Narx hosil bo„lishi usullari
- mahsulot va xizmatlar narxini shakllantirishda
qo‗llanuvchi usullar. Xarajatlarga asoslangan, xaridorlar liniyasiga asoslangan va
raqobatchilar narxiga asoslangan turlari mavjud.
Narx
siyosati
- narxni va narx hosil bo‗lishini boshqarish tadbir va
strategiyalari, tovar yoki xizmatlarga ishlab chiqarish xarajatlari va bozor
kon‘yunkturasiga mos keluvchi, xaridorni qondiruvchi va rejalashtirilgan foydani
keltiruvchi narx belgilash san‘ati.
O„rov (upakovka)
- 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material.
Tovar ishlab chiqarilgandan so‗ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni
tashishda qulaylik yaratish uchun mo‗ljallanadi; 2) muhim reklama manbai.
Press-reliz
- gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni
qiziqtirayotgan ma‘lumotlarni olishi mumkin bo‗lgan byullenten, pablik rileyshnz
vositasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |