231
11.1-jadval
Chakana savdo do„konlarining turlari
№
Do„kon turi
Assortiment
Narx darajasi
Izoh
1.
Maxsus
Maxsuslashtirish
doirasida chuqur bo‗ladi
Turli - tuman
Turlari:
-cheklangan
assortiment bo‗yicha;
-tor maxsus;
-juda yuqori
maxsuslashtirilgan.
2.
Universam
Keng (oziq – ovqatlar va
uy uchun tovarlar)
Uncha yuqori
bo‗lmagan savdo
ustamalari
O‗z-o‗ziga xizmat
ko‗rsatish tamoyili
3.
Univermag
Keng (kiyim va
poyafzal, maishiy
texnika, uy ro‗zg‗or
buyumlari)
Turli - tuman
4.
Supermarket
Juda keng (oziq – ovqat
va nooziq-ovqat
tovarlari)
Asosan uncha
yuqori emas
5.
Gipermarket(savd
o kompleksi)
Juda keng
YUqori emas
Supermarketlarni,
do‗kon-omborlarini va
past narxli do‗konlarni
xususiyatlarini
birlashtiradi.
6.
Past narxli do‗kon
(diskaunter)
Turli – tuman (standarti
tovarlar yig‗indisi)
Past
Chakana savdo firmalarining turlari 4 ta mezon bilan farq qiladi:
1.
do‗konning jihozlari
2.
mijozga xizmat ko‗rsatish darajasi
3.
tovar assortimenti
4.
savdoda xizmat ko‗rsatish xarakteriga ko‗ra farqlanadi.
Xizmat ko‗rsatish darajasi sotayotgan tovar turiga bog‗liq. Kundalik talabdagi
tovarlar uchun o‗z-o‗ziga xizmat ko‗rsatish; avvaldagi
tanlov tovarlari uchun
chegaralangan xizmat ko‗rsatish; yuqori tovarlarga to‗liq xizmat ko‗rsatiladi, bu
o‗z ichiga xaridorga yordam sifatida axtarish, solishtirishni, tanlashni, turli savollar
bilan maslahat berishni oladi.
Tovar harakatining umumiy yagona zanjirida chakana savdoning texnologiya
jarayonlari muhim xalqa hisoblanadi. Chunki xalq iste‘mol tovarlarini ishlab
232
chiqarish korxonasidan iste‘molchilarga etkazib berish
jarayonida tovarlarni
tanlash va aholining shu tovarlarga o‗sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun
eng zarur shart-sharoitlar xuddi ana shu chakana savdo korxonalarida yaratilishi
lozim. Aholiga savdo xizmati ko‗rsatishning sifati, ya‘ni savdo madaniyati chakana
savdodagi texnologiya jarayonlarini, ayniqsa, tovar sotishni tashkil etish darajasiga
bog‗liqdir, shu sababli chakana savdo korxonalarining
butun savdo operativ
faoliyati shu vazifaga bo‗ysundiriladi.
Ulgurji savdo umumlashgan vositachi hisoblanadi va ko‗pchilik vazifalarni
bajaradi. Ulgurji
savdodan sanoat korxonalari, tijorat firmalari va davlat
muassasalari ulgurjisiga tovar sotib olishlari mumkin.
Ulgurji savdo ahamiyati
quyidagichadir:
chakana savdoga ishlab chiqarish firmalarning tor assortimentini kengaytirib
taklif etadi;
katta hajmda tovar sotib olib, muomala xarajatlarini kamaytiradi;
yuqori malakali tovarshunos va marketologlar bilan tovarlar bozorini chuqur
o‗rganadi;
tovarlarni saqlaydi va kerakli tovar zahiralarini shakllantiradi;
ishlab chiqaruvchilar va chakana savdo o‗rtasida mustahkam aloqa
bog‗laydi, ularga moliyaviy yordamlashadi va boshqalar.
Ulgurjisiga faoliyat ko‗rsatish tovar ishlab chiqaruvchilar, tijoratchi firmalar,
agent va brokerlar orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqaruvchi korxonalar ulgurji savdo faoliyatini maxsus bo‗lim yoki
firmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi maxsus tijorat
firmalari - ulgurji savdo
bazalari, omborlari va tovar birjalari shaklida, xususiy,
aksiyadorlik, qo‗shma va
davlat mulkiga asoslangan bo‗lishi mumkin.
Ulgurji savdogarlarning turlari quyidagi rasmda berilgan(11.3-rasm).