Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Bozor kon‟yunkturasini bashorat qilish uslublari



Download 4,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/346
Sana11.02.2022
Hajmi4,39 Mb.
#442449
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   346
Bog'liq
1 Ergashxodjaeva Sh J , Qosimova M S , Yusupov M A Marketing

6.5. Bozor kon‟yunkturasini bashorat qilish uslublari 
Umuman bashoratni aniqlash ma‘lum ob‘ektning bo‗lajak holatini, ilmiy 
asosda obrazini yaratish demakdir.
Tovarlar bozori bashoratini aniqlashda quyidagi talablar e‘tiborga olinishi 
shart: 
1.Kelajakda bozor kon‘yunkturasiga ta‘sir etuvchi omillarni hisobga olgan 
holda ilmiy asoslangan, ishonchli va tizimli yondashish. 
2. Bashoratni aniqlashda bir necha variantlardan foydalanish, ularning 
natijalari bir xil yoki yaqin bo‗lishi. 
3.Ishlatilgan uslublarning ilmiy asosi etarli bo‗lishi. 
4.Xulosalarni aniq va ravon tilda, ayniqsa qaror qabul qiluvchilarga tushunarli 
ishlanganligi. 
5.Bozor kon‘yunkturasi istiqboli o‗z vaqtida aniqlanishi va korxona, 
assotsiatsiya, kompaniya va vazirliklar ishini boshqarishda qo‗llaniladi. 


132 
Bozor kon‘yunkturasini iqtisodiy tenglikka yo‗likmaslik, muvozanatiga 
erishish sharti hisoblanadi. 
Bozor kon‘yunkturasini bashorat qilish uslublarini 4 ta katta sinfga 
bo‗lishimiz mumkin. 
1. Faktografik uslublar. Bu bashorat qilishning shunday uslubiki, unda o‗tgan 
davrda bo‗lib o‗tgan haqiqiy omillardan axborotli asos sifatida foydalaniladi. Bu 
ma‘lumotlar miqdor va sifat xarakteriga egadir. Bozor kon‘yunkturasini bashorat 
qilishning faktografik uslublari o‗z navbatida 3 turga bo‗linadi. Birinchi turi 
ekstropolyasiya va interpolyasiya uslublari yig‗indisidan iborat bo‗lib, bu turdagi 
modellar uchun chiziqli funksiyalarni tuzishda boshlang‗ich axborotdan 
foydalanish xarakterlidir. Ikkinchi turi statistik uslublar bo‗lib, ular ikki va undan 
ortiq o‗zgaruvchan bashorat qilish ob‘ektlarining o‗zaro aloqalarini tadqiq qilishda 
qo‗llaniladi. Uchinchi turi mazkur ob‘ektlarning kelgusidagi rivojlanishini shunga 
o‗xshash ob‘ektlarning rivojlanish qonuniyatlari bo‗yicha tadqiq qilishga 
asoslanadi. 
2. Ekspert uslublar u yoki bu sohadagi mutaxassis-ekspertlarning fikr va 
mulohazalarini qayta ishlashga asoslanadi. Bashorat qilishning ekspert baholash 
uslubi intuitiv va analitik uslubni o‗z ichiga oladi. Intuitiv uslublarga ekspertlarni 
jalb qilishga, amalda bashorat qilish ob‘ektini rivojlantirish jarayonlarini aniqlash 
hamda shaxsiy eruditsiya va tuygu vositasida kelgusidagi o‗zgarishni baholashga 
asoslangan uslublar kiradi. Analitik uslublarga bashorat qilish ob‘ektini tadqiq 
qilish jarayoni modelini mantiqan tahlil qilishga asoslangan usullari kiradi. 
Bozor kon‘yunkturasini bashorat qilishda ekspert baholash uslublari, ayniqsa, 
intuitiv uslublar keng qo‗llaniladi. 
3. 
Ekstropolyasiya 
uslubi. 
Ekstropolyasiya 
uslublari 
bozor 
kon‘yunkturasining turli ko‗rsatkichlari va xususiyatlarini bashorat qilishda 
qo‗llaniladi. Ekstropolyasiya formalar yoki jarayonlarning kelgusidagi holati 
qonunlari, nazariyalari hamda tajribasini keng yoyishni takozo qiladi, ya‘ni bu 
holda ekstropolyasiya bashorat qilish amalga oshirilayotgan ob‘ektning ilgarigi 
rivojlantirish tendensiyalariga tayanadi. 


133 
Ekstropolyasiyaning bozor tadqiqotlarida qo‗llaniladigan asosiy modellaridan 
biri – bu trend modelidir. Trend modellari jarayonlarni vaqtga nisbatan 
o‗zgarishning asosiy yo‗nalishlarini ko‗rsatadi. 
4. Ekonometrik modellar. Ekonometrik modellar iqtisodiy jarayonlar 
paramerlarining stoxastiklarini nazarda tutgan holda bozor kon‘yunkturasining turli 
ko‗rsatkichlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar va proporsiyalarni miqdoriy bayon 
qiladigan regression va balans tenglamalari tuzish orqali ifodalanadi. Ekonometrik 
modellash bozor kon‘yunkturasini bashorat qilishda keng qo‗llaniladi. Ular ishlab 
chiqarish va unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, bozordagi narxlar darajasi, raqobat va 
unga ta‘sir ko‗rsatuvchi omillar, iste‘molchilarning ehtiyojlarini tahlil qilish, 
marketing tadbirlarini amalga oshirish va unga ta‘sir qiluvchi omillar o‗rtasidagi va 
boshqa jarayonlar o‗zgarishni matematik modellar yordamida tahlil qilishga hamda 
bashorat qilishga yordam beradi. Ekonometrik modellarning xususiy holi 
korrelyasion va regression modellashdir. 
Bozor kon‘yunkturasini tahlil va bashorat qilish natijalari firmaning biznes - 
reja tuzishda yoki firmaning bozordagi butun faoliyatini tartibga solishda va 
boshqarishda keng qo‗llaniladi. 

Download 4,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish