilar. So‗nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi,
sotish siyosati, marketing xizmatlari ma‘lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‗z
aksini topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari,
xaridorlari, mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‗riqnomalari, hisobotlari
bevosita tadqiqot uchun manba sifatida foydalaniladi.
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli
mamlakatda chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro
iqtisodiy-moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim.
Masalan, AQSHda nashr etiladigan Fortune, Forbes kabi jurnallarda Evropa
mamlakatlari bozori xususida axborotlar, undagi o‗zgarishlar, siljishlar haqida ham
ma‘lumotlar keltiriladi. Bu esa o‗z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga
ishtiyoqmand kompaniyalar uchun axborot manbai bo‗lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyoti yanada shakllanayotgan va xalqaro munosabatlar
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo
tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu kabilar
o‗zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma‘lumotlardan xalqaro
bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari
mumkin. Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi,
sanoat, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma‘lumotlar ushbu
manbalardan olinishi mumkin.
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‗lib - elektron ma‘lumot
banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida o‗tkaziladigan
ma‘lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma‘lumotlar kompyuter vositasida
uzatilayotgan, to‗planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va
yuqoridagilardan farq qiladi.
70
Kompyuterlar uchun ma‘lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida
ildam rivojlanmoqda. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha
axborotlarni yig‗ish, kompyuter ma‘lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan
tashkilotlarga yordam ko‗rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni
to‗plash bo‗yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga
kiritish bo‗yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi
bilan muntazam aloqada bo‗lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish,
ko‗plab iste‘molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan.
Bizning mamlakatimizda axborot yig‗ish manbalari bir muncha o‗ziga xos
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo‗yicha
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‗yicha mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy
bo‗ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O‗zgacha jihatdan esa, ommaviy
tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari
marketing xususida ma‘lumotlarni yig‗ish bo‗yicha faoliyatlarning hozirgi holati,
ularni guruhlarga ajratishda alohida yondashishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |