3.3-rasm. Marketing axborotlari turlari
Tashqi ikkilamchi ma‘lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‗lgan ma‘lumotlarni o‗z ichiga
oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‗llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha
ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma‘lumotlarni umumiy
jihatdan quyidagi guruhlarga ajratish mumkin.
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari.
Ushbu manbalar o‗z mohiyatiga ko‗ra ikki kichik guruhga bo‗linadi.
a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik
yilnomalar, sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‗yicha qisqacha statistik
sharh», «Shaharlar va okruglar bo‗yicha statistik yo‗riqnoma», «Amerika sanoati
istiqbollari» sharhnomasi kabilar shular jumlasidandir. «Marketing axboroti
yo‗riqnomasi» oylik maxsus nashr bo‗lib, unda marketingga oid barcha
xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |