Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S



Download 3,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/346
Sana29.01.2022
Hajmi3,14 Mb.
#416616
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   346
Bog'liq
Ergashxodjaeva Sh.J.,Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing.

 
Bob bo„yicha xulosalar 
Raqobat – mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar o‗rtasida tovarlarni 
qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, 


183 
umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat ko‗p 
qirrali iqtisodiy hodisa bo‗lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o‗rtasidagi murakkab 
munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarni etkazib beruvchilar o‗rtasidagi raqobat 
o‗zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, er, ishchi kuchi) yuqori narxlarda sotish 
uchun amalga oshiriladi.
Raqobat – bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki uning qonunidir. 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‗jaligining eng muhim belgisi, 
rivojlantirish usuli hisoblanadi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) 
o‗rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda 
keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‗z mavqeini mustahkamlash 
uchun kurashdan iborat.
Raqobatning ikki usuli bor: narx vositasida raqobatlashuv, narxdan 
foydalanmay raqobatlashuv. Erkin raqobat davrida raqobat kurashning bosh usuli 
tovarni raqibinikidan pastroq narxda sotish bo‗lgan. Bu usulni qo‗llash uchun 
korxona boshqalarnikidan ko‗ra unumliroq texnologiyani kiritishi, malakaliroq 
ishchilarni yollashi va mehnatni yaxshiroq tashkil etishi kerak. Faqat shu 
holdagina, uning tovarini individual qiymati bozor qiymatidan past bo‗lib, bu 
narxni tushirish imkoniyatini beradi. Iqtisodiyotning monopollashuvi raqobat 
kurashi usullarini ham o‗zgartiradi. Endi narx vositasida amalga oshiriluvchi 
raqobat usullari o‗rnini narx bilan bog‗liq bo‗lmagan usullar egallay boshlaydi. 
Raqobat kurashida mahsulot sifati, mahsulotni sotish shart-sharoitlarini yaxshilash 
va reklama qilishning ahamiyati ortib boradi. 
Narx bilan bog‗liq bo‗lmagan raqobat usullarining qo‗llanishi o‗zaro 
kurashda narxdan foydalanilmaydi degan gap emas. U ko‗proq yashirin tus 
olmoqda, ya‘ni tovarlar e‘lon qilingan narxlardan arzonga sotiladi, bundan 
boshqalar ogoh etilmaydi. Bu, ayniqsa, mavsumiy tovarlar sotishda qo‗llanadi. 
Narx vositasidagi raqobat jahon bozoriga ham kirib borgan. U erda narx bilan 
raqobat qilish po‗lat, gazlama, elektronika, kimyoviy va qishloq xo‗jalik 
mahsulotlari bozorlariga xosdir. 


184 
Zamonaviy raqobat sharoitida hamkorlik qilish – raqobat ustunligini 
shakllantirish sharti sifatida harakatlanib, qarama-qarshi raqiblikdan o‗zaro 
aloqadagi raqiblikka ztish zarurdir. Bunda strategik sheriklik asosida turli guruhlar 
tuziladi. 
Raqobatbardoshlik – kompaniyada aniq raqobatli ustunlikni mavjudligi va 
ushbu ustunlikdan raqobat kurashida foydalanish qobiliyatidir. 
Mahsulot bo‗yicha raqobatning ikkita usuli mavjud bo‗lib, ularga narxli va 
narxsiz raqobat usulini kiritish mumkin. 
Mahsulotning raqobatbardoshligi bozor ulushi, talab dinamikasi, talabning 
elastikligi kabi ko‗rsatkichlar orqali baholanadi. Uning omillariga esa narx-sifat, 
savdodan keyingi xizmat, etkzib berish shartlari, iste‘mol xarajatlari kiradi.
Tovarning 
sifati 
uning 
raqobatbardoshligini 
belgilovchi 
asosiy 
ko‗rsatkichlardandir. Tovarning sifati o‗z ichiga ko‗plab elementlarni oladi. Bular 
birinchi navbatda mahsulot tayyorlash jarayoni va foydalanish xususiyatlari. Bular 
o‗z navbatida tovarning uzoq muddatga chidamliligi, ishonchliligi, fond sig‗imi 
kabi ko‗rsatkichlarni o‗z ichiga oladi. Keyingi vaqtlarda tovarlarning ekologik 
tozaligi, xususiyatlari, estetik ko‗rsatkichlari ko‗proq ahamiyat kasb etmoqda. 
Tovarning sifat darajasini aniqlashda normativlar, sifat standartlariga javob berishi 
nazarda 
tutiladi. 
Tovar 
siyosatini 
aniqlash 
mezoni, 
hamda 
uning 
raqobatbardoshligini 
ta‘minlovchi 
mezoni, 
bu 
uning 
patent 
bilan 
himoyalanganligidir. Bunda ixtirochi - korxonaga shu tovarni ishlab chiqarishga 
huquqni saqlab qoladi, qachonki, boshqa korxona ushbu tovarni ishlab 
chiqarmoqchi bo‗lsa, litsenziya (ruxsatnoma) olishi lozim. Tovarlar sifatini 
ifodalovchi umumiy ko‗rsatkichlar quyidagilardir: ishlab chiqarilgan tovarlar 
tarkibida ayrim sifatli tovarlarning ulushi va mikdori, ilg‗or tajriba natijalariga 
javob beruvchi va alohida xususiyatlari. 

Download 3,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish