Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Raqobatli strategiyalar va ularning mazmuni



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/289
Sana31.12.2021
Hajmi2,55 Mb.
#222095
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   289
Bog'liq
MARKETING ASOSLARI 2019lotin

 
13.7. Raqobatli strategiyalar va ularning mazmuni 
 
F.  Kotler  firmaning  bozordagi  ulushidan  kelib  chiqqan  holda  raqobatchilik 
strategiyasini 4 ta turga ajratib ko‘rsatadi 
24

1. Lider strategiyasi. 
2. “Kurashga chaqiruvchi” strategiya. 
3. “Lider orqasidan boruvchi” strategiya. 
4. Mutaxassis strategiyasi. 
Odatda  lider  bu  asosiy  bozorni  rivojlantirishga  katta  hissa qo‘shuvchi  firmadir. 
Liderning  javobgarligini  aniqlovchi  eng  tabiiy  strategiya  bo‘lib,  yangi 
iste’molchilarni  egallashga,  mavjud  tovarlarni  qo‘llashda  yangi  tashviqotga  yoki 
tovarlarni  bir  marta  iste’molini  o‘stirishga  yo‘naltirilgan  global  talabni  kengaytirish 
strategiyasi bo‘lib hisoblanadi. 
Mudofaa  strategiyasi  -  bu bozor liderining  strategiyasi bo‘lib, u  orqali korxona 
 
24
 Котлер Ф. и др. Основы маркетинга. – М.: ООО “И.Д.Вильямс”, 2012. – 510 с. 


 
244 
bozorda  raqobat  kurashida  qo‘lga  kiritgan  yutuqlarini,  pozitsiyalarini  (masalan, 
bozorda  katta  ulushni  saqlab  qolish,  mahsulot  markasini  obro‘sini  ko‘tarish,  tovar 
harakati kanallarini ustidan nazoratni saqlab qolish)ga intiladi. 
Mudofaa  strategiyasi  -  bu  bozor  sardori  tomonidan  o‘zining  biznesini 
raqobatchilar tajovuzidan doimo him oya qilish maqsadida tanlanadigan strategiyadir. 
Mudofaa  strategiyasining  quyidagi  turlari  mavjuddir:  pozitsiyali  mudofaa,  qanot 
mudofaasi,  mudofaa  qayta  hujumga  o‘tish  yo‘li  bilan,  mobil  mudofaa  va  qisilib 
qolayotgan mudofaa. 
Hujum  strategiyasini  qo‘llash  natijasida  firma  bozorda  o‘z  ulushini  oshirishga 
harakat  qiladi.  Bundan  maqsad  tajriba  samarasini  keng  ishlatish  hisobiga 
rentabellikni oshirishdan iboratdir. 
Demarketing strategiyasi esa bozor liderining to‘rtinchi strategiyasi bo‘lib, lider 
firma  monopolizmda  ayblanishdan  qochish  uchun  bozordagi  o‘z  ulushini 
qisqartirishni ko‘rib chiqishi mumkin. Unga erishish yo‘llarini bittasi ko‘rsatilayotgan 
hizmatlarni,  reklama  va  talabni  rag‘batlantirish  maqsadida  qisqartirish,  ayrim 
segmentlarda  narxni  oshirish  hisobiga  talab  darajasini  pasaytirish  maqsadida 
demarketing tamoyillarini qo‘llash hisoblanadi. 
“Kurashga chaqiruvchi” strategiyasining maqsadi - lider o‘rnini egallashdir. Bu 
erda 2 ta muammo muhim hisoblanadi: 
1. Liderga hujum qilish uchun vaziyatni tanlash. 
2. Uning imkoniyatlarini va himoyasini baholash. 
Vaziyatni  tanlashda  front  bo‘yicha  hujum  yoki  qanot  hujumi  muqobillari 
hisobga olinadi. 
Hujum  strategiyasi  -  bu  raqobat  strategiyasi  bo‘lib,    u  bozor  da’vogari 
tomonidan sotuv bozorlarini egallash kurashida qo‘llaniladi. 
Front  bo‘yicha  hujum  -  bu  raqobatchi  korxonaning  kuchsiz  tomonlaridan  kura 
kuchli tomonlaridan ustun kelish bo‘yicha faol harakatlar orqali uning pozitsiyasiga ( 
mahsulotlar,  reklama,  narxlar  va  boshqalar  bo‘yicha)  hujum  qilish  tushuniladi.  Uni 
amalga  oshirish  uchun  korxona  raqobatchiga  nisbatan  ko‘p  resurslarga  ega  bo‘lishi 
hamda uzoq muddatli “jang harakatlari”ni olib borish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak. 


 
245 
Qanot  hujumi  -  bu  raqobatchilar  faoliyatini  kuchsiz  joylariga  yo‘naltirilgan 
bo‘lib,  bu  joylarda  ustunlikka  erishish  uchun  asosiy  kuchlar  tashlanadi;  u  shunga 
asoslanganki raqobatchi ko‘pincha o‘z resurslarining eng kuchli pozitsiyalarini saqlab 
qolish  uchun  yo‘naltiradi,  masalan  sifati  bo‘yicha  sardorlik  (liderlik)  pozitsiyasini 
saqlab turishi mumkin, ayni vaqtda esa  o‘z  faoliyatida  kuchsiz  joylarga  ega  bo‘lishi 
mumkin,  masalan  vositachilar  bilan  ishlashga  uncha  ahamit  berishmaydi.  Ushbu 
strategiya  bozor  da’vogari  raqobatchiga  nisbatan  kam  resurslarga  ega  bo‘lsa  yaxshi 
natija berishi mumkin. U ko‘pincha  raqobatchilarga qarshi kutilmaganda ishlatiladi. 
O‘rab  olish  orqali  hujum  -  bu  raqobatchini  barcha  pozitsiyalarga  birdaniga 
hujum  qilinib,  uni  bir  vaqtning  o‘zida  hamma    yo‘nalishdar  bo‘yicha  mudofaa  olib 
borishga  majbur  etadi;  bu  esa  bozor  da’vogari  juda  katta  resurslarga  ega  bo‘lganda 
qo‘llaniladi hamda qisqa vaqt ichida raqobatchini bozordagi pozitsiyasini emirilishiga 
imkoniyat  yaratadi.  U  Kuyidagi  variantlarida  amalga  oshirishi  mumkin,  ya’ni 
mahsulot  modifikatsiyasi  (turlari)  sonini  ancha  ko‘paytirib,  raqobatchi  harakat 
qilayotgan barcha bozorlarda o‘z mahsulotini sotishi. 
Chetlab  o‘tish  hujumi  -    bu  tug‘ridan-to‘g‘ri  bo‘lmagan  hujum  turi  bo‘lib, 
ko‘pincha  quyidagi  yo‘nalishlardan  birida  amalga  oshiriladi:  ushbu  korxona  uchun 
mutlaqo  yangi  bo‘lgan  mahsulot  turini  ishlab  chiqarishni  o‘zlashtirish,  yangi 
geografik bozorlarni o‘zlashtirish, texnologiyada yangi bosqichni o‘zlashtirish, bozor 
da’vogari uchun dastlab eng “engil” bozorlarda amalga oshirilib, u erlarda ustunlikka 
erishilgandan  so‘ng  esa,  raqobatchining  asosiy  faoliyati  sohalarida  hujum 
uyushtiriladi. 
Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   289




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish