9.1-jadval
Iste‟mol mahsulotlari ishlab chiqarish
24
Hududlar
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
Qoraqalpog‗iston
Respublikasi
109,2
119,9
110,6
113,0
112,0
118,8
111,5
Viloyatlar:
Andijon
109,0
102,7
109,3
121,9
101,0
92,4
114,2
Buxoro
109,0
108,7
103,6
102,8
110,9
113,4
116,8
Jizzax
118,7
117,6
110,3
114,2
113,3
113,9
116,0
Qashqadaryo
11,1
120,6
108,0
113,0
105,8
110,1
112,6
Navoiy
115,1
119,3
110,5
111,1
105,1
113,7
112,0
Namangan
115,5
125,2
113,1
113,9
113,7
119,4
113,9
Samarqand
120,5
109,2
103,1
114,3
117,3
108,2
112,1
Surxondaryo
105,5
109,1
105,3
10,0
114,0
116,0
113,3
Sirdaryo
107,7
141,1
106,7
110,2
110,8
108,7
117,7
Toshkent
119,5
116,8
113,0
114,6
109,8
122,69
111,0
Farg‗ona
110,7
109,8
101,3
109,2
107,0
113,1
109,2
Xorazm
112,6
115,4
112,5
108,7
186,7
124,8
110,3
Toshkent sh,
110,0
111,7
106,1
110,7
115,5
116,9
114,3
O‗zbekiston
Respublikasi
112,0
111,0
107,6
114,1
109,4
109,7
112,9
Aholi jon boshiga iste‘mol mahsulotlari ishlab chiqarish indeksi Buxoro,
Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‗iston Respublikasida o‗sdi. 8 ta hududda ushbu
ko‗rsatkich respublika o‗rtacha ko‗rsatkichidan past bo‗ldi. Eng yuqori ko‗rsatkich
24
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi ma‘lumotlari.
192
Toshkent
shahrida
(3,013)
kuzatilib,
asosan
sanoat
korxonalarini
modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish hisobiga oshdi. Hududiy iste‘mol
bozorining rivojlanishidagi ijobiy siljishlar oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlarini
barqaror rivojlanishini ta‘minlash, shuningdek mahalliy xom-ashyo asosida
lokalizatsiya dasturi kabi maqsadli dasturlarni amalga oshirish bilan bog‗liq.
Ammo hududlar orasida iste‘mol mahsuloti ishlab chiqarish bo‗yicha yuqori
darajadagi hududlararo farqlanish saqlanib qolmoqda. Surxondaryo viloyatida
ushbu ko‗rsatkich Navoiy viloyati ko‗rsatkichidan 6 marta kamdir.
9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida mamlakatimizni iqtisodiy
salohiyatini mustahkamlash va rivojlanishda, dunyo bozorida faol qatnashishda
tovarlar sifatini ko‗tarib, ularni raqobatbardosh tovarlarga aylantirish eng dolzarb
muammolardan biridir.
Har bir xaridor o‗ziga yoqqan tovarni sotib oladi, iste‘molchilar esa raqiblar
tovariga nisbatan ko‗proq ijtimoiy ehtiyojlariga mos keluvchilarini tanlashadi.
SHuning uchun raqobatbardoshlik (tanlangan bozorda tovarni sotish imkoniyati)ni
faqat raqiblar tovarni solishtirish orqali aniqlash mumkin. Raqobatbardoshlik
nisbiy tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‗liqdir.
Tovar raqobatbardoshligini o‗rganish murakkab va o‗z ichiga quyidagi
bosqichlarni oladi:
- tovarni sotish bozorini o‗rganish;
- raqiblar haqida ma‘lumotlar yig‗ish;
- iste‘molchilar talablarini o‗rganish;
- raqobatbardoshligini oshirish bo‗yicha tadbirlar ishlab chiqish;
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror.
Bu masalalarni hal qilish korxonada tovar raqobatbardoshligi darajasini
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi.
Har qanday tovar bozorga chiqishi bilanok o‗z raqobat qobiliyatini yo‗qota
boshlaydi, bu jarayonni sekinlatish mumkin, bu iqtisodiy foyda va oldingi buyum
193
raqobat qobiliyatini to‗la yo‗qotish paytigacha bozorga yangi tovar bilan chiqish
imkoniyatini beradi.
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‗rinishga ega bo‗lgan
xuddi shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat:
K = R / S
max
bu erda: R-tovarning foydali samarasi;
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari);
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‗z ichiga
oladi:
- bozorni tahlil qilib, o‗zimizning tovarimizga o‗xshash namunasini topib
olish;
- bizning tovar bilan solishtiriladigan tovarlardagi asosiy ko‗rsatkichlarni
belgilash;
- o‗zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash.
Raqobatning asosiy quroli bo‗lib, talabni shakllantirish va sotishni
rag‗batlantirish vositalari xizmat qiladi. Asosiy axborotni xaridorlar tovar ishlab
chiqaruvchilardan olishadi. Xaridorlarni asosan tovarning iste‘mol qiymati
qiziqtiradi. Raqobat asosan quyidagi ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin: tovarlarning
xizmatlari bo‗yicha, bir xil ehtiyojni qondirishga qaratilgan raqobat, bir xil tovarni
har xil firmalar ishlab chiqarish orqali bo‗ladigan raqobat; yoki bir xil firma
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish.
Hozirgi davrda raqobat o‗ziga xos qiyofa kasb etmokda. Narxlar sohasida
raqobat ishlab chiqarishni xarajatlar eng kam bo‗ladigan mamlakatlarda yo‗lga
qo‗yishni talab qiladi.
Narx bilan raqobat o‗tmishda erkin bozor raqobati bo‗lgan, bozorda bir xil
tovarlar har xil narxlar bilan sotilgan davrlarda paydo bo‗lgandi. Ishlab chiqaruvchi
narxni pasaytirish bilan o‗z tovarini ajratib ko‗rsatishga, unga e‘tiborni qaratishga
va pirovard natijada o‗zi istagan bozor hissasini egallashga erishgan. Hozirgi
zamon bozor sharoitlarida narx bilan ochiq raqobat amal qilmaydi, chunki ishlab
194
chiqaruvchilardan biri narxni pasaytirishi bilan uning raqibi ham shu ishni qiladi,
bu esa firmaning bozordagi mavqeini o‗zgartirmaydi, balki, umuman tarmoqdagi
foydaning pasayishiga, asosiy fondlarni yangilash va kengaytirish uchun
investitsiyalarning kamayishiga olib keladi. Natijada kutilgan yutuq va raqiblarni
surib chiqarish o‗rniga kutilmagan sinish yuz beradi. SHu sababli sanoat
monopoliyalari narxlarni iloji boricha uzoqroq ushlab turishga, tannarxni hamda
marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‗paytirishga intiladi. Fan-
texnika taraqqiyoti yutuqlari tufayli raqobatning narx bilan bog‗liq bo‗lmagan
usullaridan foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi.
Narxsiz raqobatda tovarning narxi emas, balki uning yuqori sifat, past
iste‘mol narxi, zamonaviy dizayn, servis xizmati, ishlab chiqargan firma shuxrati
raqobat kurashining asosiy omiliga aylanadi.
Narxni pasaytirib bozorni egallash strategiyasini o‗rganishda quyidagi
savollarga javob topiladi:
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar?
-raqobatchi-firmalarning reklama vositalari va sotishni rag‗batlantirish
usullari qanday?
-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda?
-raqobatchilar tovarlarining o‗ramasi-bezaklari, dizaynida nimalar ko‗zga
tashlanmokda?
-tovarni kafolatli va undan keyingi ishlatish davrlarida qanday servis taklif
qilinmokda?
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o‗z
shahobchasini ochganmi?
-raqobatchilar qo‗llayotgan tovar harakati (transport, zahiralar hajmi,
omborlari va ularning joylanishi.
Rossiyalik olim P.S.Zavyalov fikricha «Raqobatbardoshlik deganda,
tovarning bozorda xaridorgirligini ta‘minlaydigan iste‘mol va qiymat tavsiflari
majmuini, ya‘ni o‗xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‗lgan
sharoitlarda xuddi shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim».
195
Xaridorning xarajatlari ikki qismdan tashkil topadi, uning bir qismini xarid
xarajatlari (tovar narxi), ikkinchi qismini uni iste‘mol etish bilan bog‗liq xarajatlar
tashkil etadi.
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‗lib, unga ko‗plab omillar ta‘sir etadi.
Firmaning raqobatbardoshligi darajasini baholashda tarmoq bozorida raqobat
kurashi jadalligini belgilaydigan omillar tahlil uchun asos sifatida xizmat qiladi. Bu
omillarga quyidagilar kiradi:
1.
Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati;
2.
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;
3.
Bozordagi talab hajmini o‗rganish;
4.
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi;
5.
Iste‘molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‗chish harakatlari;
6.
Bozordan chiqib ketish to‘siqlari va ularning darajasi.
7.
Bozorga kirib kelish va uning darajasi.
8.
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat.
9.
Raqiblar strategiyasidagi farqlar.
Ushbu bozorda raqobat uchun alohida sabablarning bo‗lishi, raqobat darajasi
bozorning alohida bir jalb etuvchanlik yoki aksincha bezdiruvchanlik xususiyatlari
bilan ham belgilanadi.
J.J.Lamben raqobatli ustunliklarni ikkita keng kategoriyalarga guruhlaydi –
tashqi va ichki raqobatli ustunliklar, ya‘ni firma va tovarni raqobatdoshligini
tavsiflovchi raqobatli ustunliklardir
25
. Tashqi raqobatli afzallik tovarni «bozor
kuchini ifodalaydi, ya‘ni u bozorni imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq
sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi va mavjud tovarlardan norozi
bo‗lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalliklarga tayanadi.
Ichki raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, raqobatchidan ko‗ra
kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va ishlab chiqaruvchi uchun qiymat
hosil qiluvchi tovarga asoslangan hamda sotish narxlarining bozor yoki raqobat
25
Ламбен Жан Жак Стратегический менеджмент: стратегияческий и операционнқй маркетинг. –СПб.:
Питер, 2006.
196
tomonidan pasaytirilishiga ko‗proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq
unumdorlik oqibatidir».
Tovarni jalb etuvchanligi va raqobatbardoshligini ifodalovchi omillar
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‗rinishida ko‗rsatish mumkin: narx – sifat –
servis – marketing muhiti.
Raqobatbardoshlik sifat va qiymat omillari bilan bog‗liqdir. Ular sifat,
iqtisodiyot va marketing ko‗rsatkichlari yordami bilan to‗liq tavsiflanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |